Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 177 (Persecuted for Christ’s Sake)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

7. Masih Tufayli Quvg'in etiladiganlarning Mukofotlari (Matto 19:27-30)


MATTO 19:27-30
27 Bu so'zga javoban, Butrus Isoga dedi: - Mana, biz hamma narsani qoldirib, Sening orqangdan ergashib keldik. Buning evaziga biz nima toparmiz? 28 Iso ularga dedi: - Sizga chinini aytayin: yangi dunyoda Inson O'g'li O'zining ulug'vor taxtida o'tirganida, Mening orqamdan ergashib kelgan sizlar ham o'n ikkita taxtga o'tirib, Isroilning o'n ikki qabilasini hukm qilasizlar. 29 Men uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, xotin-bola yoki yer-mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortig'rog'ini topib, abadiy hayotga noil bo'lajak. 30 Lekin ko'p birinchi bo'lganlar oxirgi, oxirgilar esa birinchi bo'ladilar.
(Matthew 4:20-22, Mark 10:28-31, Luke 18:28-30, 1 Corinthians 6:2, Revelation 3:21) (Matto 4:20-22, Mark 10:28-31, Luqo 18:28-30, 1 Korinfliklarga 6:2, Vahiy 3:21)

Inson o'zi mablag' topish uchun holdan toladi. U kamdan-kam boshqa ko'ngildan chiqarib xizmat qilish haqida o'ylaydi. Biroq Masihga ishonadiganlar xizmatlari uchun Xudodan birinchi bo'lib maoshni qidirishmaydi balki Unga minnatdorchilik va hamdu-sano bilan xizmat qilishadi, chunki Xudo ularga abadiy najodni tekinga bergan. Xudo allaqachon bizga O'zini berdi va biz buni tushunib yetishimizdan oldin bizni marhamatladi. Biz faqat Unga xizmat qilib, Unga rahmat aytib, Uning ulug'vor inoyatini ulug'lab, o'zimizni Unga topshirishimiz kerak. Xudo Ibrohimga degan, “Ibrohim qo'rqma. Men senga qalqonman, sen uchun mukofot g'oyat katta bo'ladi” (Ibtido 15:1).

Butrus Isoga ergashishdan olishlari kerak bo'lgan narsani so'rash uchun imkoniyat oldi. Bu boy yosh kishiga o'xshamaydigan havoriylar Isoga ergashish uchun hamma narsani qoldirdilar. Esiz! Bu faqat ular rad etgan “hamma” degan bechora edi. Ulardan biri haqiqatdan ham uy-joyini qoldirgan, lekin Butrus va ulardan ko'plari faqat hayvonlarini va to'rlarini va baliq tutish hunarlarining asbob-uskunalarini qoldirishgan. Biroq bu haqida shu yerda Butrus qanday qilib gapirganiga qaranglar, xuddi bunda ba'zi muhim narsalar bo'lgandek; “Qaranglar, biz hamma narsani qoldirdik”.

Biz ham Masih uchun xizmatlarimizning va azoblarimizning, xarajat va ziyonlarining muhim hataridamiz, va biz Uni qarzdor qilib qo'ydik deb o'ylaymiz. Masih bu payitda havoriylarni koyimadi. Hatto bu ular qoldirgani ozgina bo'lsa ham, bu xuddi ko'proq bo'lgandek ularga qadirli bo'lgan va bevaning ikki chaqa tangasi bo'lganiga o'xshab, ularda ham bori edi. Shuning uchun ular Masihga ergashish uchun hamma narsani qoldirganlari uchun buni Masih mehribonchilik bilan qabul qildi, chunki U insonda borini e'tirof etadi.

Masih uchun o'z xochini ko'tarib, Unga ergashadigan va U uchun hamma narsani qoldirishga tayyor bo'lib, U uchun azob chekadigan kishi, Xudo shohligining keladigan yangi hayotida qatnashadi. Keyin ruhiy tug'ilishning ulug'vorligi yuzaga keladi. Masih xalqlari rad etgan o'n ikki shogirdlari bilan o'ralgan ulug'vorligining taxtida o'tiradi. Ular shahodat va ruhiy tajribalari bilan o'n ikki qabilani hukm qilishda qatnashadiganlardir. Masih O'zining donoligi va hukmida sheriklardek ta'limotsiz va oddiy suyukli shogirdlarini oladi chunki ular Masihga to'liq bo'ysunishga tayyorlanganlar.

Mol-mulkning zararini Masih tufayli deb taxmin qilinadi; agar shunday bo'lmasa, u ularni mukofotlamaydi. Ko'plar aka-ukalarini, xotin, bola-chaqalarini o'ylamasdan qoldiradilar, “xuddi qush qafasidan adashib qolqandek” (Hikmatlar 27:8). Bu gunohli darbadarlikdir. Lekin agar biz Masih uchun ularni tark etsak, bu biz ular uchun g'amho'rlik qila olmasligimiz uchun emas, balki Xudoda biz uchun bajaradigan xizmatni mensimaslikni xohlamaganimiz uchundir. Bizning xohishimiz Isoga qarash va Uning irodasini bajarib, Uning ulug'vorligini ko'rishdir. Bu mukofotlanishdir. Bu azoblanish emas, balki bu Masih uchun guvoh va shahid qiladigan maqsaddir.

Ruhiy mukofot inoyat yo'li orqali bo'lgan in'omdir. Bizda mablag'ni qidirib Xudoga kelish uchun haq-huquq yo'q chunki biz hammamiz gunohkorlarmiz va hukmga loyiqmiz. Agar biz tirik imon bilan bizga dalda beradigan, gunohlarimiz uchun bizga tanbeh beradigan va tanaviy xohishlarimizni yengib chiqadigan Muqaddas Ruhning boshqaruvi ostida o'zimizdan voz kechmasak, bizda boshqalarni hukm qilish uchun hech qanday huquq yo'qdir.

Yupatuvchi Ruh barhayot Hukmdorning oldida imtihonimizga bizni olib keladi, va bizni Unga yaqin olib keladi, biz Uning ulug'vor muqaddas nurlaridan qochib ketmasdan balki Uning oldida tizza cho'kib, pichirlaymiz “Men Sening o'g'ling yoki qizing bo'lishga noloyiqman. Meni quvib yuborma, balki senga doim xizmat qilishimga ruhsat et.” Shunda U bizni bolasidek quchoqlab, O'zining muqaddas oilasiga bizni qabul qiladi (Luqo 15:21-24). Yer yuzidagi imonlilarning do'stligi ham Uning inoyati orqalidir chunki Masihning solihligi uchun quvg'in bo'ladiganlar uchun sevgi qurbonlikni keltirib chiqaradi. Masih ular uchun yangi uy va ruhiy oila yaratadi. Barcha Masihiylar aka-uka va opa-singillardir va Muqaddas Ruh ularning tillaridan va ijtimoiy farqlaridan qat'iy nazar ularni birlashtiradi. Agar Masihiylar Rabbiylariga xizmat qilgandek xizmat qilayotgan bo'lsalar, azob tortganlarga va quvg'in bo'lganlarga xizmat qilganlarga, imon bilan Xudoning irodasini tutganlarga va Masih uchun qiynoqda bo'lganlarga yordam bering.

Masih shogirdlariga imonlilar tanaviy mablag'ni yoki xizmatlari uchun mukofotni izlamasliklarini ko'rsatgan. Masih har bir kishini xizmatiga chaqiradi va Uning chaqiruviga javob bergan hammaga U abadiy hayot beradi. Abadiy hayot nima o'zi? Bu ilohiy hayotdir. Muqaddas Xudo agar siz Uning xizmati uchun qalbingizni, fikringizni va tanangizni Unga bag'ishlasangiz sizga hayoti bo'lgan Muqaddas Ruhini beradi.

IBODAT: Samoviy Otamiz, iltimos mahsus mukofotlarimizdan keyin bizning xohish-istaklarimiz uchun bizni kechir, chunki Sen O'g'lingni, Ruhingni va O'zingni bizga taqdim etding. Biz Sening noming tufayli quvg'in bo'layotganlar bilan bizga ishonib topshirgan yaxshiliklarni bo'lishishimiz uchun, Senga o'zimizni taqdim etib, rahmat aytib, Seni sevishga bizni o'rgat. Yaqinda qaytib kelishingda ko'rinadigan buyuk yangi hayotda qatnashishimiz uchun, inoyatingda bizlarni saqla.

SAVOL:

  1. Isoning shogirdlariga asoslab berilgan va'da nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)