Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 103 (Encouragement)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

c) Qiyinchilikdagi Jasoratlik (Matto 10:26-33)


MATTO 10:26-27
26 “Shunday qilib, ulardan qo'rqmanglar! Chunki ochilmay qoladigan hech qanday yashirin narsa yo'q, ma'lum bo'lmaydigan hech qanday sir ham yo'qdir. 27 Sizga qorong'ulikda gapirayotganlarimni yoriqlikda aytaveringlar. Qulog'ingizga shivirlab aytilayotganlarni tomlarning ustidan e'lon qilaveringlar.
(Mark 4:22; Luqo 8:17; 12:2-9)

Xudoning shohligi kuchsiz so'z emas. Yashirish uchun yoki saqlash uchun bizda hech qanday sir yo'q. Biz xohlaydigan har bir kishiga guvohligimiz orqali Muqaddas Ruhning kuchini taqdim etamiz. Masihning kuchi bizni to'g'ri boshqarib yuraklarimizga kirib borgan. Uning muqaddas sevgisi bizda yashirin qolmasdan, xizmatlarimizda ko'ringan. Agar Masih siz bilan bo'lsa imoningizni yashira olmaysiz, chunki Rabiysini sevadigan kishi yolg'on gapirmaydi na o'g'irlamaydi, va na mag'rurlik qilmaydi, balki ota-oansini mamnun qiladi va qarindoshlarini hurmat qiladi. U kishi maktab imtoxonlarida yoki ishida yolg'on gapirmaydi va buzg'unchilikda va g'alayonlarda qatnashmaydi. Masihdagi sizning do'stligingiz jamiyatda hayotingizning guvohligi orqali ko'rinadi. Biz o'z kuchimiz bilan imon uchun kurashmaymiz; kunu tun, yoriqlikda va qorong'ulikda, yaxshi va yomon kunlarda bizga kuch beradigan bu Xudodir. Biz yolg'iz emasmiz. Bizdan qo'rquvsiz boshqalar bilan aloqa qilish talab qilinadi, Xushxabardan biz najodimiz haqida hamma narsani eshitamiz. Ilohiy e'lon bizni guvohlikka boshlaydi. Chunki Muqaddas Ruh Masihning qoni orqali siz Xudoning farzandi bo'lishingiz uchun ruhingiz bilan shahodat beradi, sizda bu inoyat haqida shohidlik qilishga imtiyoz bor. Agar imkon bo'lsa yuragingiz nimani eshitsa jamoatga ayting, chunki Xudoning so'zi insonlarning najodining asosidir.

Bir kun Xudoning shol ko'r xizmatkori do'stlaridan unga mikrofon sotib olishni so'radi. Ular uning talabini eshitib ajablandilar va ulardan ba'zilari uni mazax qildilar. Ular bu kishidan bu sababni so'raganlarida, u ularga ular yuzlarini do'zax tomon emas balki samo tomon burushlarini so'rab uyini oldidan o'tgan har bir kishiga aniq ovoz bilan o'z so'zlarini yo'naltirish uchun uyini tomiga uni olib chiqishini aytdi. Agar bu yarim shol ko'r kishi o'zining guvohligini bersa, bizga qanday qilib yaxshi ko'rish berilgan va og'izlarimizni ochish uchun chaqirilamiz, do'zax o'tiga yuborilganlarga qanday qilib yordam berishimiz kerak va najod Xushxabari orqali ularni qutqarishimiz kerak?

Bu dunyoga xushxabarni e'lon etib, ishingizda davom eting. Bu sizning chaqirig'ingizdir, bunga diqqat qiling! Dushmanning rejasi faqat sizni yo'q qilish emas, balki guvohligingizni yashirish hamdir! Shuning uchun, nima bo'lganda ham imkon qadar xushxabarni e'lon qiling. “Qorong'ulikda aytganlarimni, yorug'likda gapiring, …... uylarning tomida voizlik qiling.”

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, Sen biz uchun azob tortding, va biz insonlarning yovuzliklaridan cho'chiymiz. Bizni saqlaganing uchun Seni ulug'laymiz. Iltimos biz Senga sodiqlik bilan ergashishimizni bizga o'rgat va Sening shohliging xonadonlarimizga va atrofimizga kelishi uchun xushxabarda bizga e'lon qilganing haqida boshqalarga guvohlik berishimiz uchun Ruhingning jasoratini bizga ber.

SAVOL:

  1. Masihga sodiqlik bilan ergashish nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)