Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 201 (The Second Woe)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

4. Ikkinchi Voy (Matto 23:14)


MATTO 23:14
14 „Ey ulomoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Siz beva ayollarning uylarini shilib, xo'ja ko'rsinga uzoq duo o'qiysizlar. Shunga ko'ra og'irroq jazo olasizlar.“
(Mark 12:40)

Qattiq qo'l Yahudiylar hayotlarida Xudoning marhamatining isbotidek pulni hurmat qilganlar. Ular o'zlarini boyitish uchun ibodat qilishda mohirliklarini va qonun haqidagi bilimlarini ishlatganlar. Ular meros qonunlari haqida o'zlarini maslahatlarini berish uchun boy bo'lgan tul ayollarnikiga borishgan, va ular yoddan bilib olgan uzun ibodatlari bilan maslahatlarini yopishgan. Ibodat mobaynida fikrlari tullardan oladigan pul miqdoriga qaragan. Masih jamiyatda bu yolg'onni va ikkiyuzlamachilikni fosh qildi va ularning ibodatlarini, “behuda” deb atadi, va hatto “Xudoning g'azabi va hukmi” munofiqlarda ekanini aytdi.

Masih o'zlaridagi munofiqlikdek uzun ibodatlarni hukm qilmaydi. Agar ularda nimadir yaxshi bo'lmaganida, ular da'vo uchun ishlatmagan bo'lar edilar. Ular odamlarni aldashga odatlanganlar, va yovuz harakatni yaratadigandir. Masihning O'zi Xudoga butun tun ibodat qilgan, va biz to'xtovsiz ibodat qilishga ruhlantirilamiz. Chunki tan olish kerak bo'lgan ko'plab gunohlar bor, ibodat qilish uchun ko'p muhtojliklar bor, minnatdorchilik bildirish uchun ko'plab shavqatlar bor va uzoq ibodat qilish uchun ko'p sabablar bor. Lekin Farziylarning uzoq ibodatlari mashxurlik, sohtalik va ochko'zlik orqali harakatlanish bo'lgan. Shunga o'xshab ibodat qilish bilan ular dindor, bag'ishlangan kishilar va Osmonning tanlanganlaridek hurmat qozonishgan. Shunday xudojo'y kishilarga haqiqatdan ham ishonsa bo'ladimi! Shuning uchun tul ayol Farziyga o'zini boshqaruvini va bolalariga bo'lgan himoyani berishga hursand bo'lar edi. Holbuki Farziylarning ko'zlari o'ljasini izlayotgan varrakning ko'zlariga o'xshagan edi. Uning qarashlari ko'pincha ba'zi tulning uyiga va mol-mulkiga tushar edi.

Xudoga xizmat qilish orqali o'zini boy qilishga harakat qilgan kishi, yoki qonunni mensimaydiganlardan erishish uchun harakat qiladigan kishi Masih “buyukroq hukm” deb nomlagan achchiq hukmni oladi. Xudo sevgi va qurbondir, va qurbon keltirmaydigan va xizmat qilmaydigan kishi Muqaddas Xudoning tabiatidan qaytadi. Agar kimdir yolg'on xudojo'yligi bilan boshqalardan foydalansa, u kishi haqiqiy munofiqdir.

IBODAT: Muqaddas Ota, biz hech qachon pul topish uchun dindan foydalanmasligimiz uchun bizga yordam ber, lekin biz noming ulug'lanishi uchun ko'p hayr-ehson beraylik. Tul ayollar yaxshi boshqaruv olishlari uchun sodiq xizmatkorlarni ularning oldiga yubor. Do'stlari va qarindosh urug'lari bo'lmagan yakka qolgan odamlarga qayg'urmaganimiz uchun bizlarni kechir. Biz ularga haqiqiy yordamni, doimiylik ibodatni va ularga xizmat qilish uchun vaqtni taqdim etish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Nima uchun Xudo diniy foydadan nafratlanadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:17 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)