Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 052 (Beginning of Preaching to the Gentiles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

9. Yuzboshi Korniliyning suhbati orqali G'ayriyahudiylarga Voizlik qilishning Boshlanishi. (Havoriylar 10:1 - 11:18)


HAVORIYLAR 10:1-8
1 Kesariya shahrida Korniliy ismli bir odam bor edi. U Italyan degan polkda yuzboshi, 2 butun xonadoni bilan Xudodan qo'rqadigan dindor bir odam edi. Xalqqa kopdan-ko'p sadaqa berib, doimo Xudoga ibodat qilardi. 3 Bir kuni tushdan so'ngi soat uchlar chamasi Xudoning bir farishtasi uning oldiga kelganini u vahiyda ochiq ko'rdi. Farishta unga dedi: - Korniliy! 4 - Labbay, Hazrat? - dedi Korniliy, unga vahima bilan tikilib. Farishta dedi: - Qilgan ibodatu sadaqalaring Xudo huzurida ijobat bo'ldi. 5 Endi Yaffaga odamlar yuborib, Butrus laqabli Simun degan kishini oldinga chaqirtir. 6 U uyi dengiz bo'yida bo'lgan Simun ismli konchinikida mehmon bo'lib turibdi. [Uning senga aytadigan so'zlaridan o'zing bilan butun xonadoning najot topasizlar.] 7 Unga gapirgan farishta ketgandan so'ng, Korniliy xizmatkorlaridan ikkisini va uning hususiy vazifadori bo'lgan dindor bir askarni chaqirdi. 8 Ularga hamma narsani tushuntirib, Yaffaga jo'nadi.

Elliginchi kunda Muqaddas Ruhning yog'ilishidan Butrus jamoatlarga o'zining xizmat safarini qilgan vaqtgacha, jamoat Yahudiy fuqorolaridan, Ibroniylardan, Samaryaliklardan va G'ayriyahudiylardan tashkil topgan. Ularning hammasi Masihga ishonib, suvga cho'mishdi. Mana bu vaqtda jamoatlar faqat asl Yahudiydan Masihiylardan edilar.

Biroq Xudoning O'zi Korneliyning suhbati orqali G'ayriyahudiylar uchun eshikni ochyotgandi. Bu kishining jamoat bilan birligi mo'jiza va Masihga ishongan faqat yahudiylarga qilingan Muqaddas Ruhning va'dasini taxminlagan Yahudiy bo'lgan yangi imonlilarga qoqilish to'sig'i bo'ldi.

Luqo batafsil yo'l bilan G'ayriyahudiylarning va Korniliyning suhbati haqida xabar berdi. U Butrus orqali Xudoning O'zi havoriylarning eng betga chopar va samimiyini abadiy hayot uchun tanlanishi uchun G'ayriyahudiylarni xudojo'y va jonkuyar qilib tayinlaganini mutloqo aniq qilib berishni xohladi. Butrus o'zi uchun bu yo'lni xohlamagandi. Masihning O'zi Stefan va Shoulning hayotiga aralashganidek uning hayotining yo'lida ham aralashdi. Bu to'qnashish dunyoga xushxabarni voizlik qilishda keskin chorraha qilib belgilaydi.

Farishta Yangi Ahdda imonliga ko'ringanda, bu hamma tushunchani yaxshilagan rejani Xudo bajarishni boshlayotganini anglatadi. Toki solih imon qalqimasligi kerak, Rabbiy O'zining farishtasini jo'natdi. U insonning beshta tuyg'ulari orqali Xudo hozir yagona mo'jizani bajaryapdi va U O'zining shohligiga yangi yo'lni ochyapdi deb tanishi uchun qobilyatli edi. Korniliyning imonida barcha odamlar uchun muhim ma'no va ahamyat bor edi. Bu G'ayriyahudiy butining cho'mishi uchun bo'lmaganida, xushxabar bizga kelmagan bo'lar edi. Bu Yahudiylarga torligicha qolgan.

Korniliy Tog'ning janubi bo'lgan Mediteraniya Dengizi bo'yida joylashgan Rim markazi bo'lgan Kesariyada yuzlab kishilarga yo'lboshchilik qilgan Rim lashkarida hukumat xizmatchisi edi. Bu hukumat xizmatchisi yahudiy dini bilan qoyil qolgan: bitta Xudoga ishonish, O'nta Amr, xudojo'ylikning farmoni bu hamma uning shahvoniy havaslari, yengil hayoti, qo'rquvi va yuzakilikgi bilan Rim imperiyasining ijtimoiy hayotiga to'la begona edi.

Korniliy butun yuragi bilan Xudoga Burildi. U ishongan asoslarining og'ushiga ko'ra hayotini tuzdi. Uning xudojo'yligi faqat ruhiy imon yoki nozik g'ayrat emas edi. U barcha fikrlarini, so'zlarini va hatti-xarakatlarini imonining ruhiga berdi. U pulni sevmadi balki qurbonlik qilib yashadi. U kambag'al odamlarni siquvga olib egallash uchun majburlashlarda buyuk hukumat hizmatchisidek qilmadi, lekin shahsan muhtoj odamlarga yordam berdi. U ko'pincha ibodat qilar edi, va Xudo unga nima aytsa har doim yuragini ochiq tutardi.

Shunday kishining yaxshi ruhi ko'p vaqt yashirin qolmadi. Bu uning do'stlariga va askarlarga uyidan oqib chiqib o'zini ko'rsatdi. Ularning hammalari Ruhda ibodat qilib, Xudoning Ruhidan qabul qilish uchun hammalari ochiq bo'lishlariga ularni qistab, uning mo'min-qobilligi orqali harakatlandilar. Haqiqiy imonli yakkalovchi emas, balki unda boshqalarning yuragidagi qorli tog'larni eritib yuboradigan issiqlik va sevgi bor. Uning qarindosh va do'stlari uchun iltijolari ularni Xudoga ibodat qilishlari uchun sabab bo'ldi. Buyuk va muqaddas Xudo Rim Yuzboshchisiga uning har bir ibodatiga javob berilganini aytdi. Uning har bir yaxshi hatti-harakatlarini Xudo ko'rdi. Bugun ham Taolo sizning ishlaringizni unutmaydi. U sizning yuragingizning ovozini eshitishni va imoningizning hosillaridek qo'lingizning sadaqalarini kutadi. Siz ibodatingiz va ro'za tutishingiz orqali oqlanmaysiz, balki Xudoning sevgisi orqali oqlanasiz. Sizning itoatkorligingiz buyuk sevgi uchun minnatdorchilikdir.

Farishta Korniliyga Butrus ismli kishi qolyotgan terichi Simonning uyiga unga yo'l boshlab, Yoffaga kishilarni jo'natishni aytdi. Hukumat hizmatchisi Xudoning har bir buyrug'i bevosita itoat qilishni va ijrochilikni talab qilganini bilar edi. U Xudoning amriga farishta haqida uzoq kuzatishsiz va hadiksiz bo'ysundi. U shunday mo'jizaviy yo'liqishlardan qo'rqmagan edi, chunki Xudoning sevgisi uning yuragiga tegingan edi. U kunda ibodat qilgan Rabbiyga ishongan. U Xudo uni ayg'oqchilik yoki havfli kishi qilib jo'natish uchun uni boshqarmayotganini aniq bilar edi. Yo'q, u Xudoning xizmatkorini va havoriysini chaqiryotgan edi.

IBODAT: Ey Rabbim Iso, biz Sendan O'zingning havoriylaringning qadamlarini boshqarganingdek uni boshqarish uchun jamoat vaqtining tarixiga kirganingdan minnatdormiz. Biz Sendan barcha to'g'ri ibodatlarga javob berishingdan va hatto Seni bilmaganlarning qo'lidan bo'lgan shavqatli hatti-harakatlarni unutmaganing uchun raxmat aytamiz. Iltimos najotingning kamolotiga xudosizlar orasidan ko'plarni tortib ol. Omin.

SAVOL 52: Hukumat xizmatchisi bo'lgan Korniliyga farishtaning ko'rinishining mohiyati nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)