Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 181 (The Greatest and the Least)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

11. Eng Buyugi Kim va Eng Kichigi Kim? (Matto 20:24-28)


MATTO 20:24-28
24 Boshqa o'n shogird buni eshitgach, ikki aka-ukaga achchiqlana ketishdi. 25 Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi: - Bilasizlarki, dunyo xalqlari ustidan saltanatli podshohlar bor, el ustidan otabeklar hokimlik qiladi. 26 Ammo sizning orangizda bunday bo'lmasin. Orangizda kim katta bo'lishni istasa, sizga xizmatkor bo'lsin. 27 Orangizda kim birinchi bo'lishni istasa, sizga qul bo'lsin. 28 Zero Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan.
(Mark 10:44-45, Luqo 22:24-27, 1 Korinfliklarga 9:19, Filipliklarga 2:7, 1 Butrus 1:18-19)

Boshqa shogirdlar ikki aka-ukadan va ularning onalaridan ko'ra yaxshiroq emas edilar, chunki bu mahsus talab ularda hasad va qizg'anish bilan ko'tarildi. Ular najod rejasida na Masihni tushundilar va na Uning yaqinlashayotgan o'limini tushundilar.

Hatto Masih samoviy Otasining o'ng tomonida o'tiradi, Masihning rejasi bizga Uning o'ng tomonida yoki chap tomonida o'tirishni hadya etish emas. Reja bu biz hammamiz Uning ruhiy badani bo'lishimiz uchun O'g'il bizni tanlashidir. Bizga Isoning yonida o'tirish uchun huquq berilmagan, balki O'g'il Otada va Ota O'gilda yashaydi, chuning uchun U bizni Unda yashashga va abadiy ruhiy birlikda U bilan yashash uchun bizni tanlaydi.

Bu ilohiy birlik faqat osmonda sodir bo'lmaydi, bu bugunlik kunda ham sodir bo'ladi. Shuning uchun, biz o'zimizdan kechib, gunohlarimizdan va mag'rurligimizdan uyalib xochimizni olib, Unga ergashishimizga to'g'ri keladi. Xudoning bolalari orasida hech qanday hukmronlik yoki tanlov yo'q, balki ihtiyoriy itoatkorlik va doimiylik xizmat bor. Ibodatxonamiz va jamoatimizdagi eng oliyjanob va hurmatga sazavor bo'lganlar eng xizmatli va eng kamtar va o'zidan voz kechganlardir. Ibodat qiladigan, sevadigan, xizmat qiladigan va boshqalar uchun minnatdorchilik bilan o'zini beradigan kishi haqiqatdan ham eng buyugidir.

Siz Iso O'zini Uztoz emas Xizmatkor deb ataganini bilib oldingizmi? Iso bu kishiga boshqalar xizmat qilishini istagan va takabburlikdagi barcha maqsad uchun bu qoidalarni va dunyoviy madaniyatlarning joylarini to'ntarib tashladi. Biroq Masih yaxshilarga ham yomonlarga ham xizmatlarini ko'rsatib, O'zini eng buyuklikda past oldi va bizning misolimiz bo'ldi. Unga ergashadigan kishi hokimlik qiladigan uztoz yoki zolim bo'lmaydi, balki Rabbiysiga o'xshab xizmatkor bo'ladi. Bu ruhiy o'zgarishni sezmaydigan kishi Xudoning xizmatkoridek davom etolmaydi.

Isoning o'limi ko'plar uchun to'lovdir, chunki U qudratli Qutqaruvchi. Iso insonlar ozod etilib, Xudoning shohligida muqaddas xizmatkorlar bo'lishga ruhsat etilish uchun gunohga qul bo'lgan insonlar uchun to'lov to'lashga tug'ildi. Isoning qurbonisiz dunyo uchun umid bo'lmaydi. Endi biz Uni sevamiz, chunki U birinchi bizni sevdi. “Xudo dunyoni shunchalik sevdiki, O'zining O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har bir inson halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin” (Yuhanno 3:16).

IBODAT: Sodiq Qutqaruvchi, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen O'zingni hammaga xizmatkor qilding. Barcha Sening surating tomon o'zgarishi uchun va o'zlarini Senga xizmat qilishga o'rgatish uchun hamdu-sano bilan qutqarishingni qabul qilganlar uchun to'lov bo'lib o'lding. Biz uztoz va boshliq bo'lishni qidirmasdan, balki Senga o'xshab kamtar bo'lishimiz uchun bizga yordam ber. Senga qanday qilib xizmat qilishni bozga ochib ber va bunda bizga yordam ber. Bizni Muqaddas Ruhing boshqaradigan har bir kishiga qutqaruvingni bo'lishish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. “Inson O'g'li xizmat qildirish uchun emas, balki xizmat qilish uchun kelgan” degan gapining ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on July 04, 2023, at 05:13 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)