Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 228 (The Lord Judges the Lazy Servant)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI
13. Qobilyatlar haqidagi Masal (Matto 25:14-30)

c) Rabbiy Ish yoqmas Xizmatkorlarini Hukm qiladi (Matto 25:24-30)


MATTO 25:24-30
24 Bitta yonbi olgan ham kelib: - Xo'jayin! Men sizning qattiq qo'l odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan o'rasiz, uymagan joydan xirmon ko'tarasiz. 25 Shuning uchun men qo'rqqanimdan borib, sizning yonbingizni yerga yashirib qo'ydim. Mana berganingiz! - debdi. 26 Xo'jayini unga javob qaytarib: - Ey yomon va yalqov hizmatkor! - debdi. - Men ekmagan yerdan o'rishimni, uymagan joydan xirmon ko'tarishimni bilarkansan, 27 u holda pulimni sudho'rlarga qarzga bersang bo'lmasmidi? Shunda men kelib, uni foydasi bilan qaytarib olgan bo'lar edim. 28 Endi, undan yombini olib o'n yombisi borga beringlar! 29 Chunki kimda bor bo'lsa, unga yana beriladi va u mo'lchilikda bo'ladi. 30 Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorong'ulikka uloqtirib yuboringlar, U yerda yig'i-sig'i va oh-vohlar bo'ladi. Bularni aytib, Iso hitob qilib dedi: “Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin”
(Hikmatlar 11:24-25, Matto 13:12)

Isoning masalidagi yovuz xizmatkor itoatsiz, g'alayonchi va xo'jayiniga ishonmas edi. Iso uni ekmagan yerdan o'rgan nohaq xo'jayin deb nomlagan. Bu xizmatkor xo'jayinidan qo'rqishini aytganida va uning g'azabidan qo'rquv bilan titraganini aytganida yolg'on gapirdi. Agar u haqiqatdan ham undan qo'rqanida, u ishlagan bo'lar edi va qobilyatlarini ko'paytirish uchun eng yaxshi yo'l uchun donoligini va rahbarligini izlab ibodat qilgan bo'lar edi. Lekin u befarqlik bilan yashadi va xo'jayini qaytib kelganida hisob berish uchun uni chaqirgan xo'jayinidan nafratlandi. U yerni kovlab qobilyati o'g'irlanmasligi uchun uni yashirib qo'ydi. Pul hech narsaga yaramaydigan o'g'itga o'xshaydi. Buni tarqatib yuborish kerak. Biroq yovuzlar boylikni saqlab, jamlashni izlashadi lekin shunday jamlangan xazina hech kimga foyda keltirmaydi.

Bunga o'xshagani ruhiy in'omlarning misolidir. Ko'plarda bundan ko'pi bor lekin rejalashtirgan maqsadlari uchun ular bulardan foydalanmaydi: mol-mulki borlar Rabbiy uchun bularni ishlatmaydi; va muhim kishilar yashagan joylarida imon va sevgini kuchaytirishda kuchlarini ishlatmaydilar. In'omlari va qobilyatlari bor bo'lib lekin buni ishlatmaydigan xizmatkorlar Masihning maqsadlaridan ko'ra o'zlarining maqsadlariga erishishni izlaydigan yalqov xizmatkorlarga o'xshashadi.

Inson yo Xudoga xizmatkor bo'ladi, yoki takabburligiga qul bo'ladi. Rabbiyning xizmatkorlari o'zining foydasi uchun harakat qilmasdan, balki samoviy Otalarining irodasini bajarishga va Uning muqaddas ismini ulug'lashga o'zlarini qurbon qilishlari kerak. Lekin itoatsizlar Xudoga e'tibor bermasdan va ibodat qilmasdan o'zlari uchun ishlab o'zlari uchun yashaydilar. Bu ularni va vijdonlarini kuchsizlantiradi. Ular o'zining qobilyatini Xudodan yashirgan, uni ko'mib qo'ygan va deyarli buni unutgan xizmatkorlarga o'xshaydilar. Ular Masihsiz yashab, ular imonda, sevgida va umidda kuchsiz bo'ladilar; gunohga chuqurroq sho'ng'iydilar; va g'azabning bolalari bo'ladilar.

Ruhiy qayta tug'ilishining inoyatlari haqida jim bo'lib yuradigan kishining imoni kuchsizlanadi. Isoni sevmaydigan yoki Unga xizmat qilmaydigan yoki U uchun o'zini qurbon qilmaydigan kishi qalbini yo'qotadi. Iso bizni iliq bo'lmaslik uchun ogohlantirib, ruhiy o'sishning qoidalariga e'tibor berayotgan edi.

Rabbiy dangasa xizmatkordan undagi bor bo'lgan bitta qobilyatini ham olib, boshqa ko'p qobilyati bor bo'lgan xizmatkoriga berdi. Ayniqsa, Masih faqat dangasa xizmatkoridan bu qobilytani olib qo'ymasdan, uni huzuridan haydab yuborib, uning dushmanlari qo'liga topshirdi. Biz shu yerda so'rashimiz mumkin, bu adolatlimi? Xudo ehtiyotkordir. U oldindan xizmatida kim sodiqligini va ko'p qobilyatlarni xizmatini sodiqlik bilan qiladigan kishilarga berishini biladi. Xudo itoatsizlarga ozgina beradi. Xo'jayin yovuzni rad etmadi, balki unga kichkina narsalarda ham sodiq bo'lish uchun imkoniyat berdi. Xudoning ustidan kuladigan va o'zi uchun yashaydigan kishi Rabbiyning sabri tugashini bilishi kerak va ruhiy in'omlar o'tdan alanganlanadigan kabi so'nishini bilishi kerak. Masih Shaytonning izdoshlari Xudoga itoatsizlik qiladiganlarga hujum qilgani kabi, qo'rquv va qaltiroq bilan to'lgan zulmatdek bu masalda do'zaxni ko'rsatib berdi.

Odamlar tez-tez asosan chiroqsiz qorong'uda yurishga qo'rqishadi. Lekin agar siz samoviy Otangizning ulug'vorligi uchun qobilyatlaringizni ishga solib, sadoqat bilan Xudoga xizmat qilmasangiz, siz o'lim soyasining vodiysi tomon borishingizga to'g'ri keladi. Najodkorsiz iblislarning kuch-qudratiga qulash qanday daxshat.

Xudo nur, quvonch va sevgidir. Shayton esa zulmat, bahtsizlik va yolg'onchidir. Uning asl yuzi tishlarini g'ichirlatib, baqirib va unga qo'rqinchlilik bilan qaraydigan basharadir. Sodiq xizmatkorlarda Rabbiylarining barhayot hursandchiligiga kirganlarida qarash uchun chiroyli yuz bo'ladi. Ular Xudolarining huzurida quvonishadi va samoviy Otalarining rohatida yashashadi. Jannat quvonib hursand bo'ladigan joydir. Hakimiyo payg'ambar aytganidek, “Qayg'urmanglar, chunki Rabbingizning hursandchiligi sizning kuchingizdir” (Hakimiyo 8:10).

IBODAT: Samoviy Ota, men Seni ulug'layman chunki Sen meni rad etmasdan balki mening sadoqatsizligim uchun va Seni tan olishga sekinligim uchun meni kechirding va Senga xizmat qilish uchun iroda berding. Ilgarigidek uyim va o'zim uchun qayg'urmasdan balki qo'ylaringni tirishqoqlik bilan qo'riqlashga, ularni boshqarishga va kunu tun ular uchun qayg'urishimga yordam ber. Xizmatdagi kuchsizligim uchun meni kechir va shohliging kelishi uchun va bizda isming ulug'lanishi uchun irodangni bilib, to'g'ri harakat qilishga donolik va kuch bergin.

SAVOL:

  1. Xo'jayin nima uchun yovuz xizmatkordan qobilyatni olib qo'yib, boshqa omadli xizmatkoriga buni berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:14 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)