Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 132 (Parable of the Mustard Seed and Parable of the Leaven)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI

c) Xantal Urug'i va Xamirturush Burdasi haqidagi Masallar (Matto 13:31-35)


MATTO 13:31-32
31 Iso ularga yana boshqa masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o'z dalasiga sepib qo'ygan hantal urug'iga o'xshaydi. 32 U barcha urug'lardan kichik bo'lsa-da, lekin yetilgach, hamma ko'katlardan baland bo'lib o'sadi. U shunday daraxt bo'ladiki, ko'k yuzidagi qushlar uchub kelib, uning shohlarini o'zlariga uya qiladilar”.
(Hizqiyo 17:23, Mark 4:30-32, Luqo 13:18-19)

Gugurt cho'pi kichkina, lekin u juda ko'p yondiradi. Bu Xudoning Kalomi. Bu butun yer-yuzini qoplab, olovni yaratadigan kichkina uchqunga o'xshaydi. Masih bizni ehtiyotkorlik va ishonch bilan ishlaydigan Xudo Kalomining kuchiga yetaklaydi. Masihning ismiga va najodiga dalolat keltiradigan kishi ehtiyot bo'lishi kerak, chunki xoch so'zi qayta yaratishga qodir bo'lgan kuchga to'ladir. Hatto o'zlarining turli hil ta'limotlari bilan va fikrlari bilan bu dunyoni to'ldiradigan kitoblar insonning qobilyatlarini ulug'laydilar lekin xochga e'tibor bermaydilar, bu degani, bu dunyodagi hech bir kitob xushxabar kabi keng tarqalmaydi, chunki millyonlab kishilar har kuni bundan yupanchni, kuchni va abadiy hayotni oladilar.

Masih O'zini nafratlanilgan xantal urug'i o'sib, ulkan daraxt bo'lgan va odamlarga pishgan mevani berib, dunyoning har bir qismiga yetib borgan bu uruqqa o'xshatadi. Masihning Masihiy fikrlar orqali dunyoviy madanyatlardagi tasoddifiy ta'siri biz bilganimizdan ko'ra ta'sirliroqdir. Shoxdagi chumchuqlar darxtning qismi emaslar. Ular kuch ishlatmasdan tumshuqlari bilan barglarni olib, daraxtga qo'nadilar. Bular Masihdan foydalanadigan lekin Unda qolmaydigan kishilardir. Lekin Unga ishonib, so'zlariga chuqurroq kirib boradigan kishi Uning yuragidagi tinchlikka, hursandchilikka va solihlikka ega bo'ladi.

MATTO 13:33-35
33 Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Osmon Shohligi bir ayol butun hamirni oshirish uchun uch tog'ora unga qorishtirib solgan hamirturush burdasiga o'xshaydi”. 34 Iso bularning hammasini xalqqa masallar bilan tushuntirdi. Masalsiz ularga hech narsani tushuntirmas edi. 35 Shu bilan payg'ambarga vahiy bo'lgan shu so'z bajo keldi: “Og'zimni masallar aytmoqqa ochib, azaliy sirlardan voqif etaman”.
(Mark 4:33-34, Luqo 13:20-21, Zabur 78:1-2)

Ayol kishi oxamirda xamirturushni yashirganda, bu mazasini va sifatini oshirish maqsadidir. Shuning uchun biz ham bu orqali muqaddas bo'lishimiz uchun qalbimizda kalomni saqlashimiz kerak (Yuhanno 17:17).

Xamirturush xamirni foydali va pishirish uchun tayyor qilgandek, Xudoning Kalomi ham buzuq insonni foydali va solih qilib o'zgartiradi. Biz Masihning ishisiz yovuz, takabbur va lapashang bo'lib qolamiz, lekin Muqaddas Ruh bizni kambag'allar bilan his qilishni va bizga halal beradiganlar uchun ubodat qilish uchun xizmatkorlar qiladi. Xamirturush jimgina ishlagani kabi, Muqaddas Ruh ham imonlilarning yuragida shovqinsiz ishlaydi.

Xudoning Kalomisiz, bu dunyo bechora, kuchsiz, va yo'qolganligicha qolaveradi. Lekin endi biz Masihning ta'limlarida Xudoning hamma kuchlarini va yashiringan shohligining sovg'alarini ko'ramiz. Muqaddas Kitob poklangan oltindan ko'ra qimmatroqdir. Yuragingizda ko'p oyatlarni saqlang va abadiy bo'lgan xazinani to'plang. Shunda bu so'zlar boshqalarni o'zgartirishga qodir bo'lgan va ko'plarga hursandchilik va zavq olib keladigan sizdagi kuch bo'ladi.

Xamirturush faollik bilan butun xamirni achitish uchun ishlaydi. “Xudoning Kalomi jonli va ta'sirlidir” (Ibroniylarga 4:12). Xamirturush tezlik bilan ishlaydi, xuddi shunday Kalom ham lekin asta-sekinlik bilan. Kalom shovqinsiz ishlaydi (Mark 4:26), lekin kuchli va zavq bilan ishlaydi. U shovqinsiz ishini bajaradi, va Ruhning bu yo'li doyim ishlaydi. Xamirdagi xamirturush faollik bilan ishlaydi va butun dunyo ko'rinishi va mazasini bo'lishishdan unga halal berolmaydi. Hatto hech kim bu qanday qilinishini ko'rmasa ham, kichik xamirturush butun zuvalaga ta'sirini ko'rsatadi.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen bizning yuragimizga va uylarimizga kalomingni sepding. Biz bu behudaga bo'lmasdan, balki tosh bo'lib qolgan yuraklarni portlatib va ularni ko'plab hosil olib keladigan tirik daraxt qilib,o'z kuchini ko'rsatishiga ishonamiz. Iltimos Muqaddas Ruhing bilan xalqimizni ekkin va biz hammamiz ruhan ongli va yaxshi bo'lishimiz uchun oilamizni muqaddaslash orqali boshlagin.

SAVOL:

  1. Biz xantal urug'i va xamirturush haqidagi masallardan nimani o'rganamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 16, 2023, at 04:20 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)