Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 147 (Jesus Attacks Fanaticism and Shallowness)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

i) Iso Aqidaparastlikka va Sayoz Fikrlashga qarshi harakat qiladi (Matto 16:1-12)


MATTO 16:1-4
1 Farziy va sadduqiy mazxabidagilar Isoni sinash maqsadda Uning oldiga kelib, osmondan alomat ko'rsatishni so'radilar. 2 Iso esa ularga javoban dedi: “Oqshom tushgach, siz: “osmon qizil ekan, havo ochiq bo'ladi”, - deysizlar. 3 Ertalab esa: “Osmon qizil-qoramtir ekan, bugun havo buzuq bo'ladi”, - deysizlar. Voy munofiqlar-ey! Ko'k yuzini aniqlay olasiz-u, nega zamonning alomatlarini aniqlay olmaysizlar? 4 Bu buzuq va besuput avlod dalolatni-ku izlaydi, ammo Yunus payg'ambarning alomatidan boshqa unga biror bir dalolat bo'lmaydi”. Shunday deb, Iso ularni qoldirib ketdi.
(Matto 11:4; 12:38-40, Mark 8:11-12, Luqo 12:54-56)

Shu joyda bizda Farziylar va Sadduqiylar bilan bo'lgan Masihning munozarasi bor. Xuddi ular Havoriylar 23:7-8 da nomoyon bo'lgani kabi o'zlarining oralarida norozi bo'lgan kishilardir, va biroq ular Masihga qarshi qarama-qarshiliklarida bir edilar. Ularning birligi bu Masih hatolariga qarshi turgani va o'limdan keyingi ruhiy hayotni va ruhlarni borligidan bosh tortgan Sadduqiylarning kufr qilishiga qarshi turganligi uchun edi; oqsoqollarning urf-odatlarining buyuk talablari bo'lgan Farziylarning ikkiyuzlamachiliklari, jinoyatlari va mag'rurliklari bilan birga. Masih va Masihiylik har tomondan qarshilikka uchraydi.

Olomon Iso Masih va Shoh ekanligiga ishonishlari uchun bir mo'jiza ko'rsatishiga Uni sinash uchun Uning oldiga kelishdi. Ular misol uchun Iso iblislarni quvib chiqarishidan va o'liklarni tiriltirishidan va U qilgan shifolash mo'jizalaridan qoniqishmagan. Ular Isodan Rimliklarni yo'q qilish uchun ularning boshiga osmondan olov tushurishini yoki U Xudodan yuborilgan belgidek quyoshni to'xtatib qo'yishini istadilar. Odatda, odamlar tavbaga quriladigan imonni xohlashmaydi, balki tavba qilmaydigan iqtisodiy xududlar va siyosatdagi aniq isbotlarga quriladigan imonni istashadi.

Masihga amr berilmaydi yoki vasvasaga solinmaydi. Iso ularning yomon maqsadlarini ochib berdi. Ular hatto aqilli bo'lsalar ham ular Isoni bilishga qobilyatsiz ekanliklarini aniqlab berdi. Ular Yangi Ahdning ruhiy haqiqatlarini bilishni istamas edilar va Uning harakatlari Xudoning sevgisi bilan to'lgan bo'lsa ham, Uning mo'jizaviy ishlarini ko'rmaslik uchun ayyorlik qildilar. Ular Muqaddas Ruhning boshqaruviga ko'ra ham izlanmadilar balki majburlikning foydalariga asoslangan siyosiy shohlikni izlashgan. Ular mehribonchilik va kechirim bilan Xudoning shohligini qidirishmagan. Masih ularni “Yovuz va zinokor avlod” deb atagan.

Boshqa xududlarda ko'p qobilyatlilar bor lekin ular ruhlarni sezishga qobilyatsizdirlar, shuning uchun ular bugungi imkoniyatlardan foydalanishmaydi.

Iso bu e'lon orqali insoniyatning mohiyatini tushuntirib berdi. Ularning yuraklarining qattiqligidan qat'iy nazar itoatsiz kishilarning sevuvchisi bo'lgan samoviy Ota biz Masihning ulug'vorligini bilishimiz kerak bo'lgan yagona alomatni berdi. Ko'plarning najodi uchun bo'rondan keyin kit Yunusni o'gzidan chiqarib yuborgandek, xochda Isoning azob tortishining bo'ronidan so'ng o'lim Uni yutib yubordi. Lekin Xudo Iso oqlangan gunohkorlarga abadiy hayot berishi uchun Uni ozod qilishni o'limdan talab qildi. Bu insonlarning tarixidagi eng buyuk va yagona kerak bo'lgan belgidir, va bu oxirgi hukmda keskin belgi bo'ladi.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Sen yurish-turishingda va so'zlaringda, mo'jizalaringda va tirilishingda Xudoning belgisidirsan. Sening o'limdan tirilishing abadiy hayotingning qulamas isboti, abadiy hurmat va o'lim va Shayton ustidan bo'lgan g'alabadir. Biz Senga rahmat aytamiz, zafaringda quvonamiz va abadiy hayotingda qatnashish uchun imon orqali Sendan huquq va qudratni olamiz.

SAVOL:

  1. Nima uchun Masihning buyuk tirilishi Uning ilohiyligining ajoyib hodisasi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)