Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 080 (Application of the Law)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
4. OSMON SHOHLIGI QOIDASINING HULOSASI (Matto 7:7-27)

e) Ruhning Kuchi orqali Qonunning Talablari (Matto 7:21-23)


MATTO 7:21-23
21 Meni 'Yo Rabbiy, yo Rabbiy' deb chaqirgani bilan har bir odam Osmon Shohligiga kiravermaydi. Bunga osmondagi Otamning irodasining bajo keltiruvchigina erishadi. 22 Qiyomat kunida ko'plar Menga: 'Yo Rabbiy, yo Rabbiy, bizlar Sening noming bilan bashorat qilmadikmi? Sening noming bilan jinlarni quvib chiqarmadikmi? Sening noming bilan ko'pgina mo'jizalar yaratmadikmi?' - deydilar. 23 O'sha vaqtda Men ularning yuziga qarab: Men silarni hech qachon tanigan emasman. Ey badkirdorlar, Mening oldimdan ketinglar! - deyman'.
(Matto 25:14-30; Luqo 13:25-27; Rimliklarga 2:13; Yuqub 1:22)

Masih Qonuniga ko'ra hursand yashashingiz uchun sizni qutqardi. Najodkorga bo'lgan imoningiz sizni U bilan bog'ladi. Uning Muqaddas Ruhining kuchi tanangizda yashashi uchun Uning o'limi sizni oqladi. Siz qanday qilib Xudoning farzandi ekaningizga ishonch hosil qilasiz?

Sizning Xudoga tegishliligingiz ibodatingiz orqali ko'rinadi, chunki Xudoning bolalari boshqa dinlar kabi “Rabbiy, Rabbiy” yoki, “Ustoz, Ustoz” deb har doim ham baqirmaydi. Ular Xudoni “Osmondagi Otamiz” deb chaqirishadi. Muqaddas Ruh sizning ruhingizga Xudo sizning Otangiz ekaniga va biz Uning farzandlari ekanimizga dalolat beradi. Ular ishlarini va o'zlarini Uning qo'llariga berishadi, Uning doimiylik g'amho'rliklariga ishonishadi, va Uning xizmatida faol bo'lishadi. Ular xushxabrning yaxshi xabarlariga chuqur kirib borishadi va ishonchda, sevgida va umidda o'sishadi. Masih bizni o'zimizning kuchimiz bilan yovuz harakatlarimizni o'zgartirish uchun bizni ozod qilmadi balki bizda o'zining hosillari bilan yangi ijodni o'rnatadigan Muqaddas Ruhga o'zimizni topshirishimiz uchun bizni ozod qildi. U bizni faol, kamtar va a'zodek O'zining jamoatiga boshlaydi.

Bir Masihga ishonishni boshlagan yolg'onchi bor ekan. Bundan oldin, uning do'stlari uning gapidan sakson foyizi ko'pirtirilgan deb aytishga odatlanishibdi, lekin u o'zgargandan keyin, do'stlaridan biri uning gaplaridan yigirma foyizi ko'pirtirilgan deb aytibdi. Bu yuragi singan imonli hursand edi. U Masihdan ko'z yoshlari bilan uni to'liq lof urishdan qutqarishini va har bir gapda, maktubda va butun vujudida to'g'ri va haqiqatni gapirishni so'ragan ekan.

Agar siz o'zingizning hislatingizda birorta kuchsizlik yoki muhtojlik topsangiz, buni Masihga eslating. Buni tavba bilan tan oling va Undan sizni davolashini va poklashini so'rang, keyin har bir gunohni kuch va yechim bilan rad eting.

Masihda turishingiz o'zingizdan kechish orqali amalga oshsin, chunki hech qanday yomon narsa tabiyatimizda yashamasin. Mag'rur bo'lmang, chunki mag'rurlik Shaytondan bo'lgan gunohdir. Sizning ichingizda yashaydigan va sizdan chiqadigan insoniy kuchingizni ishlatib yovuz ruhga chalinganlardan iblislarni haydab chiqarishga urunmang. Faqat Masih Muqaddas Ruhi orqali nopok ruhlarni haydab chiqaroladigan Masihdir. Ba'zan Rabbiy sizning samimiy guvohligingizdan bog'liq bo'lganlarni qutqarib ozod qilish uchun foydalanadi.

Rabbiy bugun sizni Uning harakatlarining sodiq guvohi bo'lishga taklif etadi. Undan Muqaddas Kitob orqali e'lon qilinganidan ko'ra oshkor qiladigan kelajak haqidagi kerak bo'lmagan bilimni izlamang. Otangizning boshqaruviga ishoning va siz muhim kishiman deb o'ylamang. Jamiyatingizni o'zingizning kuchingiz bilan ochlikdan va nohaqlikdan ozod qilishga urunmang. Sizni boshqalarga voizlik qilishga yetaklaydigan va foydali harakatlar ko'rsatadigan xushxabarning ruhiga diqqat bilan quloq soling. Agar Masih sizni Otasining ulug'lanishi uchun inoyatli harakatni ijro etishga taklif etgan bo'lsa, U sizga O'zining hokimyati orqali ruhsat beradi. Lekin siz o'zingizni foydasiz va in'omlaringiz o'zingizdan emasligini unutmang. Xudoning sevgisi sizga ham quyilgan. Bu noloyiq bo'lgan hayotingizga buyuk sov'ga kabi o'zingizdan kelgan. Sizni tog'larni ko'chiradigan imon va odamlar gapiradigan barno in'om qutqarmasligini tushunish uchun 1 Korinfliklar 13 dagi sevgi madhiyasini ehtiyotkorlik bilan tekshiring. Bu najodingizning hosillarini olib kelish uchun va bunda mahkam turish uchun sizga imkon beradigan Masihdagi imondan boshlanadigan Muqaddas Ruhning sevgisidir. Tokda novdalar bo'lgani kabi, Isoda bo'linglar va shunda Rabbiy O'z hosillarini sizda yetishtiradi. Bu siz Xudoning O'g'li Iso bilan birlashishingiz va Unda yashab, U sizda yashashi uchun samoviy Otangizning irodasidir. Siz ilohiy sevgi bilan harakat qilib va kamtarlik va sabr-toqat bilan xizmat qilib haqiqiy imonli bo'lishingiz uchun qanday buyuk va'da.

Buyuk mo'jizalar ko'rsatadigan va shifolab jinlarni quvib chiqaradigan (hatto Isoning nomi bilan ham) lekin xochga mixlangan Xudoning O'g'li tomonidan bo'lgan najodni tan olmaydigan sohta payg'ambarlar orqali yo'ldan ozmang! Ular Xudoning Qo'zisidan bo'linganlar.

Biz Xudo bilan ahd ostidamiz deb o'ylaydigan dindor odamlarning holiga voy, ular hayotlarida Isoga ergashmayapdilar. Jamoatdagi oqsoqollarning va birodarlarini oyoqlarini yuvib, ularni qattiq hukm qilib, kamtar bo'lmasdan balki mag'rur bo'lgan jamoatning holiga voy. O'zlarining donolik kuchlari bilan gapirishda in'omi bo'lgan, lekin kambag'allarni sevmaydiganlarning holiga voy. Ular hozirdan qattiq hukmni oladilar.

Sevgi qonunning to'liqligidir. Imon Masih dunyomizga qayta kelganda nihoyasiga yetadi va umid biz Najodkorimiz va ulug'vor Otamizni ko'rganimizda nihoyasiga yetadi, lekin sevgi o'lmas bo'lib qoladi, chunki Xudo sevgidir. Shuning uchun, siz haqiqatdan ham mehribon Otangizning haqiqiy farzandi va Iso Masihning sofdil birodari ekaningizni hayotingizda ko'rsatishingiz uchun ilohiy sevgi bilan to'lishni istang. U Hukm Kunidagi Hukmdordir va U solih va nopok, muhtojlarga xizmat qiladiganlar va o'zlariga xizmat qiladiganlar o'rtasidagining farqiga boradi. Haqiqiy imoningizning oxirgi dalili bo'lgan sevgida mashq qilishda davom eting.

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, biz Senga rahmat aytamiz, chunki Sen bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimizga O'z sevgingni berding. Iltimos suyukli O'g'lingning qoni bilan bizlarni pokla. Biz mag'rurliklarimiz va o'zimiz haqimizda tashvishlanishimiz va sabrsizliklarimiz uchun bizlarni kechir. Isoning kuchi bilan irodangni bajarishimiz uchun va Uning boshqaruvida va himoyasida davom etishimiz uchun biz Isoda yashaylik. Do'stlarimiz va dushmanlarimizning ko'plarini qutqar va ularni Shaytonning yolg'onlaridan ozod qilgin. Omin.

SAVOL:

  1. Jannatga kim kiradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)