Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 095 (The world hates Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

3. Bu dunyo Masihdan va Uning shogirdlaridan nafratlanadi (Yuhanno 15:18 – 16:3)


YUHANNO 16:1-3
1 Men bularni sizlarga vasvasaga tushmanglar, deb aytdim. 2 Sizlarni ibodatxonadan haydab yuboradilar. Hatto shunday zamon keladiki, sizlarni o'ldirayotgan har bir kishi bu bilan Xudoga hizmat qilyapman, deb o'ylaydi. 3 Bu ishlarni Otamni ham, Meni ham tanimaganliklari uchun qiladilar.

Iso shogirdlariga uchta sabab uchun ulardan nafratlanishlarini ma'lum qildi:

Ular dunyodan emas, Xudodan tug'ilganliklari uchun.

Insonlar Xudoning O'g'li Masihni yoki Xudoning simosini tushunmaganlari uchun.

Bu dindorlar haqiqiy Xudoga ishonmaydilar va ularning sajdalari majhul va noma'lum xudoga edi.

Shubhasiz, do'zaxning nafrati davom etadi. Rabbimiz Iso Masihning Otasiga qaytadigan kishi aqidaparastchilar o'zlarini Xudoga hizmat qilyapmiz deb o'ylab, uni e'tirozchi deb topilgan joyda o'ldiriladi. Haqiqatdan, ular iblisga hizmat qiladilar. Ular haqiqiy Xudo Muqaddas Otaligini bilmaydilar; ularda Masihning qonini kuchi bo'lmagan. Ular Muqaddas Ruhning kuchidan holidirlar. Shunda quvg'inlik, qotillik va turli hil sinashlar orqali Muqaddas Uch Birlikni talafuz qiladiganlarni barbod qilish uchun boshqa ruh ularni yetaklaydi. Yahudiylar ham shunday qilgan edilar va Masih kelgunicha bu shunday bo'ladi.

Kelajak yaxshiroq bo'ladi deb o'ylama, chunki insonzod uning zahirasiga bilimni va yoritishni qo'shadi. Yo'q, ikkta raqobatlashadigan ruhlar dunyoning oxirigacha qoladilar: bular yuqoridan bo'lgan ruh va pastdan bo'lganlardir. Jannat va do'zaxning o'rtasida ko'pirik yo'q. Siz Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh bilan do'stlikka to'la kirasiz, yoki do'zaxning va yovuzligingizni qamog'iga qulaysiz. Agar Isoga ergashsangiz, siz o'zingizning guvohligingiz bilan Otani ulug'lab, sevimli inson bo'lasiz. Lekin siz Uning bolasi bo'lmasangiz, unda siz Xudoning dushmani bo'lib, boshqa ruhlar bilan va fikrlar bilan bog'liq bo'lib qolasiz.

Agar siz haqiqatdan Unga sodiq qolsangiz, Iso sizga Xudoning asrab olganligining narxini eslatadi. Masihga va Uning shogirdlariga qarshi do'zax portlaganda, sizning kelajagingiz qiyin va azobli bo'ladi. Bu dunyo Isoning har bir sodiq izdoshidan nafratlanadi; siz Otadek Xudoga erishasizlar va dunyomizda begona bo'lasizlar yoki siz Xudoning dushmani bo'lib qolasizlar va bu dunyo sizni o'zinikidek qabul qiladi. Shunday qilib hayotni yoki abadiy o'limni tanlang.

IBODAT: Rabbimiz Iso, o'limni tanlaganing uchun rahmat; Sen Otanga sodiq qolding. Bizni bu dunyoning ruhidan ajiratib tashla va O'zingni sevginga o'tqaz, shunda biz Xudoning bolalari kabi qolaylik. Sening sevging bizning kuchimiz va rahbarimizdir.

SAVOL:

  1. Nima uchun Masihga ishonganlardan bu dunyo nafratlanadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)