Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 229 (Christ is the Eternal Judge)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

14. Masih Barhayot Hukmdor (Matto 25:31-33)


MATTO 25:31-33
31 Inson O'g'li O'zining ulug'vorligida, jamiki muqaddas farishtalari bilan birga kelgan payitda O'zining ulug'vor taxtiga o'tiradi. 32 Barcha xalqlar Uning huzuriga to'planadilar. Cho'pon qo'ylarini echkilardan ajratganiday, U ularni birma-bir saralab qo'yadi. 33 Qo'ylarni O'zining o'ng tomoniga, 'echkilarni' esa chap tomoniga turg'izadi.
(Hizqiyo 34:17, Matto 13:49, 16:27, Rimliklarga 14:10, Vahiy 20:11-13)

Siz haqiqatdan ham Najodkoringiz va Hukmdoringiz bo'lgan Masihning kelishini kutyapsizmi? Unga osmonda ham, yerda ham butun hokimyat berilgan. U Otasining o'ng tomonida o'tiribdi va Shoh, Hukmdor va Rabbiy bo'lib, O'zining buyuk shon-shuhratida keladi. Barcha ko'zlar Uni ko'radi va hamma insonlar xochga Mixlangan Qutqaruvchimizda gavdalangan Xudo sevgisining ulug'vorligini bilishadi. Shuning uchun, biz Ota Xudoning, O'g'li bo'lgan Xudoning qurbonlik Qo'zisining ulug'vorligi haqida dalolat beramiz. U barcha imonlilarni Unga muqaddaslikda xizmat qilish orqali ulug'vorligini e'lon qilish uchun chaqiradi. Rabbiyning Ibodatining iltijosi, “Muqaddas isming ulug'lansin”, degan gapi bizda tushuniladi.

Masih yana Inson O'g'li bo'lib keladi. Uning tirilishidan keyin, shogirdlari Uning harakatlaridan, sifatlaridan, so'zlaridan va qo'llaridagi mixning izlaridan Uni tanishdi. Biz ham Uni haqiqiy insondek, va bizdan biridek deb taniymiz. Biz quvonib hursand bo'lamiz chunki U bizning sodiq homiymiz, va Xudo oldida barcha insonlar uchun vosetachidir. U gunohlarimizni xochda oldi va biz uchun o'limni yengdi. U bizning gunohlarimizdagi Xudoning alangalangan otashini so'ndirdi, va dunyoni U bilan yarashtirdi. Bu yagona yarashishning qismidek, Otaning Ruhi xochda ega bo'lgan najodni ularga berib, tavba qilgan gunohkorlarga berdi.

Gunohlaridan kechirilish uchun Masihning kechirimini rad etadigan kishi Inoyatga erishmasdan, halok bo'ladi. U kishi tirik va o'liklarni hukm qiladigan Inson O'g'li bilan yuzma yuz bo'ladi. Uning hukmi aniqdir. Masih hamma odamlarni hukm kursi oldiga to'playdi; va ularning hammasini qutqarish uchun o'lgani kabi, ularni hukm qiladi. Barcha insonlar Inson O'g'li oldida bo'lishi kerak va U ularni birma-bir hukm qiladi.

Yovuz va xudojo'y birga yashaydi lekin Rabbiy hamma Uniki ekanini biladi va ularni ajratadi. Masih O'zining qo'ylari uchun hayotini bergan Yaxshi Cho'pondir. Qo'ylari Uning ovozini taniydi va Unga ergashadi. U ularga abadiy hayot bergan va ular hech qachon halok bo'lmaydilar; va hech kimsa ularni Xudoning qo'lidan tortib ololmaydi. Masihga ergashadigan kishi Xudo sevgisining birligiga qo'yiladi. Xudo Qo'zisining izdoshlari bo'lgan barcha Uning o'ng tomonida turadi.

Masihning sevgisiga va qutqaruviga qarshi fikrini tosh qilib oladigan kishi yaxshi cho'ponning ovozini tinglashni o'rniga odamlarga qarshi boshini suzib kunini o'tkazadigan yovvoyi echkiga o'xshaydi. Masih hukmi boshida qo'y va echkilarning o'rtasidan ajratadi. Siz Masihning qo'ylarining biriga o'xshaysizmi yoki Shaytonning echkilaridan birigami?

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz va Seni ulug'laymiz chunki Sen butun xalqlar ustidan yagona Hukmdor bo'lasan. Sen sevgiga to'lgan, Odil va Muqaddas Xudosan. Sen inson bo'lgan eding va bizning tabiatimizni va vasvasalarimizni tushunasan. Sen bizning hammamiz uchun o'liming orqali gunohlarimiz uchun bizni kechirding. Sen qimmatbaho qoning bilan bizni tozalagan Najodkorimizsan. Bizda Sen solihliging va haqiqatingning kuchi bilan buyuk kunda bizni himoya qilib tanlaydigan aniq umid bor. Biz oralarida yashayotgan insonlarga imkoniyat ber va qaytib kelishingdan oldin ular tavba qilib ishonishlari uchun imkoniyat ber.

SAVOL:

  1. Inson O'g'li qanday qilib Hukm Kunida nomoyon bo'ladi?

SAVOL-JAVOB 9

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masihning Xushxabaridagi sharhlarimizni o'rganib, endi siz quydagi savollarga javob bera olasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'lim olishingiz uchun keyingi qismlarini yuboramiz. Iltimos javob varog'iga aniq manzilingizni va to'liq ismingizni kiritishni unutmang.

  1. Iso nima uchun ulomo va Farziylarga tanbeh berdi?
  2. “Kim o'zini yuqori qo'ysa, pasaytiriladi. Kim o'zini past olib yursa, yuksaltiriladi” degan gapning ma'nosi nima?
  3. Ikkiyuzlamachilar nimaga va qanday qilib haqiqatni qidiruvchilarga osmon shohligiga kirishdan halal berishadi?
  4. Nima uchun Xudo diniy foydadan nafratlanadi?
  5. Farziylarning va'zi nima uchun oxirida do'zax o'g'illarini yaratadi?
  6. Masih qanday qilib yuzaki qasamlarni yengib chiqdi?
  7. Biz nima uchun ko'plab xudojo'y odamlarni va ustozlarni ularning holatlariga ko'ra ko'r deb topamiz?
  8. Keragidan ko'proq kosayu idishlarning tozaligiga e'tibor qaratadigan Ulamoyu Farziylarning gunohi nima edi?
  9. Dindor kishilarga eslatib o'tishdagi “Oqlangan qabrlar” nima ma'noni beradi?
  10. Iso nima uchun o'sha kunlaridagi xudosiz dindor xalqni hukm qiladi?
  11. Masih nima uchun O'z xalqining olimlariga yana qayta xizmatkorlarini jo'natadi?
  12. Masih bizga Quddus shahri haqida nimani o'rgatadi?
  13. Quddusda Masihning ma'baddan oxirgi jo'nab ketishi nimani anglatadi?
  14. Ma'badning vayronagarchilik haqidagi shogirdlarning savollarining sirli olami nima?
  15. Masih nima uchun ikkinchi kelishi haqida shogirdlarning savollariga javob bermadi?
  16. Insoniylikka yuz keladigan buyuk havf-hatar nimalar?
  17. Oxirgi kunlardagi birodarlarning quvilishi va hoinligiga sabablar nima?
  18. Biz oxirgi kunlarda qanday qilib muammolar ustidan g'alaba qozonamiz?
  19. Hafagarchilikning razilligi nima ma'noni beradi?
  20. Shayton kim? Uning hislatlari va ishlari qanday?
  21. Inson O'g'lining kelishining alomatlari qanday?
  22. Iso anjir daraxtining masali haqida nimani e'lon qildi?
  23. Masih bizning dunyomizga qanday qilib qaytib keladi va Uning suyukli bolalari bilan nima sodir bo'ladi?
  24. Rabbingiz Iso kelishi uchun amalda qanday qilib tayyor bo'lasiz?
  25. Masih nima uchun Unga xizmat qilayotganda hushyor bo'lishni va uyg'oq turishni bizga buyurdi?
  26. Es-hushli va ovsar kelin dugonalarining o'rtasida qanday farq bor?
  27. Muqaddas Ruhning kuchini biz qanday qilib olamiz va bunda biz qanday qilib yashaymiz?
  28. Nima uchun ovsar kelin dugonalari Masih kelishidan oldin oxirgi vaqtda Uning solihligini va muqaddasligini qabul qilishga qodir emas?
  29. Sizga berilgan in'omlar nimalar?
  30. Rabbiy qaytib kelganida xizmatkorlarni qanday qilib taqdirlaydi?
  31. Xo'jayin nima uchun yovuz xizmatkorlardan qobilyatni olib qo'yib, boshqa omadli xizmatkoriga buni berdi?
  32. Inson O'g'li qanday qilib Hukm Kunida namoyon bo'ladi?

Biz sizni abadiy hazinani olishingiz uchun biz bilan Masihning imtihonini va Xushxabarini bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:16 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)