Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 081 (Wise Man and Foolish Man)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
4. OSMON SHOHLIGI QOIDASINING HULOSASI (Matto 7:7-27)

f) Farosatli Odam va Farosatsiz Odam (Matto 7:24-29)


MATTO 7:24-27
24 “Endi kim Mening bu so'zlarimni eshitib, ularni bajo keltirsa, uni o'z uyini tosh ustiga qurgan farosatli odamga o'xshataman. 25 Yomg'ir yog'ib, sellar toshib, shamollar esib, u uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga o'rnatilgani uchun qulamabdi. 26 Biroq kim Mening bu so'zlarimni eshitib, ularni bajo keltirmasa, o'z uyini qum ustiga qurgan farosatsiz odamga o'xshaydi. 27 Yomg'ir yog'ib, sellar toshib, shamollar esib, u uyni bosib qolibdi. Uy esa qulab, yer bilan yakson bo'libdi”.

Siz ruhanmi yoki tanaviymi bo'ron va kuchli shamollarga fosh etilasiz, chunki bizning tanaviy tor dunyomiz Xudoning g'azabi ostidadir. Qudratli Xudo bu dunyodan tinchligini olib qo'ygan. Biz Masihning Ikkinchi Kelishi oldidagi voylar o'rtasida yashayapmiz. Agar kimdir “sizga tinchlik bo'lsin” desa, u kishi buni tilayapdi, chunki Xudo o'zini o'ylaydigan gunohkorlarga qarshi kurashadi. Nafrat kuchaygan, ochlik yurush qilyapdi va qabr gunohlari jamoatlarimizdadir. Aziz aka-uka va opa-singillar, siz daxshatli muammoning o'rtasida qanday qilib turasiz?

Masih sizga dalda so'zlari bilan javob bergan; “Menda hotirjam bo'lishingiz uchun aytdim. Dunyoda qayg'u alam chekasizlar; lekin dadil bo'linglar, Men dunyoni yengdim” (Yuhanno 16:33). Qo'rqmanglar, o'limdan tirilgan Iso sizga kelajagingiz uchun mustahkam asos berdi va javohirdan ko'ra qimmatroq dur berdi, bu hayot va o'lim, ish va rohat, hursandchilik va qayg'u uchun siz kuch topadigan Muqaddas Xushxabardir. Siz Xushxabarda barcha kasalliklaringiz uchun ruhiy tibbiyotni topasiz. Hayotingiz uchun agar siz bu ilohiy so'zlarni shiordek ishlatsangiz siz aqilli va dono bo'lasiz. Sizni hech narsa qimirlatolmaydi, siz mustahkam bo'lib qolasiz va Xudoning g'azabining barbod qiladigan to'fonida muammosiz bo'lasiz, chunki Isoning sizga shunday deb aytayotgan mayin ovozini bilasiz, “Dadil bo'l bolam, gunohlaring kechirildi” (Matto 9:2). Faqat Masih kelajagingiz uchun mustahkam asosdir.

Xochga asoslanmagan falsafa va aqidalarga hayotini quradigan kishining holiga voy, chunki ular u kishini aldaydilar va unga o'zlarining ishlari orqali insonlarning omadlari va ustunliklari haqida unga aytishadi. U yorilguncha uni fudashadi. Keyin u kishi o'zida hech qanday yaxshi narsa yo'q ekanini oxiri tushunadi. Umidsiz bo'lgan bu kishi har bir yolg'on va sotqin yo'l boshlovchilar ortidan yugurib, qo'rquv orqali umidsizlik bilan qochadi. Ular noloyiq hayollar bilan ularni ruhlantiradigan behuda so'zlarni gapirishadi. Haqiqat xushxabarini tushunmagan va buni o'rganmagan odamlar sohta masih uchun va uning sohta payg'ambari uchun tezda o'lja bo'ladilar, va shu bilan birga ularni ham sevib qutqargan samoviy Otaga kufr keltiradilar.

Lekin siz na baqiradigan va na qichqiradigan, balki abadiy haqiqati bilan izdoshlarini saqlab himoya qiladigan Yaxshi Cho'ponning ovozini taniysiz. U izdoshlarini sevgisi va sabrining kuchidan chiqadigan yaxshi ishlar uchun kuchlantiradi. Hech kim ularni Uning qo'lidan tortib olomaydi. U va Ota birdir, va hech kim osmondagi Otamizning qo'llaridan bizni tortib olomaydi (Yuhanno 10:28). Masih Otasi va Muqaddas Ruh bilan yashaydi va hukm suradi, va Ular abadiy bir Xudodirlar. U ruhiy shohligiga xushxabriga ko'ra ishonib harakat qiladiganlarni olgani qayta keladi. Ular pok harakat bilan U uchun yo'l hozirlab, Unga Muqaddas Ruhining hosillarini hadya etib, Uni intizorlik bilan kutishyapdi. Boshqa hamma odamlar qo'rquvdan titrab shunday deb baqirishadi, “Agar biz faqat xushxabarni tinglab va Masihga ishonganimizda, biz qutqarilgan bo'lar edik. Lekin endi Xudoning g'azabi bizni hukm qiladi, va bizning natijamiz abadiy do'zaxdir!”

MATTO 7:28-29
28 Iso bu so'zlarni aytib bo'lgandan keyin, xaloyiq Uning ta'limotiga hayron qoldi. 29 Chunki Iso ularga ulamolar va farziylar kabi emas, balki qudratli kuch egasiday ta'sirchan ta'lim berar edi.
(Yuhanno 7:16.46; Havoriylar 2:12)

Masih haqiqiy kishi va haqiqiy Xudodir, va Uning barcha so'zlari salohiyatdir. Bu so'zlar toshli yuraklarni qo'zg'atoladi, solihlik uchun chanqoq bo'lganlarni qutqaradi va singan yuraklarga shifo beradi. Bizda bugun oxirgi hukmda barhayot Hukmdor bo'ladigan yagona Najodkorimizning mehribonchiligining buyukligini tushuntirish uchun bunga intizor bo'ladiganlar orasida qutqarish xushxabarini bo'lishish uchun imtiyozimiz bor.

Bu oxirgi kunlarda ko'pchilik qutqarilishi uchun atrofingizda Xudoning So'zining to'liqligini tarqating. O'zingizning qobilyatingizni yoki zakovatli bilimingizni gupurtirmang. Yagona Xudo bo'lgan Muqaddas Ruhning kuchida Ota va O'g'ilni ulug'lang, va siz Iso shunday deb aytgan so'ziga erishasiz, “Mana Men dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman” (Matto 28:20).

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen havoriylaringni najodimizning so'zi bilan ruhlantirding va xushxabaringning qonuniga va va'dalaringa chuqur kirib borish uchun bizga qimmatbaho imkoniyat berding. Sen bizlarni O'g'lingning qoni orqali qutqarding va bizga kuching bilan hayot berding. Sevgingda bizni saqla. Najodinga intizor bo'lgan hammani duo qil va suyukli O'g'lingning kelishi uchun biz birga yo'l tayyorlab, atrofimizdagilarga qutqarilish xushxabarini tarqatishimiz uchun inoyating orqali bizni ishlat. Omin.

SAVOL:

  1. Hayotingiz uchun mustahkam asos nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)