Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 042 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:3
3 “Ruhan kambag'al bo'lganlar bahtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir. (Ishayo 57:15)

Masih va'zini bahtiyorlik bilan boshlaydi, chunki U bu dunyoga bizni qutqarish uchun va saodandmand qilish uchun kelgan. U faqat biz uchun ba'zi qut-ba'rakalarini berish uchun emas, balki U bizga hamma qut-barakalarini yog'dirishga kelgan (Efesliklar 1:3). Iso buni abadiy hayot ato qiladigan va qut'-barakaga amr beradigan “hokimyati bordek” qiladi. U tavba qilganlarga va'da bergani kabi, qayta va qayta marhamatini taqdim etadi. Iso ularni “bahtli va hursand” deb ataydi va U dou qiladiganlar haqiqatdan ham dou qilinishlari uchun shunday qiladi.

Eski Ahd “la'nat” bilan tugaydi (Malaki 4:6 [3:24]), Yangi Ahdning qonuni bahtiyorlik va “baraka” bilan boshlanadi. Biz Uning barakasiga ega bo'lishga chaqirilamiz.

Masih bizni Muqaddas Ruhsiz hech kim osmon shohligiga kirolmasligiga birinchi ishontiradi. Iso bizga gunohlarimizni va nato'g'ri maqsadlarimizni ochib tashlaydigan Muqaddas Ruhini beradi. U qudratining tozalik va mehriga ko'ra nopoklik yuzaga keladi va Xudoning muqaddasligi oldida biz bechora va horg'in bo'lganlar ayibdor va halokatli bo'lganimizni tan olib, muk tushamiz.

Biz Uning haqiqatining nuri oldida yolg'onimizni va sevgisining nuri oldida takabburligimizni bilamiz. Agar Xudoning Ruhi gunohlaringizni ochib tashlagan bo'lsa, sizni sodiq tavbaga yetaklagan bo'lsa va ruhiy ko'rligingizdan sizga shifo bergan bo'lsa, siz bahtlisiz. Keyin osmon darvozasi sizga keng ochiladi chunki faqat tavba qilgan gunohkor Xudoga keloladi. Xudoga keladigan tavba qilgan gunohkor faqat osmon shohligiga kirmaydi, balki osmon shohligi abadiy uniki kabi merosdek bunga ega bo'ladi.

Iso shogirdlarini faqat suvga cho'mdiruvchi Yahyoning izdoshlaridan tanlab olgani ajoyibdir. Ular gunohlarini tan olganlar va O'rdun daryosida suvga cho'mganlar. Faqat singan va tavba qilganlar Xudo shohligiga kira olishadi. Birinchi bahtiyorlik boshqa hamma bahtiyorlikning boyliklariga bo'lgan aniq qadamdir.

SAVOL:

  1. Nima uchun “ruhan kambag'allar” osmon shohligiga kiradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)