Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 037 (Christ raises the dead and judges the world)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
A - Quddusga ikkinchi safar (Yuhanno 5:1-47) -- Mavzu: Iso va Yahudiylarning orasidagi dushmanlikningkelib chiqishi

3. MasIh o'limdan tiriladi va dunyoni hukm qiladi (Yuhanno 5:20-30)


YUHANNO 5:25-26
25 Sizlarga rostini aytay: o'liklar Xudoning O'g'lining ovozini eshitadigan vaqt keldi va kelib qoldi ham. Uning ovozini eshitganlar esa tirilib ketadilar. 26 Chunki Otaning O'zi hayot manbai bo'lgani kabi, O'g'liga ham hayot manbai bo'lishni ato qilgan.

Iso Men sizlarga rostini aytay deyishi bilan Haqiqatligini aniq qilib beradi. U Eski Ahdning odamlari faraz qilganiga qaraganda chuqurroq kelishiga taluqli bo'lgan karomatlarni bajaradi. U bugun, ertaga o'likni tiriltiradi. Hamma gunohda o'lgan va barbod bo'lgan. Lekin Iso esa gunohning ustidan g'alaba qozongan, Muqaddas bo'lgan Xudoning O'g'lidir; imon orqali bizlarni O'zining hayotida qatnashtiradi. Bugun najotning Xushxabari quloq solgan kishi, uni tushungan va Isoga yopishib olgan kishi Xudoning hayotini qabul qiladi. Biz bilamizki Tirilish kunidan boshlab imonimiz hayot imonidir, o'lim etiqodi emas. Iso O'zining hayot Ruhini hali to'la anglab yetmaganlarga beradi, lekin ular Uning so'zlarini to'la tushinib yetishlarini xohlaydilar. U ularda haqiyqiy eshitishni yaratadi, va ajoyib so'zlar tasirini ko'rsatadi. O'lik tirila olmaydi yoki eshita olmaydilar, lekin Iso Ularga hayot oilib keladi va shunda ular Unga quloq solishadi.

Bizning dunyoviy hayotimiz halok bo'ladi, lekin ilohiy hayot bizga abadul-abadga beriladi. Iso shunday deb aytganidek, Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan kishi o'lsa ham yashaydi; va Menga ishongan kishi va Menda yashagan kishi hech qacho o'lmaydi. Modomiki Masihga Ota to'la abadiy hayotni bergan ekan ,U bizlarni tiriltiroladi. Masih to'htovsiz oqib turadigan suvning mahobatli bulog'iga o'xshaydi. Bizlar Undan nur ustiga nur, sevgi ustiga sevgi, haqiqat ustiga haqiqat qabul qilamiz. Buzuqlik yoki uzliksiz qorong'ulik, va yomon fikrlar Undan emas. Paul: Masih mag'rurlik qilmaydigan, xasad qilmaydigan mehribon do'stdir; U O'zi uchun narsalar qidirmaydi yoki boshqalar to'g'risida yomon fikr qilmaydi, gunohdan xursand bo'lmaydi, deb tariflagandek U sevgiga to'ladir. U hamma narsaga chidaydi, va hammaga sabirlidir; Uning sevgisi hech qachon tugamaydi. Buni bizga U Ruhi orqali taqdim etdi. Keling biz hayot bulog'i bo'laylik.

YUHANNO 5:27-29
27 Ota hukm qilish vakolatini ham O'g'liga bergan, chunki U Inson O'g'lidir. 28 Bunga taajublanmangiz, qabrda yotgan marhumlarning hammasi Xudo O'g'lining ovozini eshitadigan vaqt keldi. 29 Shunda o'liklar qabrdan chiqadilar; yahshilik qilganlar yashash uchun, yomonlik qilganlar esa hukm qilinish uchun tiriladilar.

Tabiatdan tug'ilgan odam gunoh tufayli o'likdir. Kimki Xudoning sevgisiga shoshilmasa o'zini hukm qiladi. Masihning so'zlari mehribon, kuchli va sofdir. Kimki Uni tinglasa yashaydi. Bir vaqtda Uning so'zlari va hatti-harakatlari bizning hayotimizning qonun-qoidalaridir. Xudo Unga hukm qilishni beradi; U bizlarga o'xshab vasvasaga tushirilgan Muqaddas Xudodir, lekin gunoh qilmagan. Hech bir kishida ilohiy sud oldida baxona bo'lmaydi. Masih faqat hukmga loyiq emas bo'lgan Inson bo'lib qoladi. U butun insoniyatning taqdirini hal qila oladi. Farishtalar va butun jonzod Uni ulug'laydi.

Qiyomat albatta Masihning buyrug'i orqali sodir bo'ladi. Uning chaqiruvi bizning yer sharini teshib tashlaydi; o'lik inson oddiy chaqiruvni eshitmaydi. Lekin O'g'ilning ovozidan o'lik inson vahimaga tushadi. Uxlab yotgan qalblar o'yg'onadi, va ularning qabrlari qolib ketadi. Ajoyibotlarning ajoyiboti, ba'zi qalblar boshqalari o'lib yotganda yashash uchun tiriladi. Ikkita qiyomat qoyim bor, biri hayot uchun bo'lsa, boshqasi hukm uchundur. Bu soat mo'jaz hayratlarni olib keladi: Ba'zilar zulmatda kafanlanadi, holbuki biz ularni nurli bolganlar deb o'ylaganmiz. Biz oddiy deb hisoblab o'ylaganlarimiz quyoshdek porlashadi.

Xudoning oldida yaxshi yurgan halq, yomon halqlardan yaxshiroq emas edilar. Lekin birinchi guruh Iso Masih orqali kechirilganlar va minnatdorchilik bilan javob berilganlar. Ular Isoning Xushxabari kuchida yashaganlar. Ularning hayotlari Muqaddas Ruh ishlab chiqaradigan mevalarni namoyish qildi. Iso O'zining qimmat baho qoni orqali ularning hamma dog'larini artib tozaladi. Bu inoyat ularga inoyat orqali keldi.

Holbuki, Xudoning oldida o'zining ishlari yetarli deb o'ylagan kishi bu gapni eshitadi, Siz o'zingizni o'ylaydiganlar faqat dushmaningizni sevmasdan o'zingizni qutqarilishingiz haqida g'am chekdingizlarmi? Nima uchun siz va Xudoning o'rtasida tasir qilgan xochga Mihlangan Isoni to'la yarashtirishini qabul qilmadingizlar? Va qanday qilib ichingizdagi Uning abadiy hayotini rad qildingizlar? Sizning mag'rurligingiz o'limni tanlashingizga majbur qildi, shunda sizni inoyatsizlik bilan bu davom ettirishingizga taklif qildi. Gunohda bo'lgan o'liklar shavqatsiz hukm uchun tiriladilar, va o'zlarini gaplarini, qilgan ishlarini va o'ylagan o'ylari tufayli ularni batafsil qabul qiladilar. Holbuki, Undagi Masihning ulug'vorligiga yaqinlashgan kishiga Masihdan sevgi yog'ildi. Bugun abadiy hayotning sifati mehribonlik xizmatiga uni majbur qiladi.

YUHANNO 5:30
30 Men O'z-O'zimdan hech narsa qila olmayman. Qanday eshitsam shunday hukm qilaman va Mening hukmim haqqoniydir. Chunki Men O'z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini bajo keltirishni istayman.

Masih hamma buyuk vazifalarni bajardi; U abadiy Hukmlovchidir. Masih Unga berilgan bu hokimlikdan habardor edi. U kamtarlikda past darajaga tushgan kamtar Zod edi va shunday deb aytgan, Mening O'zim hech narsa qila olmayman. Bu degani shuni anglatadi-ki Mening O'zim hukm chiqara olmayman, o'ylay olmayman, seva olmayman va nafas ololmayman. Shunday qilib U Otaga hamma ulug'vorlikni berdi.

Har doim Iso Otasi bilan bog'lanib turgan. O'g'il va Otani o'rtasidagi telefon aloqasi hech qachon buzilmagan. Insonda Xudoning ovozi ruhlar haqida Unga habar qilgan. Xudoning Ruhi dunyoni imtihon qiladi, va siz boshqalardan yashirgan fikrlaringizni oshkor qilib, yuragingizni tekshiradi. Masihdagi bu Ruh sizni odilona hukm qiladi. Agar siz Xudoning oldida gunohlaringizni tan olsangiz saodantmandsiz va xochga Mihlangan Isodan kechirim olagansiz. Sizning ismingiz Hayot Kitobiga yozib qo'yiladi. Keyin U solihga shunday deydi, Otamning yorlaqogani, kel dunyoning boshidan sen uchun tayorlangan bu shohlikga ega bo'l.

Haq Masih yolg'on gapirmaydi; U insonzodning ichida nima ketayotganligini biladi. U, bizga ota-bobolarimizdan qoladigan hislatlarni biladi, va bizlarni shoshib hukm qilmaydi. U gunohkorning tavba qilishini sabr-toqatlik bilan kutadi. Uning muqaddas tabiati Uning mehr muhabbati orqali inoyat topganlardan Uning Ruhini inkor etgan va yuragini tosh qilib olganlardan ajiratadi.

Masih Uning andishasi kamtarligiga yondashishini ko'rsatib berdi. U hamma ishda Otasining irodasini so'radi. Shunda Masih Otasining xohishini so'zda bajardi va hatto xochda ham bajardi. Keskin soatda U shunday deb ibodat qildi, Mening xohishim emas Sening xohishing bo'lsin. U Xudoning hukmlarini to'laligicha tayyorlaydi.

Ota va O'g'ilning o'rtasidagi hamma bu munosabatlar havoriy orqali yozilgan Uch Birlikning imonida bizlarga asos solishga maqsad qiladi. O'limdan odamlarni tiriltirish hokimyati Otaga ham O'g'ilga ham tegishlidir. Xudo Unga butun ishlarini ko'rsatib, O'g'ildan hech narsani yashirmadi. Masihning ovozi o'likni tiriltiradi; Unda do'zaxning va o'limning kalitlari bor. Bizning imonimiz oddiy zehn uchun sirdir; faqat agar Masihning sevgisi Uning kamtarligi bilan bizlarga kelsa, biz najotimiz uchun Uch Birlikdagi Xudoni aqlini tushinib yetamiz.

SAVOL:

  1. Iso orqali bizlarga tushintirilgandagi O'g'il va Otaning o'rtasidagi bog'liqlik nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)