Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 200 (The First Woe)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

3. Farziylar va Ulomolarning Holiga Birinchi Voy (Matto 23:13)


MATTO 23:13
13 “Ey ulamoyu farziylar, munofiqlar! Osmon Shohligini insonlarga bekitib qo'yganingiz uchun holingizga voy! O'zlaringiz ham unga kirmayapsizlar, kirmoqchi bo'lganlarga ham yo'l qo'ymayapsizlar.

Xudo “holingizga voy” deb aytganda, hukm yaqindir, va Masih “holingizga voy” deb sakkiz marta aytganda, bu buzuqlik ikkiyuzlamachilarning ilohiy jazosi bo'lishi kerak bo'lgan darajagacha ko'tarilganini anglatadi.

Iso ulomo va Farziylarni munoffiqlar deb atadi. Munofiq kishi san'atkordir. Dindor ikkiyuzlamachi boshqani o'zidan ko'ra o'zicha muqaddasroq deyishga harakat qilib yolg'on harakat qiladi. Ulomo va Farziylarning shunchaki urf-odatga mos harakatlanishlari odamlarga bechora misolni tarqatib, ko'tarilganga oxshar edi. Ikkiyuzlamachilar achinarli holatda bo'ladilar. Ular yashaganlarida, ularning dindorliklari behudadir; ular olamdan o'tganlarida, ularning barbod bo'lishlari buyuk bo'ladi.

Yolg'on xudojo'ylikning gunohi nima? Bu ikkiyuzlamachilikdir. Masih o'zlarini xudojo'ydek tutgan lekin haqiqatdan ham yovuz bo'lgan ikkiyuzlamachi bilan uchrashganda, Undan g'azablangan. Bu turdagi inson gunohda davom etgan va behuda ibodat qilgan. U kishi jamiyatda dindorligini ko'rsatgan lekin yuragida haqiqiy sevgi bo'lmagan. Hamma ikkiyuzlamachilar tavba qilib yuraklari o'zgarishi o'rniga diniy harakatlarning ko'rinishiga bog'liqdirlar. Ular o'z solihligiga suyanib, o'zlari bilan qoniqadilar. Ular najodni qidirmasdan, balki uni rad etadilar. Ikkiyuzlamachi yolg'on fikrlarini tarqatadilar va tavba qilish uchun keladiganlarga halal beradilar. Bu kishi boshqlarni o'zlariga ishonishga ruhlantiradi va ularning najodga bo'lgan muhtojliklaridan bosh tortish uchun ularga yordam beradilar. Munofiq kishi daxshatli yolg'onchidir. Bu Masih o'zlarini muqaddas deb bilgan ustozlardan ko'ra gunohkorlarni sevganligidir. Birinchilar tavba qilib yaxshi bo'lgan; ikkinchilar tavba qilmasdan yuragi tosh bo'lgan. Bu shunday deb atalgan ustozlar haqiqatni qidirayotganlarga najoddan bosh tortirib ularga ta'sir o'tkazganlar.

Ba'zi imonlar Xudoning xochga mixlangan O'g'liga ergashadigan har bir imonli agar Najodkorini rad etsa hukm qilinib, o'ldirilishini talab qilib qonunlarni ravnaqlashtirgan. O'z solihligiga yopishib oladiganlar Masih inoyatining buyukligiga kirolmaydilar va mehribon Rabbiylariga ergashadigan kishilarga halal beradilar.

IBODAT: Samoviy Ota, men haqiqatni gapirib teskarisini qilmasligim uchun meni tekshirib yangilagin. So'zda va xatti-harakatda boshqalarga to'siq toshi bo'lmasligim uchun menga yordam ber. Menga kamtarlik va Muqaddas Ruhning mehribonchiligi bilan Rabbiy Isoning kamtarligini ber. Men ikkiyuzlamachi bo'lmasdan balki haqiqat yo'lida yurishim uchun va xushxabarga ko'ra yashashim uchun meni sevging bilan to'ldirgin.

SAVOL:

  1. Ikkiyuzlamachilar nimaga va qanday qilib haqiqatni qidiruvchilarga osmon shohligiga kirishdan halal berishadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:16 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)