Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 010 (Outpouring of the Holy Spirit at Pentecost)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

5. Muqaddas Ruhning kelishi (Havoriylar 2:1-13)


HAVORIYLAR 2:5-13
5 O'sha zamonda Quddusda falak ostidagi hamma ellardan kelgan dindor yahudiylar turar edi. 6 Bu tovushni eshitganlarida, el-ulus bir joyga yalpi to'planib keldi. Har biri o'z shevasida gapirishayotganini eshitib, esankirab qoldi. 7 Hamma hayratu taajubga tushib, o'zaro: “Bu gapirayotganlarning hammasi jalilalik emasmi? - deyishardi. 8 – Qanday qilib har birimiz o'z ona tilimizni eshityapmiz? 9 Parfiyaliklar, midiyaliklar, elamliklar; Mesopotamiya, Yahudiya, Kappadokiya, Pont va Asiya yurtlarida yashovchilar, 10 Frigiya, Pamfiliya, Misr va Liviyaning Kirineya atrofidagi yerlarda yashovchilar, Rimdan kelganlar, yahudiylar bilan yahudiy diniga kirganlar ham, 11 kritliklar bilan arablar ham bizning tillarimizda Xudoning ulug' ishlari haqida gapirayotganlarini eshityapmiz”, - der edilar. 12 Hamma dovdirab qolib, bir-biriga: “Bu qanday gap?” - deb taajub izhor etardi. 13 Boshqalari esa masxara qilib: “Ular musallas ichib mast bo'lishibdi”, - deb aytishar edi.

Siz alangali tillarning kuchida havoriylar nimani gapirganini bilishni xohlaysizmi? 12 misrani o'qing shunda siz ular faqat Xudoning ajoyib ishlari haqida gapirganlarini bilib olasiz. Ular Yaratguvchilariga Uning ijodiyoti uchun rahmat aytib, sabr-toqatlik bilan jinoyatchi inson o'gillarini davolagani uchun Uni ko'tardilar, Uning nuqaddas qonunini ulug'ladilar va payg'ambarlar orqali O'zining irodasini ochib bergani uchun Unga shukur aytdilar. Ular ko'rgan va eshitgan, ularga bildirgan O'zining gavdalangan sevgisida Uning O'g'lining tug'ilishi, mujassamlanishi va hursand bo'lganligi uchun Muqaddas Ruhga sajda qildilar. Ular Rabbiyning mo'jizalari uchun Uni ulug'ladilar, so'zlarini qaytardilar va Unga sajda qildilar, va xochdagi o'limi va tirilishi uchun Uni ulug'ladilar. Shogirdlar tirik Rabbiy bilan uchrashuvlari uchun Xudoni ulug'ladilar. Ular Isoning ko'tarilgani uchun xursand bo'ldilar, va kutgan payg'ambarchilikning bajarishi uchun sevindilar. Ular bu dunyoga voizlik qilish kerakligiga ishondilar va insonlarga najot olib kelish uchun Xudoning irodasi bilan to'ldilar. Aziz birodar, siz Xudoning ajoyib ishlarini ulug'lash bilan birgamisiz? Sizning minnatdorchiligingiz qayerda? Siz o'zingizni ulug'laysizmi yoki Xudoni ulug'laysizmi? O'zingiz haqingizda unutib faqat osmondagi Otangizni ulug'lang.

Hamdu-sanoning ittifoqdosh havosi, jimlik ibodat va muqadaslik oxirlamadi, chunki Rabbiyni kutganlarning boshqa ko'plari sevgi bo'ronining ovozini eshitishdi va bo'ron tushgan joyga shoshilishdi. U yerda ular gangirab qolishdi, chunki ular Jalilaliklar har-hil tillarda gapiriyotganini eshitishdi, hatto ular hech qachon horijga sayohat qilishmagan yoki tilar maktabida o'qishmagan edi. Elliginchi kunda Xudo insonlar bir-birini tilini tushuna olmasligi uchun Xudo ularni har-hil xalqlarga tarqatib yuborganda, tillarini aralashtirib yuborganda va insonlarni fosh qilib tashlaganda ijodkor Ruh Xudoning g'azabining oqibatini yengib chiqdi. Ular mug'rurliklari bilan Xudoga yetib borguncha balandroq va balandroq bo'lishini maqsad qilingan Bobil Minorasini qurish orqali Xudoning darajasigacha yetib borish uchun harakat qildilar. Hozir, Masih izdoshlarining mag'rurlik gunohlarini kechirib yubordi va Masihning bo'shanglik va kamtarlik Ruhi ibodat qilyotganlarning yuraklarida yeshay olardi. Ularning hech biri o'zini boshqalardan yaxshiroq, aqilliroq yoki buyukroq deb o'ylamadi. Kuchli kishi kuchsizga bo'ysundi va tabarruk o'zini eng kichik deb hisobladi. Muqaddas Ruh barkamollikning bog'liqligi bo'lgan sevgida O'zini ko'rsatdi va Xudoning birligida tarqalgan xalqlarni birlashtirdi. Shunday qilib, tillarning Elliginchi kungi sovg'asi tarqalgan xalqlarning qayta birligini ramzini beradi. Elliginchi Kundan xalqlar orasidagi, ularning tillari va yakka farqlari orasidagi chegaralar asosda parchalanganligi bilinsin. Endi nogiron va aqillining o'rtasida darajalar yo'q. Xudoda hamma birdir, chunki eng buyuk sovg'a Muqaddas Ruh barhayot Otaning darajasiga o'lik insonni ko'tardi. U ular sevgida Xudoning oldida muqaddas bo'lishlari kerakliklari va ayibsiz bo'lishlari uchun Masihning qoni orqali ularni pokladi.

Birinchi Elliginchi kunda ko'p odamlarning vakillarining buyuk guruhi hosilning oxirida Xudoning maskanini minnatdorchilik bilan nishonlash uchun Quddusda to'planishdi. Persiyadan, Mesopotamiyadan, Asiyadan, Shimoliy Afrikadan, Italiyadan va Kritiyadan bo'lgan Yahudiylar Quddusga yugurib keldilar. Ularning hammalari Galilalik so'zlarida, Xudoning ovozi o'zlarining ona tillarida gapiryotganini eshitdilar. Elliginchi kunning mo'jizasi uch marta edi: Birinchisi; ular kuchli shamolni eshitishdi. Ikkinchisi, ular olovli tillarni ko'rishdi. Uchinchisi, ular Jalila tilini tushunishdi, chunki Xudoning O'zi bu kunda tillarning tarjimoni edi.

Asosan biz tinglovchilarning orasida Isroilning va Arablarning vakillari borligini bilishdan hursandmiz. Uning namoyon bo'lishining boshlanishidan, Muqadds Ruh buyuk najot xabarini Arab tilida va Koptik tilida ochib berdi. Bu tillar U uchun na qiyin va na o'zgacha edi. U O'zining sevgisi bilan ularni qondiradi va muqaddasligi bilan ularning ma'nolarini to'ldiradi. Siz o'zingizning tilingizda Xudoga sajda qilasizmi? Tilingizni, yuragingizni, irodangizni va barcha kuchingizni Unga topshiring, shunda siz Xudoning ulug'vorligining hursandchiligida davom etasiz.

Kuchli shamolga yugurganlar ikki guruhga bo'linganliklari qanday g'alati edi. U yerda ular ko'rganlarini ehtiyotkorlik bilan o'ylagan va imonlilarning ustidan kulgan boshqalar bor edi. boshqalar Xudoning hursandchiligida muallas bo'lib ba'zan mastdek gapirishyotganda, birinchilar Muqaddas Ruhning siri haqida to'la bilimga ega bo'lishni xohladilar. Ular o'zlarining tajribalarida ilgari havoriylarni ayiblagan nopok holatni boshlaridan kechirishlari kerak edi. Biroq ular Xudoning hursandchiligini va ulardan yashirinib qolgan abadiy sevgining kuchini bilishmagan edi. Ularning yuraklari nafratdan qattiqroq tosh bo'lib bordi.

IBODAT: Ey jonim, Xudovandni olqishla! Uning muqaddas ismini olqishlang, Ey, butun a'zoyi badanim! Ey jonim, Xudovandni olqishlagin, Unutma Uning biron-bir ehsonini! U butun ayb-gunohlaringni kechirar, barcha xastaliklaringga davo topar; Hayotingni go'r azobidan qutqarar, Boshinga inoyatu marhamat tojin taqar; Ko'nglingni ne'matlar bilan qondirar, Yoshliging kuchini burgut kuchiday yangilar (Zabur 102:1-5). Omin.

SAVOL 10: Muqaddas Ruh havoriylarga gapirish uchun nimani o'rgatdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)