Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 003 (The word before incarnation)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

1. Azaldan Kalomning ishi va mazmun-mohiyati mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-5)


YUHANNO 1:2-4
2 Azaldanoq U Xudo xuzurida edi. 3 Borliq U orqali bor bo’lgan, U siz hech narsa bor bo’lgan emas. Neki bor bo’lgan bo’lsa, U orqali bor bo’lgan. 4 Unda hayot bor edi, Hayot insonlarning nuri edi.

Masih O’zi uchun yashamadi, lekin hardoim Xudo uchun yashadi. U Otasidan ajralmadi, lekin Otasi tomon yo’naltirildi, U bilan yashadi va U bilan birga qoldi. Masihning "Uning Otasi tomon" bu harakati havoriy Yuhanno uchun juda ahamiyatga ega edi va u buning ma’nosini uning Xushxabarining boshida qaytarib o’tdi. Bu Masih va Uning Otasining o’rtasidagi o’zgarmas birlik, muqaddas uch birlikning siridir. Biz bir-biridan ajralgan mustaqil uchta xudolarga ishonmaymiz, lekin biz sevgiga to’la bo’lgan bitta Xudoga ishonamiz. Xozir abadiy bo’lgan Zod O’zi alohida va holi yashamaydi, lekin Uning O’g’li U bilan birga to’la inoqlikda yashab kelgan. Agar birorkimning yuragida Muqaddas Ruh orqali Xudoning sevgisini tatib ko’rmagan bo’lsa, u odam Xudoning haqiqati nima ekanligini seza olmaydi. Iloiy sevgi Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhni bir Xudodek birlashtirib turadi.

Xudo azalda dunyoni yaratganda, U uni shundayligicha va bom-bo’sh qilib qo’ymadi, balki so’zi orqali dunyoga hayot keltirdi. Masih Xudoning kalomi bo’lgandan buyon dunyo U orqali vujudga keldi. Bu degani Masih faqat Najotkor, Homiy va Qutqaruvchi emas, balki Yaratguvchi hamdir. Masih hamma narsani yaratmasdan oldin U jabbor edi. Usiz hech narsa bo'lmaydi, U hamma narsani nazorat qilib turadi. Ey, yurak uchun Masih kim ekanligini sezish va tushunish uchun keng yetarli bo'loladi. Hamma zamonaviy ilmiy kashfiyotlar va boshlang’ich bo’linmalar va chiroyli jisimlar hech narsa emas, lekin Masihni va Uning kuchini ulug’vorligini izohi juda ham kamtardir. Seizdagi bor narsalarga qaraganda, sizning ovozingiz, sizning muskullaringiz, sizning jismingiz, sizning urib turgan yuragingiz hammasi Msihdan sizga sovg’a. Shunday qilib qachon siz Unga rahmat aytasiz?

Xudodan, Uning Kalomidan va Uning Ruhidan boshqa hamma narsa yaratilgan. U barhayot, abadiy va muqaddasdir. Xudoning O’zida hayot bo’lganiga kabi xuddi shunday abadiy hayotga bizni erishtirgan va ayb-gunohlarimizdan bizni qutqargan va sodiq bo’lgan Masih ham haq hayotning manbasidir. Masihdagi ilohiy hayot o’limni engdi. U ilohiy kuchi orqali qabrdan ko’tarildi. Masih faqat Yaratguvchi emas balki U O’zidagi hayotning manbasidir. U shunchalik muqaddaski U hech qachon o’lmaydi. Xudoda hech qanday gunoh yo’q va o’g’lida ham topib bo’lmaydi. U doimo barhayotdir. Yuhannoning Xushxabarining boblarida qayta-qayta Masihning hayoti haqidagi fikrlarni topamiz. Bu hayot Uning asoslarining poydevorilaridan biridir.

Quyoshning nuri bizning sayyoramizdagi erga hayot berib turadi. Lekin qanchalik Masih qayg’uradi. Bizga umid berish orqali Uning hayoti bizdagi yuksalish va yorishish tajribalariga sababdir. Bizning e’tiqodimiz o’lim va hukm qonunining e’tiqodi emas balki umidvor va nurli hayotning xabaridir. Uning o’limdan tirilishi hamma umidsizliklarni puchga chiqardi. Muqaddas Ruh bizda yashab Xudoning hayotidagi ishtirokchilari qildi.

Dunyo gunoh tufayli zulmatdir, lekin Masih nurdagi sevgidir. Masihda qorong’ulik, iflos narsalar, qabihliklar yo’qdir. Shu sababdan Masih to’la shon-shuhratda namoyon bo’ladi. U yorug’likga qaraganda ko’proq porlaydi. Xolbuki, havoriy Yuhanno Masihning shuhrati porlashini eslatib o’tish bilan boshlamagan balki Uning hayotini va kuchini takidlab o’tgan. Chunki Masihning muqaddaslik fahm-idroki bizni fosh qiladi, hukm qiladi, va parchalab tashlaydi. Uning hayotidagi aql-idroki bizga hayot baxsh etadi. Masihda fikr yuritish bizni haqiqatdan tozalaydi va bizga dalda beradi.

Iso insonzodning nuridir. U O’zi uchun porlamaydi va O’zining ismini yuksaltirmaydi. Lekin U bizlar uchun porlaydi. Bizlar nurning manbasi emasmiz balki zulmatning manbalarimiz. Hamma insonzot qabihdir, lekin Masih bizda porlaydi shunda biz Uni seza olamiz va qorong’ulikdagi holatimizni tushuna olamiz. Uning Xushxabari orqali o’limdan abadiy hayotga o’tdik. Masih bizning noumid holatimizni qoldirib O’zining nurli hayoti orqali bizni chaqiradi va bizni chorlaydi. Biz jahdu-jadallik bilan va e’tiqod bilan Unga yaqinlashamiz.

IBODAT: O Rabbiy Iso, biz Senga bosh egamiz chunki Sen, Ota va Muqaddas Ruh birdir. Sen Ota bilan birgalikda dunyoni yaratding. Sen menga hayot baxsh etding. Hayotimdagi hamma yomon ishlarimni kechir va Muqaddas Ruhing orqali menda porla va men to’g’ri yashayin va gunohlarimni qoldirib Sening abadiy hayotingni nuriga yaqinlashayin.

SAVOL:

  1. Yuhanno o’zining Xushxabarining boshida Masihning qanday oltita hislatini ochib berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)