Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI
14. Masih Barhayot Hukmdor (Matto 25:31-33)MATTO 25:31-33 Siz haqiqatdan ham Najodkoringiz va Hukmdoringiz bo'lgan Masihning kelishini kutyapsizmi? Unga osmonda ham, yerda ham butun hokimyat berilgan. U Otasining o'ng tomonida o'tiribdi va Shoh, Hukmdor va Rabbiy bo'lib, O'zining buyuk shon-shuhratida keladi. Barcha ko'zlar Uni ko'radi va hamma insonlar xochga Mixlangan Qutqaruvchimizda gavdalangan Xudo sevgisining ulug'vorligini bilishadi. Shuning uchun, biz Ota Xudoning, O'g'li bo'lgan Xudoning qurbonlik Qo'zisining ulug'vorligi haqida dalolat beramiz. U barcha imonlilarni Unga muqaddaslikda xizmat qilish orqali ulug'vorligini e'lon qilish uchun chaqiradi. Rabbiyning Ibodatining iltijosi, “Muqaddas isming ulug'lansin”, degan gapi bizda tushuniladi. Masih yana Inson O'g'li bo'lib keladi. Uning tirilishidan keyin, shogirdlari Uning harakatlaridan, sifatlaridan, so'zlaridan va qo'llaridagi mixning izlaridan Uni tanishdi. Biz ham Uni haqiqiy insondek, va bizdan biridek deb taniymiz. Biz quvonib hursand bo'lamiz chunki U bizning sodiq homiymiz, va Xudo oldida barcha insonlar uchun vosetachidir. U gunohlarimizni xochda oldi va biz uchun o'limni yengdi. U bizning gunohlarimizdagi Xudoning alangalangan otashini so'ndirdi, va dunyoni U bilan yarashtirdi. Bu yagona yarashishning qismidek, Otaning Ruhi xochda ega bo'lgan najodni ularga berib, tavba qilgan gunohkorlarga berdi. Gunohlaridan kechirilish uchun Masihning kechirimini rad etadigan kishi Inoyatga erishmasdan, halok bo'ladi. U kishi tirik va o'liklarni hukm qiladigan Inson O'g'li bilan yuzma yuz bo'ladi. Uning hukmi aniqdir. Masih hamma odamlarni hukm kursi oldiga to'playdi; va ularning hammasini qutqarish uchun o'lgani kabi, ularni hukm qiladi. Barcha insonlar Inson O'g'li oldida bo'lishi kerak va U ularni birma-bir hukm qiladi. Yovuz va xudojo'y birga yashaydi lekin Rabbiy hamma Uniki ekanini biladi va ularni ajratadi. Masih O'zining qo'ylari uchun hayotini bergan Yaxshi Cho'pondir. Qo'ylari Uning ovozini taniydi va Unga ergashadi. U ularga abadiy hayot bergan va ular hech qachon halok bo'lmaydilar; va hech kimsa ularni Xudoning qo'lidan tortib ololmaydi. Masihga ergashadigan kishi Xudo sevgisining birligiga qo'yiladi. Xudo Qo'zisining izdoshlari bo'lgan barcha Uning o'ng tomonida turadi. Masihning sevgisiga va qutqaruviga qarshi fikrini tosh qilib oladigan kishi yaxshi cho'ponning ovozini tinglashni o'rniga odamlarga qarshi boshini suzib kunini o'tkazadigan yovvoyi echkiga o'xshaydi. Masih hukmi boshida qo'y va echkilarning o'rtasidan ajratadi. Siz Masihning qo'ylarining biriga o'xshaysizmi yoki Shaytonning echkilaridan birigami? IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz va Seni ulug'laymiz chunki Sen butun xalqlar ustidan yagona Hukmdor bo'lasan. Sen sevgiga to'lgan, Odil va Muqaddas Xudosan. Sen inson bo'lgan eding va bizning tabiatimizni va vasvasalarimizni tushunasan. Sen bizning hammamiz uchun o'liming orqali gunohlarimiz uchun bizni kechirding. Sen qimmatbaho qoning bilan bizni tozalagan Najodkorimizsan. Bizda Sen solihliging va haqiqatingning kuchi bilan buyuk kunda bizni himoya qilib tanlaydigan aniq umid bor. Biz oralarida yashayotgan insonlarga imkoniyat ber va qaytib kelishingdan oldin ular tavba qilib ishonishlari uchun imkoniyat ber. SAVOL:
SAVOL-JAVOB 9Aziz kitobxon,
Biz sizni abadiy hazinani olishingiz uchun biz bilan Masihning imtihonini va Xushxabarini bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |