Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 077 (Golden Rule)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
4. OSMON SHOHLIGI QOIDASINING HULOSASI (Matto 7:7-27)

b) Oltin Qoida (Matto 7:12)


MATTO 7:12
12 Odamlar sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, siz ham ularga shunday muomalada bo'ling. Tavrot va payg'ambarlar ta'limotining mag'zi shundadir”.
(Matto 22:36-40; Rimliklarga 13:8 10; Gallatiyaliklarga 5:14)

Siz Xudo sizni sevishini, ibodatlaringizga javob berishini, rashkingizdan sizni ozod qilishini, tashvishlaringizning ta'sirlaridan sizni ozod qilishini va gunohlaringizdan tinchlik, xizmat va poklikning so'g'lom hayotiga sizni o'zgartirishini bilasizmi? Bu buyuk sevgiga bo'lgan javobda, birinchi o'zingiz haqingizda o'ylamang. Fikringizni o'zgartiring va qarindoshlaringizning holatiga diqqat bilan qarang. O'zingizni sevganingiz kabi boshqalar uchun ham vaqtingizni va pulingizni qurbonlikdek bering. Gunohkorlar uchun O'zini to'liq bag'ishlagan Masihga qarang. Hayotning asosiy qoidasi Uning misoli bilan o'zgaradi. Xizmatlarni kutib turmang, balki mehribonlik bilan muhtoj odamlarga yordam bering. Kechiktirmasdan ularga yaxshilik qiling, chunki Masihga ergashish xizmatkorlarini haqiqiy xizmatkorlarga va Rabbiylarining suratiga o'zgartiradi.

Masih bizning oldimizga faqat biz bilishimiz kerak bo'lgan va ishonishimiz kerak bo'lgan narsalarni o'rgatish uchun kelmadi, balki biz faqat Xudoga emas, balki insonlarga ham – faqat qarindosh-urug'larimizga emas, balki guruhlarga ham va butun insonlarga ham qilishimiz kerak bo'lgan narsani o'rgatish uchun keldi. Odillik oltin qoidasi boshqalar bizga qilishi kerakligidan tashqari bo'lgandek biz boshqalarga yaxshilik qilishimiz kerak. Buni ijobiy yoki salbiy oling, buning hammasi bir turga keladi. Biz boshqalar bizga yomonlik qilgani uchun yomonlik qaytarmasligimiz kerak. Bizga qanday muomala qilishlarini istasak, biz ham ularga shunday muomalada bo'laylik. Bu buyuk amrda joy olgan; “O'zgani o'zing kabi sev.” O'zimizni qanday sevsak, yaqinimizni ham shunday sevishimiz kerak, shuning uchun biz yaxshi xizmatlar qilishimiz kerak. Biz boshqalar bilan muomalamizda xuddi shu holatda va harakatda o'zimizni o'ylaymiz. Agar men shunday kasalliklar ostida ishlab, shunday kelishuv tuzayotgan bo'lganimda, men qanday qilib shifo topishni kutishim kerak va istashim kerak? Bu odil imitdir, chunki biz ularning holatlari qanday qilib haqiqatdan bizniki bo'lishi mumkinligini bilmaymiz. Hech bo'lmasa biz Xudodan qo'rqarmiz, toki Xudo hukmlari bilan biz boshqalarga qanday muomalada bo'lgan bo'lsak bizga ham shunday qilinishi kerak.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, Sen barcha insonlar tomonidan sajda qilinishga loyiqsan. Seni qanchalar oldingda befarqlik bilan yurgan odamlar haqorat qilishdi. Sen ularni sabr-toqating bilan yo'q qilib yubormasdan, balki ular Senga yaqin kelishlari uchun va ularni O'z suratingga o'zgartirish uchun ular uchun yagona O”g'lingni berding. Iltimos Sening muruvvatinga, mehribonchiliginga va kuchinga e'tibor qilmaganimiz uchun bizni kechir. Bizning haqiqiy misolimiz bo'lgan Masihga minnatdorchilik va olqish bilan Senga va har bir kishiga xizmat qilishimiz uchun bizni tubdan o'zgartir. Omin.

SAVOL:

  1. Oltin qoidaning siri nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)