Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 068 (The Lord’s Prayer)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

c) Rabbiyning Ibodati (Matto 6:9-13)


MATTO 6:13
13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan halos qilgin.
... (1 Yuhanno 5:4-5 va 19)

Osamoviy Ota hech kimni vasvasaga solmaydi yoki boshlamaydi, chunki Uning muqaddas sevgisi bizni saqlaydi va bizni barbot qilmaydi. Lekin farzandlaridan biri poklikka, haqiqatga va sevgiga bo'lgan Muqaddas Ruhning tanbehiga va turtkisiga javob bermasa, va o'jar va mag'rurligicha qolsa, unda Xudo yovuz shaytonga gunoh va sharmandalikka qulash uchun ruhsat beradi. Shunda, u kishi solih emas, balki buzuq va yoshligidan yovuz ekanini tushunadi. Bu kishi yig'laydi, tavba qiladi va Otasidan to'la o'zgarishini va poklanishini, Uning kechirimini so'rab Uning oldiga qaytadi.

Samoviy Otangiz sizni O'zining suratiga ko'ra o'zgartirishni istaydi. Masih sizga O'zining ismini bergan. U sizni siz Muqaddas Ruhi bilan moylangandek harakat qilishingiz uchun va sevgida muqaddas bo'lib, tinchlik quvonchini bilishingiz uchun va sabr-toqatli bo'lishingiz uchun sizni “Masihiy” deb ataydi. Toshbag'irligingiz tufayli sizda Otangizning solihliging qismi bo'lmagan joyda, Xudo boshqa yo'l topmaydi balki kasallik, noumidlik va ofatlar kabi sizning ustingizga vasvasa kelishiga ruhsat beradi. Siz sababni tinglashingiz uchun va tavba qilib, Uning kuchida nojodingizni va poklanishni qidirib qaytib kelishingiz uchun, U sizni jazolaydi.

Agar siz o'zingiz va boshqalar uchun vasvasalardan saqlanib va gunohga berilishdan saqlanib yangi tavbani so'raganingizda, siz yuraklarning yangilanishini va poklanishini izlayotgan bo'lardingiz. Pavlus, Rimliklarga bo'lgan maktubida batafsil oqlanishning qoidasini izoxlab, imonlilarning onglarining yangilanishini va poklanishini tanalirini Xudoga tirik qurbonlik va ma'qbul etib berish uchun ochib beradi (Rimliklarga 12:1.2). Shunda ham siz to'g'irlanishingiz kerak, chunki bu poklanishimiz bo'lgan Xudoning irodasidir. Muqaddas Ruh doim siz mag'rurligingizdan bosh tortishingiz uchun va Xudoning kamtar sevgisi bilan to'lishingiz uchun sizga turtki beradi.

Atrofingizdagi vasvasalar juda ko'pdir, chunki kinolar, reklamalar, kitoblar, kiyim-kechaklar va butun hayot Xudoning muqaddasligiga qarshi bitta baqiradigan bo'lgan. Rabbiyning amrlariga qarshi bo'lgan yovuz fikrlar yuragimizdan chiqadi. Biz hammamiz vasvasalardan saqlanish uchun ibodat qilishimiz kerak. Shuning uchun keling buni e'lon qilaylik va ibodatlarimizda aytadigan so'zlarimizga ishonaylik. Har bir vasvasaning oxirgi maqsadi Xudoning irodasiga qarshi itoatsizligimizdir va Undan mustaqil bo'lib yashash uchun, Uning ahdidan ajralishimizdir.

Masihiy odamlarga ko'plab Masihga qarshi vasvasalarga qulash hatari bilan do'q po'pisa qiladilar. Xushxabarni eshitadigan kishi bunga ishonadi va buning kuchiga ega bo'ladi, lekin Xudoning sevgisining burchlari ostida va Rabbiy Ruhining boshqaruvi ostida harakat qilmaydigan kishi yuragini berkitib oladi. Bu siz xochda Xudoning inoyati haqida hali eshitmagan xalqlar orasida buni topishingizdan ko'ra, ko'proq xudosizlar mamlakatlarda Eski va Yangi Ahdning inoyatini uchratganliklarini topishingizdir. Muqaddas Xudoning ovoziga qarshi yuragingizni tosh qilmaslik uchun ehtiyot bo'ling. Kechirim, poklik va haqiqat tomon Uning Ruhining xohishiga qarshi turib olmang.

Men kuchliman, aqilliman va yaxshiman deb hayol qilmang, chunki biz hammamiz nodon, kuchsiz va ruhiy ishlarda yovuzlarmiz. Samoviy Otangiz oldida qobilyatsizligingizni tan oling va faqat Masihning yordamiga va vakolatiga ishoning. Bu “O'g'il O'zidan hech narsa qilolmaydi” deb aytadigan Shaytonni yengan Xudoning O'g'lidagi yo'ldir. Mag'rur iblisga g'alabani qo'ldan boy beradi, biroq kamtar tavba qilib Uning Ruhining kuchida yurib, Masihning nomidan oqlanadi. U kishi Rabbiysining bepayon hududida yashaydi va vasvasalarning olovidan va o'limning daxshatli hokimyatidan himoya qilinadi, chunki Xudoning hayoti u kishida yashaydi.

Men Shaytonni yengolaman deb hayol qilmang, chunki biz nurli farishtalar oldida kuchsiz va yordamsizlarmiz. Iblis sizga qaraganda “kattaroq” dir va u barcha nayrang, yolg'on va vasvasalarni biladi. O'limni yenguvchi, iblis ustidan zafar qozonuvchi Masihdan sizni O'zining g'alabasida sherik qilishini so'rang. Qudratli Isoga ishonadigan kishi zafar Qozonuvchining yonida turadi. U bizning qal'amizdir, biz Unda hatarsizmiz. Masih Shaytonni “yovuz shayton” deb ataydi chunki u har bir yovuzlikning manbasidir. Undan faqat buzish va barbod qilish chiqadi. Bu dunyo urushda osmondagi Ota va yovuz shayton o'rtasida, yaxshi va yomon o'rtasida turadi. Rabbiyning Ibodatidagi “Ota” so'zidagi birinchi so'zdek va oxirgi “yovuz shayton” so'zidagidek, sizning hayotingiz Xudoning buyuk hislatini va Uning dushmani bo'lgan Shaytoning hislatini ifodalaydigan bu ikki so'zlar o'rtasida bo'ladi. Siz kim tomon qadam tashlaysiz?

Faqat o'zingiz uchun Shaytonning yolg'onchi kuchidan najodni izlamang, balki hamma insonlar zulmat hukmronligidan ozod bo'lishlari uchun va Xudoning oilasining shohligiga harakatlanishlari uchun ham ibodat qiling. Masih qudratli qutqaruvchidir. U zulmatning yashirinayotgan hokimyatidan jamoatini qutqaradi. Do'stlaringiz haqiqiy sevgiga to'lishlari uchun ularning ustiga Muqaddas Ruh kelishini izlang, chunki ular Muqaddas Ruhsiz hech qanday yaxshi narsa qilisholmaydi.

Masih ulug'vorlikda kelganida, biz qiyqirig' bilan Uning oldiga shoshilamiz, chunki Uning huzurida Shaytonning hokimyati nihoyasiga yetadi. Keyin bizni Xudoning sevgisidan hech narsa ajratolmaydi, na o'lim, na gunoh va na vasvasalar.

Bu oxirgi so'rovda biz Masihning ulug'vor kuchi bilan Otasining shohligini ko'rsatish uchun tez orada Masih keladi deb turib olamiz. Shuning uchun, Rabbiy Ibodatining maqsadi barcha qarshi chiqayotgan kuchlarni yengib chiqadigan osmondagi Otamizning shohligini bilish kerakligidir.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Sening sevging uchun, sevimli O'g'lingning najodi uchun va Muqaddas Ruhingning kuchi uchun Senga sajda qilamiz. Iltimos bizning itoatsiz yuraklarimizni yengib chiq va bizni butunlay poklagin. Biz Shaytonning g'alabasi bo'lmasligimiz uchun bizni solihliklaring bilan to'ldir. Biz hammamiz muvaffaqiyatsizlarmiz va muqaddas kurashda besamaralarmiz, lekin Sening kuchli Ruhing bizni ozod qiladi, boshqa ko'plab kishilarni iblisning turmasidan ozod qiladi va biz Sening yovuz shayton ustidan bo'lgan zafaringda qatnashishimiz uchun sevgingning shohligiga hammamizni olib bor. Omin.

SAVOL:

  1. Biz hayotimizda yovuz shaytondan qanday qilib ozod bo'lamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)