Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 030 (Call to Repentance)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

1. Tavbaga Chaqiruv (Matto 3:1-12)


MATTO 3:10
10 Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi-ku. Yaxshi meva bermagan har qanday daraxt kesilib olovga tashlanadi.

Bu oyat xarobalik haqidagi kinoya ogohlantirishdir! Xudo birinchi agar yovuzlarni ogohlantirmasa jazoni ijro etmaydi. Siz daraxt kesuvchi bir daraxtni kesish uchun tayyor turgan qo'lida bolta bilan turganini hech ko'rganmisiz? Yahyo Masih darxt kesuvchi va har bir kishi daraxt ekanini aytyapdi. Sevgi va haqiqat hosilini keltiradigan daraxt Uning shohligining bog'ida qoldiriladi; lekin takabburlikda, yolg'onda va la'natda yashaydigan kishini Hukmdor bo'lgan Masih bolta bilan kesib tashlaydi.

Bugunlik kunda bu xabar Masih buni gapirgandek e'lon qilinmayapdi. Voizxonlar tez-tez xoch haqidagi haqiqatga ko'ra tekin kechirimga va inoyatga e'tiborlarini qaratishadi; lekin hosil keltirmaydiganlar ustiga Xudoning g'azabi yog'ilishi haqida esdan chiqarishadi. Xoch haqidagi haqiqatda imon orqali o'zgarmaganlarning hammasi hukm uchun olinadi va do'zaxga tashlanadi.

Bugun bizning dunyomiz Xudoning inoyatiga qaraganda Uning jazosiga yaqinroqdir. Odamlar Masihning inoyatini mensimasdan Rabbiylarisiz yashaydilar. Insoniyat xochni va uning kuchini rad etishiga Xudoning odilligining zarbalariga va g'azabiga hayron bo'lmang. Yangi urushlarning bu asrida Xudo hukmining alangasi oldingi vaqtga qaraganda bizga kuchliroq bo'ldi. Shaharlar bombalardan yonib ketadi va husni buzilgan tanalar boshlarida barbod bo'lgan uylarning alangasidan qorayib ketadi. Xudo faqat g'azabining hukmini tanishtiryapdi. Shunday qilib kelinglar endi mazax qilmaylik, otashli do'zaxning bu ilohiy vahiysi xochning shavqatini rad etadiganlarni kutyapdi. Xudoning sabridan nafratlanganlarga bu qanday hafagarchilik va noumidlikdir! Bu uchun tavaba qilishga juda kech bo'lganda ular achinarli yig'lab tishlarini g'ichirlatadilar. Do'zax yaqinlashyapdi va Shayton va uning iblislari Masihning Ruhiga yuraklarini ochmaganlarni boshqaryapdi. Kelayotgan havf-xatardan ogoh bo'ling buni Unga zavq bilan oching.

Kesib tashlaydigan qurol-aslahalar daraxtlarning tomirida yotibdi. Hatto Xudoning sabri haligacha kutayotgan bo'lsa ham, yaxshi hosil bermaydigan daraxt kesib tashlanib olovga uloqtirilganda bu kun keladi. Bu Xudo xalqini hukm qilganida Uning o'zgarmas hukmidir. (O'qing Vahiy 2:1-5).

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, men Seni ulug'layman, chunki Sening hukmlaring odil va haqdir. Iltimos buzilgan hayotimning ildiziga boltangni qo'yma, balki men bilan sabr-toqatli bo'l. Tavba qilish uchun menga yordam ber va Senga ma'qul keladigan hosil keltirishim uchun, amrlaringga ko'ra fikrlarimni va harakatlarimni o'zgartir. Mening do'stlarim va qarindosh-urug'larimni kechir chunki ular menga o'xshab olovga loyiqdirlar. Rabbimiz, biz Sening inoyatingga va shavqatlaringga umid qilamiz. Omin.

SAVOL:

  1. Yaratguvchi sizdan nima qilishni kutadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:46 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)