Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 136 (Jesus Rejected at Nazareth)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

f) Iso Nosirada Rad qilinishi (Matto 13:54-58)


MATTO 13:54-58
54 O'z vataniga kelib, yerli xalqning ibodatxonasida ta'lim bera boshladi. Ular esa hayratda qolib: - Shunday donolik va mo'jazakorlik qudrati Unga qayerdan nasib bo'ldi ekan? 55 Durodgorning O'g'li emasmi O'zi? Onasining ismi Maryam, ukalari esa Yoqub, Yusuf, Simun va Yahudolar emasmi? 56 Uning hamma singillari ham bizning oramizda-ku! Bularning barchasiga U qanday qilib erishdi ekan? - deyishdi. 57 Va g'ashlanib, Uni rad qilishdi. Iso esa ularga: - payg'ambar o'z vatani va uyidan boshqa yerda e'tiborsiz bo'lmas, - dedi. 58 Ularning e'tiqodsizligi sababli u yerda ko'p mo'jizalar ko'rsatmadi.
(Mark 6:1-6, Luqo 4:16-30, Yuhanno 6:42; 4:44)

Masih osmon shohligiga xalqini chaqirish uchun tug'ilib o'sgan shahri Nosiraga bordi. Iso ajablanib o'tirishga odatlangan ibodatxonalarida ularga qo'shildi. Lekin hozir U hayron qolgan odamlar oldida U Xudoning O'zining Ruhining egasi va kutilgan va va'da etilgan Masih bo'lgan (Luqo 4:18-19) O'zi uchun shohidlik qiladi. Iso uruf-odatiy sharqlovchilariga qarshi ta'lim bergan, chunki Xudoning kuchi Unda yashagan. Yuraklar titrab, xalq gangirab qoldi, chunki Xudoning Ruhi yuraklariga tanbeh bergan edi va ular Muqaddas Xudoning chaqiruvini va huzurini his qildilar.

Lekin ularning onglari Isoga bo'ysunmadi, chunki Iso hech qachon Quddusda diniy kengashlardan birida qatnashmagan, xuquqshunostlardan va olimlardan hech qanday darajaga erishmagan yoki oltinga to'la bo'lgan qop bilan ularning oldiga kelmagan edi. Uning oilasi kamtar bo'lgan, ular na boy, na o'qimishli bo'lganlar, balki ular kambag'al va oddiy odamlar edilar. Uning durodgor bo'lgan otasi Yusuf erta vafot etgan edi. Shuning uchun bu shaharning oliyjanob xalqi Unga bo'ysunishmagan. Ularning o'zlarining oliy tabaqalaridagi mag'rurliklari va manmanliklari ularni Isoga ishonishga halal berdi.

Biz Isoning ukalari va singillarining ismlarini bu sahifada o'qiymiz. Ba'zi sharqlovchilar bu kishilar Isoning amakivachchalari, yoki asrab olingan ukalari deb aytishadi. Havoriy Matto bu mavzuda hech narsa yozmagan, balki kamida Isoning to'rtta ukalari va turmushga chiqqan uchta singillari bo'lganligiga dalolat keltirgan.

Isoning ukalari Quddusdagi bosh kengashning ayg'oqchilari tomonidan gijgijlanilgan. Ular bir marta xalq oldida akalari Isoni telba deb da'vo qilishgan. Ular hatto asoschilardan va aqidaparastlardan hayotini himoya qilish uchun Uning xizmatini to'xtatishga harakat qilishgan. Masih do'stlari va qarindoshlarida imon va sevgini topmagan, hatto ulardan hech biri Uni hech bir ayibdan hukm qilolmagan, chunki agar ular ayib topishganda, ular shunday qilishgan bo'lar edilar. Masih bolaligidan to'liq poklik va kamtarlik bilan yashadi.

Uchrashuvdan keyin, ba'zi kambag'al va rad etilgan odamlar Uning oldiga kelishdi va Iso ularga ilohiy man'baligini ko'rsatish uchun ularni shifoladi. Lekin Masih imon bo'lmagan joyda ishlay olmaydi va qutqara olmaydi. Siz shahringizga Uning shohligi tarqalishidan ishonchsizligingiz orqali Unga halal berasizmi? Nima uchun to'liq Unga bo'ysunmaysiz va uzluksiz imon va sevgi bilan Uni ulug'lamaysiz?

IBODAT: Mehribon Najodkorimiz bo'lgan Rabbiy Iso, Sen sevging bilan yuraklarimizni yengding va ular Senga bajonidil bo'ysunadi. Iltimos bizda imonni yaratgin, shunda shohliging biz kuchsizlar orqali qurilsin. Atrofimizda shohligingni o'sishiga halal bermasdan balki xalqimizdagi barcha izdoshlaring bilan Senga bo'ysunishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Matto tomonidan yozilgan bu xushxabar matiniga ko'ra, Isoning ukalarining ismlari nima, va singillarining soni nechta?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 20, 2023, at 02:21 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)