Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 185 (Jesus Cleanses the Temple)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

2. Iso Ma'badni Tozalaydi (Matto 21:10-17)


MATTO 21:10-13
10 Iso Quddusga kirib kelganida, butun shahar: “Bu kim bo'ldi?” - deb harakatga keldi. 11 Xaloyiq esa: “Bu Jalilaning Nosira shahridan bo'lgan Iso payg'ambar!” - deb ta'kidladilar. 12 Iso Xudo ma'badiga kirib, ma'badda oldi-sotti qilayotgan hammani quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini va kaptar sotuvchilarning kursilarini ag'darib yubordi. 13 Iso ularga: - Tavrotda: “Mening uyim ibodat uyi atalgay”, - deb yozilgan. Sizlar esa uni qaroqchilar uyasiga aylantirib yuboribsizlar!
(Mark 11:15-19, Luqo 19:45-48, Yuhanno 2:13-16, Yeremiya 7:11)

Masih Quddusga kirgandan keyin, U sohilga, diniy kengashga, hokim oldiga yoki Rim qo'shinning boshlig'ining oldiga bormadi. U har bir yaxshi jamoning markazi bo'lgan Xudoning ma'badiga Xudoni ulug'lab Unga sajda qilish uchun u yerga bordi. Iso ma'badga kirdi, chunki Uning shohligi ruhiy, “bu dunyodan emas”. Agar Xudo Ruhi orqali idoralarda, uylarda, sanoatlarda, va maktablarda hukmronlik qilmasa, vasvasachining ruhi yolg'onlari va nopokligi bilan hokimlik qiladi.

Isoning ko'plab izdoshlari Uni Jalilaning Nosiralik payg'ambari deb atashdi. Hatto ular Iso tirik Xudoning O'g'li, va'da etilgan Masih ekanini payqashmagan bo'lsalar ham, ular Uning kuchini, hokimyatini va sevgisini sezishdi. Shogirdlar o'zlaridan so'rashdi, “Nosiradan biron yaxshilik chiqarmikan?” Bu tog'li xududda madanyati chachishgan odamlari va uning qaroqchilari tufayli bu joy yomon nomga ega bo'lgan. Bu shaharning fuqorolari, “Eshakka minib kelayotgan kishi kim?” deb ajablanishdi.

Masih ma'bad hom-ashyolar sotilgan bozorga aylanib ketganini ko'rdi. Odamlarning yuraklari Xudo uchun bo'sh qolgandi. Ular qurbonlik uchun hayvonlarni sotishga, ma'badga haq to'lash uchun pul almashtirishga va hashamatli kiyimlar va atir-moylar sotib olishga qiziqishlari oshgan edi. Oxir oqibat, ruh va haqiqatda Xudoga sajda qilish yo'qoldi. Sig'inuvchilarning fikrlari pulga, muammolarga va havotirlarga yo'nalgan edi. Yuraklarida Xudoga haqiqatdan bag'ishlanganlarning soni qisqardi.

Ular ma'badda oldi-sottini va pulni almashtirishni talab qilganliklari haqoratdir. Nato'g'ri joyda nato'g'ri vaqtda qilinadigan qonuniy narsalar gunohli narsalar bo'lishi mumkin. Bu tarzda, boshqa joyda butunlay ma'qul kelgan faollik boshqa kunda muqaddas joyni xarom qildi va muqaddas Shanba kunni buzdi.

Bu olib-sotish va pullarni almashtirishda ruhiy maqsadlar uchun borliqning ko'rinishi bor edi. Ular hayvonlariga qaraganda ular bilan pullarini ossonlikcha olib keladiganlarga yordam berish uchun hayvonlarni qurbonlik uchun sotdilar. Ular to'lov pulidek yarim boylikdan foydalanishni xohlaganlari uchun pulni almashtirdilar. Bu narsalar Xudoning uyining yuzaki ishidek qabul qildi; biroq Masih bunga ruhsat bermagan edi.

Buyuk buzuqlik va haqorat “erishish bu xudojo'ylik” larning tajribalari orqali jamoatga kirib keladi, bu dunyoviy erishuv ularning asosiy maqsadlaridir. Bu odamlar dunyoviy erishuvga bo'lgan yo'llariga o'xshab ko'chirma xudojo'ylikni yaratishadi. Pavlus deydi, “Shundaylardan o'zingizni chetga oling” (1Timo'tiy 6:5).

Masih ma'badga (Xudoning uyi) kirganida, U darhol uni tozaladi. Odamlar faqat yangilangan imon orqali o'zgaradilar. Bu xalqni quradigan tejamkorlik emas, balki imondir. Jamoatingiz o'zgarishi uchun Xudoga ibodat qiling. Siz bu o'zgarish qayerda boshlanishi kerakligini bilasizmi? Bu siz bilan boshlanishi kerak.

Yozuvli payg'omga dalil keltirishda (Ishayo 56:7), Masih Xudoning ma'badi “Mening uyim ibodat uyidir” deb yozilgani bo'lishi uchun rejalashtirilganini tushuntirdi.

Qurbonliklar uyi ibodat uyi bo'lishini taxmin qilingan. Bu faqat sajda qilish joyi emas edi, balki buning o'rtasi ham edi. Shuning uchun, uyda qilingan ibodatlarda asosan ma'qul va'da bor bo'lgan (2 Solnoma 6:21). Masih ular qanday qilib ma'badni haqoratlaganini va buning maqsadini buzishgani haqidagi yozuvli isbotni berdi. “Sizlar buni o'g'irilar uyi qildingizlar.” (Yeremiya 7:11), “Sizning ko'zingizda bu uy o'g'irilar uyi bo'ldimi?” Ibodat uyi olib sotishdagi yolg'on gapiryotgan harakatlar tufayli yolg'onchilar uyi bo'ldi. Ma'baddagi bozorlar daxshatli narsa qilish uchun Xudoning hurmatini toptadi (Malaki 3:8). Hatto ruhoniylar qurbongohga olib kelgan hadyalaridan yaxshi yashashgan bo'lsalar ham, ular qoniqishmagan. Ular odamlardan pulni simirib olish uchun boshqa yo'llar topishgan. Masih ularni qaroqchilar deb ataydi, chunki ular o'zlariga tegishli bo'lmagan narsalarni talab qilishgan.

Yuragingizning sajdasi va tuyg'usi qanday? Siz butun yuragingiz bilan Masihni sevasizmi? Xudo So'zini diqqat bilan tinglaysizmi? Ichki tuyg'ungizning mag'zi nima? Kun davomida nimalar bilan bandsiz? Sizga bo'lgan hamma narsa osmondagi Otangizmi? Yuragingizni pulga bo'lgan sevgi boshqarmasin. Agar yuragingizni pul boshqarsa, yuragingiz nafratga, ochko'zlikka va nopoklikka to'la bo'lgan qaroqchilar uyi bo'ladi. Xudoning Ruhi ichingizda yashaydimi? Siz Xudoning toza ma'badimisiz?

IBODAT: Hamdu sanolar bo'lsin, Samoviy Shoh, Sen xalqing oldiga kelding, lekin xalqing Seni tanimadi. Ulardan eng yaxshisi Seni hursandchilik bilan qabul qildi. Sen hamma pulni emas balki samoviy Otaga sajda qilish uchun birinchi ma'badni tozalading. Agar biz Sen birinchi Muqaddas Ruhing bilan teginganingda Seni qabul qilmagan bo'lsak bizni kechir. Yuragimiz abadiy Sening muqaddas ma'badlaring bo'lishi uchun har bir nopok fikrlardan yoki pulga bo'lgan sevgidan yuraklarimizni tozalashingni so'raymiz.

SAVOL:

  1. Masih Quddusga kirib borgandan keyin nima uchun darhol Xudoning ma'badini tozaladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 07:51 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)