Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 095 (Two Blind Men and a Dumb Man Healed)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

11. Ko'r Kishi va Soqov Kishi shifo Topdi (Matto 9:27-34)


MATTO 9:32-34
32 U kishilar endi chiqib borayotganda, jin chalgan bir soqovni Isoning oldiga keltirishdi. 33 Iso jinni quvib chiqargandan keyin, soqov gapira boshladi. Xalq esa hayratda qolib: - Isroilda bunday hodisa hech qachon bo'lgan emas, - dedi. Bunga farziylar: - U jinlar boshlig'ining kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti-ku, deb g'ingshidilar.
(Matto 12:24-32)

Masih ba'zi imonlilar Uning oldiga olib kelgan soqov va jinga chalingan kishi bilan Iso uchrashishiga qaraganda, ikki ko'r kishiga shifo bermadi. Bu insonning soqovligi ruhlar va jodugarlar bilan a'loqa qilishi orqali yordamni qidirgani tufayli bo'lgan.

Holdan tolmagan Masih qanchalar yaxshi ishlar qilganiga qarang. Bitta yaxshi ish boshqasiga ergashgani qanday yaqindir! Shavqatning hazinalari va shavqatning ajoyibligi doyim bo'lishadigan, lekin hech qachon holdan toymaydigan Unda yashiringan.

Bu kishi iblisning kuchi ostida edi, shuning uchun bu kishi gapirolmas edi. Bu dunyoning falokatli holatiga va mubtalo bo'lganlarning turli hil azoblari qanchaligini ko'ring! Masih oldinroq ikki ko'r kishini jo'natib yubormadi, balki U soqov kishi bilan uchrashdi. Biz ko'rishimiz va gapirishimiz uchun biz Xudoga qanchalik shukr qilishimiz kerak! Insoniyatga bo'lgan Shaytonning yovuzligini va qancha yo'llar bilan u bunga taklif etishiga qarang. Iblis qalbning mulkini olganida, u yaxshi bo'lgan har qanday narsaga jim bo'ladi.

Faqat imonlari bilan o'zlari kelganlarni qabul qilmagan balki do'stlari uchun imoni bo'lgan ular orqali Isoning oldiga keltirilganlarni ham qabul qilgan Masihga bu bechora kishini keltirdilar.

Imonli yoki jamoat bu asrning ruhini qabul qilganda, erkin dindorlik, yoki mag'rur dunyoviy fikrlar Najodkor uchun bo'lgan shahodat oxiriga keladi. Biz Xudoning Kalomi haqida fikrlashdan ko'ra ko'proq gazeta, zamonaviy kitoblar va falsafaga oid fikrlarni o'qiymiz, agar bu ruhlar fikrlarimizni band qilsa ajablanmasligimiz kerak. Masihning Ruhi Uning so'zlari haqida fikr yuritishimiz orqali yuragimizning markazi bo'lishni istaydi. Shuning uchun siz ruhlarni sezishingiz kerak va bular qo'rig'ingizda bo'lishi kerak. Masihning Ruhidan ko'ra boshqa bir ruhlarga bag'ishlanish Iso uchun sevgingizni buzadi.

Iblisga o'xshash soqov kishini olib kelgan imonlilarning sodiq so'rovi Masihning yuragini u tomon qimirlatdi. Shunda U bu kishidan yovuz ruhni haydab chiqarib, uning tilining bog'ini yechib yubordi. Jamoatingiz uchun doimiy ibodat boshlanganda, Masih jamoatingizning odamlarining tillarini yechib yuboradi. Iso aniqlik va to'liq xatti-harakat bilan najodi haqida dalolat keltirishlari uchun ruhni, mag'rurlikni va takabburlikni quvib yuboradi. Bugunlik kunimizda ko'plab soqov odamlarni Iso shifolashi uchun va ularni Masihning qutqaruvining muqaddas guvohlari qilishi uchun Isoga yopishib oling, hech qachon Uni tark etmang.

B'azilar soqov kishi hayvonga o'xshaydi deb tahmin qilishadi, lekin bu nato'g'ri. U Masihdagi najodga taklif etilgan bizning har birimizga o'xshaydi. Masihda u va buning o'rtasida farq yo'q. Ularning hammasi tengdir. Shuning uchun, biz ularga qarashimiz kerak va Masih samimiylik bilan ularga qarab va ularni sevganidek ularni hurmat qilishimiz kerak.

Masih qilgan ishining zidma-zidlik natijasiga hayron bo'lmang. Beozorlar Masihni ulug'ladilar chunki U imonlilarni pokladi va ularda O'z kuchini ko'rsatdi. Lekin jamoat va diniy imonning ta'lim beruvchilari g'azablandilar, chunki ularsiz ko'p odamlar an'anaviy ta'limotlari bilan muvofiqlikda bo'lmagan jonlanishni va yordamni ko'rgan edilar. Ular g'azablanib Iso iblislarning boshlig'i deb da'vo qildilar. Shuning uchun bu nafratlanarli va g'azabnok bo'lgan ulamolar mo'jizalar uchun ruhiy ko'rishlarini yo'qotganlar.

E'tirozchilar Mattoga ko'ra 9 Bob yovuz ruhli soqov kishi haqidagi hikoyani o'z ichiga olgan va 10 Bob iblislarni haydab chiqarish uchun va boshqa mo'jizalar qilishga ularni ham jo'natib, kasallarni shifolash uchun shogirdlarning kuchlanishini tushuntirib o'tgan. Keyin o'zgarish faqat 17 Bobda eslatib o'tilgan. Biroq, Luqo shogirdlarning kuchlanishi 9 Bobda mo'jizalarni ijro etishiga olib keladi, 10 Bobda va 11 Bobning birinchi qismida u boshqa mo'jizalarni eslatib o'tadi. Bundan keyin u soqov kishining mo'jizasiga dalolat beradi. Biz ikki xushxabar o'rtasida solishtirganimizda hodisalarning bir hil zafarini topmaymiz.

Biz havoriylardan biri Masih Yahudiylar uchun qilgan asosiy mo'jizalarini ko'rganiga javob beramiz. U birinchi bularni eslatib o'tdi va Matto qilgandek, buyrug' gaplarini kechiktirdi. Boshqa havoriy mo'jizalardan oldin ta'limotlarni va ilohiy nutqlarni yozadi. Bundan qat'iy nazar, Masih oldin va keyin ko'p mo'jizalar ko'rsatgan va bu soqov insondan ko'ra ko'p yovuz shaytonlarni quvib chiqargan. Siz har bir xushxabrda Masihning hamma mo'jizalarini topolmaysiz, chunki bu ko'p kitoblarni ham talab qiladi.

IBODAT: Ey mehribon Ota, Iltimos biz eshitishimiz va gapirishimizning inoyati uchun tushunarli so'zlar bilan Senga rahmat aytishimiz uchun Muqaddas Ruhing bilan bizni to'ldir. Tirik Najodkorimiz, Iso Masih uchun biz bu dunyoga aniq guvohlik berishimiz uchun har bir nopok ruhni bizdan olib tashla. Iblislar bilan harakatlari bilan birga fikrlarni aldab va aqidaparastlikning ruhi bilan chalinganlarni shifola. Bugunlik kunda biz Senga olib keladiganlarni Sen qutqarishingdek, o'sha vaqtdagi soqov kishini shifolagan Iso uchun Senga rahmat. Omin.

SAVOL:

  1. Soqov kishining shifo topishi nimani anglatadi?

SAVOL - JAVOB

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masihning Xushxabaridagi bizning izohlarimizni o'qib chiqib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% ga javob bersangiz, biz sizga ta'limotingiz uchun bu kitoblarning keyingi qismlarini jo'natamiz. Iltimos javob varog'iga to'liq ismingizni va manzilingizni aniq qilib yozishni unutmang.

  1. Masih nima uchun boshqalrani hukm qilishdan bizni taqiqlaydi?
  2. Xudoning so'zini eshitishni istamaganlarni qanday qilib sevishimiz kerak va ularga qanday qilib xizmat qilishimiz kerak?
  3. Iso nima uchun bizdan doimo ibodat qilishimizni so'raydi?
  4. Oltin qoidaning siri nima?
  5. Osmondagi Otamizga boshlaydigan eshik va yo'l nima uchun tor?
  6. Yolg'onchi kim?
  7. Jannatga kim kiradi?
  8. Hayotingiz uchun mustahkam asos nima?
  9. Matto nima uchun Masihning mo'jizalarining birinchisidek, moxovning shifo topishini eslatib o'tgan?
  10. Yuzboshing imoni nima uchun buyuk edi?
  11. Butrusning qaynonasining sog'ayishi nimani ko'rsatadi?
  12. Iso qanday darajagacha kambag'al va qanoatli bo'lib qoldi?
  13. Iso nima uchun bu yosh kishini otasining ko'mish urf-odatini qilishdan to'xtatdi?
  14. Iso nima uchun shogirdlarini hatarning o'rtasida koyidi?
  15. Siz Tiberiya ko'lining nargi tomonida jinga chalinganlarni ozod qilishdan nimani o'rgandingiz?
  16. Iso qanday qilib shol kishining gunohlarini kechirdi?
  17. Mattoga bo'lgan Masihning chaqiruvi nimani anglatadi?
  18. Kuyovning bolalari kimlar?
  19. Qonunning eski sharob idishiga xushxabarning yangi sharobini quyish nima uchun mumkin emas?
  20. Iso Mattoga ko'ra o'lgan qizni qanday qilib tiriltirdi?
  21. Ikki ko'r kishining shifo topishidagi sir nima?
  22. Soqov kishining shifo topishi nimani anglatadi?

Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Masihning va Xushxabarining imtixonini biz bilan bajarish uchun sizni rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)