Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 146 (Four Thousand Fed)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

h) To'rt Ming Kishining To'yishi (Matto 15:29-39)


MATTO 15:32-39
32 Iso shogirdlarini yoniga chaqirib ularga: - Xaloyiqqa achinaman, chunki uch kundir Mening oldimda turibdi va yeydigan hech narsasi yo'q. Men ularga ovqat bermay jo'natib yuborishni istamayman, chunki yo'lda darmonsizlanib qoladilar, - dedi. 33 Shogirdlari Unga: - Bu yovonda shuncha kishini to'ydiradigan yemakni qayerdan topamiz? - deyishdi. - Qancha nonlaringiz bor? - so'radi Iso. - Yettita non va ozgina balig'imiz bor, - dedilar. 35 Shundan keyin Iso xaloyiqqa yerga o'tirishni buyurdi. 36 Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berdi, shogirdlari esa butun xaloyiqqa tarqatdi. 37 Hammalarining qorni to'ydi. Ortib qolgan non burdalari naq yetti savat bo'ldi. 38 Ho'randalar esa xotinlar va bolalardan tashqari to'rt ming kishi edi. 39 Iso xaloyiqqa ruhsat berdi va qayiqqa tushib, Magdala atroflariga keldi.
(Matto 14:31-21, Mark 8:1-6)

Masih uch kunu uch tun Uning so'zlarini tinglab, Uning mo'jizalarini ko'rib, U bilan qolgan och qolgan xalqqa qaradi. Iso ular Isoning atrofida qichqirishganda ularga muruvvat ko'rsatdi va Iso shogirdlaridan ularga yordam berishlarini so'raganda, ular yordam berishga qobilaytsiz ekanliklarini tan olishdi. Biroq Masih agar U imonga maqsadini qo'ysa ozidan ko'p yaratishi uchun ularga yana O'zining qoidalarini o'rgatdi. Masih atrofida o'tirgan odamlar oldida ibodat qildi va qo'lida turgan yettita non va bir necha baliq uchun Otasiga rahmat aytdi. Bu minnatdorchilik bu mo'jizaning siri edi. O'g'il Otasiga gapirdi va Otasining javobini tingladi. Iso kamtar bo'lgan va Otasiga gapirishni xohlar edi. Iso yer-yuzida yashash uchun hech qanday hurmat-e'tibor qozonmadi, balki to'la ahillik bilan Otasiga ishongan edi. Iso ko'payadigan bir necha nonlar uchun Unga rahmat aytdi. Shundan keyin Masih shogirdlariga nonni va baliqlarni berdi, to'rt ming kishi va ularning qarindoshlari yeb to'yishdi.

Rabbimiz Iso qanchalik Uning izdoshlari Unga ko'zlarini tikishda davom etishlarini hisoblaydi va bunda ular tajribaga ega bo'ladigan qiyinchiliklarga diqqat qiladi (Vahiy 2:2), “Men sening ishlaringni, mehnatingni va sabr-toqatingni bilaman”.

Aziz do'stim, Masihning sevgisining kuchiga ishoning, va Masih sizning bir necha qobilyatlaringizdan foydalanishi uchun va bularni minglab odamlar uchun marhamat qilishi uchun hayotingizni Unga bag'ishlang. Vaqtingizni, pulingizni va hayotingizni Uning qo'liga qo'ying va siz Uning kuchining mo'jizalarini ko'rishingiz uchun hamma vaqt Unga o'zingizni bag'ishlang.

Masihning kuchini shogirdlari tushunib yetishmadi. “Cho'lda bizga qayerda yetarli non bor ekan?” Kimdir o'rinli savolni o'ylaydi, Muso kabi, “Ular uchun yetarli ta'minot uchun hayvonlar so'yiladimi?” (Sonlar 11:22) Lekin shogirdlarda Masihning qudratidan bo'lgan umumiy ishonchni o'ylash va ular yaqinda guvohi bo'lgan o'xshash mo'jiza to'g'ri savol emas edi. Ular faqat guvohlar bo'lishmagan, balki sobiq mo'jizalardan xizmatkorlar bo'lishgan. Ko'paygan nonlar ularning qo'llaridan o'tdi! Shuning uchun bu so'rash uchun ularga kuchsizlikning misoli bo'lgan. Sobiq tajribalarni unutish biz uchun hozirgi shubhalarni keltirib chiqarishiga sabab bo'lishi mumkin.

IBODAT: Ota, Sen bu dunyoni yo'qdan bor qilding. Sen bizga kechirim sevgingni berding. Biz shubhalarimiz orqali qudratingni rad etmasligimiz uchun imon va minnatdorchilikni bizga o'rgat. Sen oddiylarni va kichiklarni sevasan va ularga muruvvat ko'rsatasan. Biz Senga minnatdorchilik bilan hayotimizni topshirishimiz uchun, Senga sovg'alarimiz uchun rahmat aytishimiz uchun va ularga xizmat qilishda Senga xizmat qilishimiz uchun bizga yordam ber. Qo'llarimizni olib, irodang kabi bizni boshqar.

SAVOL:

  1. Iso nimaga va qanday qilib to'rt ming kichi va ularning oilalari uchun non va baliqlarni ko'paytirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)