Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 182 (Two Blind Men Receive Their Sight)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

12. Yerixoda Ko'r Kishilarning sog'ayishi (Matto 20:29-34)


MATTO 20:29-34
29 Ular Yerixo shahridan jo'nayotganlarida, ko'p xalq Isoning orqasidan ergashib bordi. 30 Yo'l chekkasida o'tirgan ikki ko'r Iso ularning oldidan o'tib borayotganini eshitgach: - Ey Hazrat, Dovud O'g'li, bizlarga rahim qil! - deb baqira boshladi. 31 Xaloyiq ularni jim bo'lishga majbur qilsa-da, lekin ular ovozlarini yanada balandroq qilib: - Ey Hazrat, Dovud O'g'li, bizlarga rahm qil!- deb yolvordilar. 32 Iso to'xtab, ularni yoniga chaqirdi-da: - Sizlar Mendan nima istaysizlar? - deb so'radi. 33 Ular: - Hazrat, ko'zlarimiz ochilsin! - deyishdi. 34 Isoning ularga rahmi kelib, ko'zlariga qo'l tegizdi. Shu onda ularning ko'zlari ochilib ketdi. Ular Isoning ortidan ergashdilar.
(Mark 10:46-52, Luqo 18:35-43)

Masih Jalila tog'laridan Iordan Vodiysiga ketdi va xurmo daraxtlarining shahri Yerixo orqali yo'lida davom etib, tog'larning tepasidagi Quddusga jo'nab ketdi. Bu o'lim tomon yo'l edi. Iso bundan ajralmadi, chunki dunyoning qutqarish saotiga yaqin qolgan edi.

Ko'plar Isoning so'zlarini tinglashni va Uning mo'jizalarini ko'rishni istab Unga ergashdilar. Keyin ikkta ko'r kishi shovqun-suronni eshitib qoldi, va ular ilohiy Vrach bo'lgan Isoni o'tib ketayotganini bilishganda, yordam uchun birgalikda chaqirdilar. Ular Isoni yaxshi tanilgan bu nom bilan chaqirdilar, “Dovud O'g'li, bizlarga rahm qil.”

Bu nom Xudoning O'z O'g'li ham bo'ladigan Shoh Dovudning va'da etilgan vorisi uchun nomlangan edi. U haqiqat va tinchlikda hukmronlik qiladigan abadiy shohlikni o'rnatish uchun Dovudning taxtiga o'tirdi (2 Shohlar 7:12-14). Bu ikki ko'r kishining nolasi Isoga jiddiy siyosiy hatarni yaratdi. Ikkalasi ko'zlari bilan Masihga shohidlik qilishmadi, lekin ular Isoni yuraklari bilan ko'rib, bu Yunon matiniga ko'ra “Ey Hazrat!” deb baqirib Uni chaqirishdi. Ular Isoning ajoyib huzuriga, aniq bir kuchiga va mehrli sevgisiga ishonishdi. Ular faqat Unga yashirincha emas, balki ochiqchasiga ishondi.

Olomon bu havfli nolani eshitishni xohlamay, ularni jim qilishga harakat qildilar. Ular bu ikki ko'r kishi tushunmasdan qaragan bu olomonga o'xshab emas, balki ko'rliklaridan qat'iy nazar yuraklari bilan ko'rganliklarini sezishmadi. Shunga o'xshab, bugunlik kunda ko'plar o'zlarini solih va faqat boshqalar Najodkorning qutqaruviga muhtoj degan hom hayollari tufayli Masih haqidagi shahodatni rad etadilar.

Masih bu yolvorishni eshitib, imonlarining tan olishini tingladi. U bir muncha bu dunyoni qutqarish uchun yo'lida to'xtadi, va olomonni qoldirib, bu bechora ko'r kishilardan “Sizlar Mendan nima istaysizlar?” deb so'radi.

Bu bugun sizdan ham Iso so'rayotgan savoldir. Siz Undan nima istaysiz? Siz hurmat-e'tiborni izlayapsizmi? Pulnimi? Rohatnimi? Yoki ko'zlaringizni Rabbingizni ko'rish uchun ochib, Uning sevgisini va kuchini qabul qilganmisiz? Iso bugun xalqlar orasida ko'plab berkilib qolgan ko'zlarni ochyapdi. Siz ko'plar siz va atrofingizdagi imonlilarning qo'shilgan guvohliklari orqali kuchli bo'lishi uchun qo'shnilaringizni ko'zlarini ochish uchun Undan so'raysizmi?

Masih qo'llarini ularning ko'zlariga qo'yish bilan o'tinyotgan bu ko'r kishilarni shifoladi. Masih ular ko'zlari bilan ko'ra olganlaridan birinchi kishi bo'lgan. Ular imonlarini Isoda isbotlab, o'sha zahotiyoq Unga ergashdilar. Biroq ular olomonga qarashmadi, balki Masihga ko'zlarini tikib, ular shifo topganlari uchun minnatdorchiliklarini izhor etish uchun U bilan qoldilar.

Masih gunohkorlar uchun Xudoning buyuk sevgisini ifodalab, xochda biz uchun o'ldi. Siz gunohkorlar uchun qoni to'kilgan va sharmandalik yog'ochida osilgan Isodek Uni ko'rganmisiz. Siz U haqida nima deb o'ylaysiz? Siz Uni bilish uchun va Uni sevish uchun kelganmisiz? Ruhan ochiq bo'lishga ko'zlaringiz uchun so'rang; boshqalarning o'rniga ham sor'ang.

Xushxabarchi Mattoga ko'ra ba'zilar eslatib o'tgan Masih shifolagan ikki ko'r kishini Mark eslatib o'tmagan lekin u Bartimey ismli bir ko'r kishini eslatib o'tgan.

Bunga javoban, biz Mark faqat Bartimeyni eslatib o'tishini aytamiz chunki u balki yaxshi tanilgan edi. Mark o'zining matinida deydi, “Iso chiqib ketayotganida, … Ko'r Bartimey, … sadaqa so'rab o'tirgan edi,” keyin u yordam uchun baqirdi. Xushxabarchi Mark bu ko'r kishini eslatib o'tgan chunki u ajratilgan fuqoroning bechora o'g'li edi. Tabiatan, uning o'g'li ko'p e'tibor tortgan shuning uchun Mark asosan Bartimeyga diqqatini qaratgan. Biroq bir ko'r kishining ko'zlarini ocha oladigan Iso ko'plarning ko'zlarini ham ocha oladi. Agar bir kishi Masih Bartimeyning ko'zlarini ochgan deb aytsa va boshqasi Masih Bartimeyning ko'zlarini ochmagan deb aytsa, qarama-qarshilik bo'lar edi. Shunga o'xshab, yolvorgan, yaxshi tanilgan ko'r kishini eslatib o'tganlardan biri uchun umuman hech qanday qarama-qarshilik yo'q. Bu Masih uning ko'zlarini va ko'plab boshqalarning ko'zlarini ochganini bekor qilmaydi.

IBODAT: Ota, biz Sendan minnatdormiz chunki Sen O'g'lingning xushxabari bilan bizlarni yoritding va bizdan hayotimizni zulmatini olib tashlading. Biz Sendan o'zimiz va atrofimizdagi hamma uchun, ochiq ko'zlar va donolik bilan berilgan tozza yurak Sening sevgingni, O'g'lingni gunohdan ozod qilishini va najod kuchini ko'rishlari uchun so'raymiz. Biz Sening otalik ismingni ulug'lab, shohliging kelishini so'raymiz. Iltimos har doim bizda va yer yuzida Sening irodang bajo bo'lsin.

SAVOL:

  1. “Dovud O'g'li” degan nom nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)