Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 161 (Jesus’ Second Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

p) Isoning O'limi va Tirilishi haqidagi Ikkinchi marta Gapir ishi (Matto 17:22-27)


MATTO 17:22-23
22 Ular Jalilaga qaytib kelgandan so'ng, Iso shogirdlariga dedi: - Inson O'g'li odamlar qo'liga tutib berilishi muqarrardir. 23 Uni o'ldiradilar va U uchunchi kuni qaytadan tiriladi. Shogirdlar juda hafa bo'ldilar.
(Matto 16:21; 20:18-19)

Inson O'g'li abadiy ulug'vor, ilohiy kuchning chashmasi va hamma insonlarning xizmatkori bo'lgan Xudodir. Uning muqaddasligi hammamizni hukm qiladi, va Uning harakati Hukm Kunidagi bizning o'lchovimizdir, chunki Uning hayoti o'nta amrning aniq izohidir. Iso haqiqiy inson va haqiqiy Xudodir. U O'zining qiziqishlari uchun kuchidan foydalanmadi. Uning Otasi osmonu yerda butun hokimyatni Unga bergani haqiqiy kamtarlikdir.

Kamtar Masih Qudratli bo'lsa ham, yovuz odamlarning qo'liga O'zini topshirishdan O'zini tiymadi. Uning kamtarligi hukmdorlarning zo'ravonligidan ko'ra kuchliroqdir. U O'zini ko'plar uchun qurbon qildi.

Bu o'zidan kechish olamni buzilishi uchun barcha ishlayotgan yovuzlar ustidan g'alaba qozondi. Iso o'limi orqali bizning oqlanishimizni, poklanishimizni va himoyamizni bajarishni xohladi. U Quddusga borib, O'zining dushmanlarini oxirigacha sevib, shohligi uchun ularni qutqarib, Undan nafratlanganlar uchun azob tortdi.

Masihning xochdagi o'limi orqali bizning qutqaruvimiz qanday buyuk! Uning sevgisi bizning o'zligimizni va mag'rurligimizni ko'rsatadi, lekin Xudoning Qo'zisining inoyati bizni o'zgartiradi va tozalaydi. Uning qurbonligi bizning yovuz qalblarimizni qutqaradi. Bu vaqtda, Isoning shogirdlari Uning najodining tubini va sirini tushunmaganlar va Iso ularga yaqinlashayotgan o'limi haqida gapirganda juda hafa edilar. Ular bu uchun muhtojlik sezmadilar va bunga ishonmadilar.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, biz Seni ulug'laymiz, chunki Iso fosihlarning qo'lida azob chekish uchun, dunyoning gunohini olish uchun va bizning o'rnimizga o'lish uchun tug'ildi. Biz Senga rahmat aytamiz chunki Iso kamtar edi. Iso Otasining irodasiga O'zini topshirdi. Biz Uning o'limi orqali, hayotga, solihlikka va muqaddaslikka erishdik va Uning qurbonligi orqali marhamat ruhini oldik. Hayotimizda bizga keladigan hodisalar uchun hafa bo'lmasligimiz uchun va Sening marhamatingdan va inoyatingdan bosh tortmasligimiz uchun bizga yordam ber. Biz butun kuchimiz va hissimiz bilan Senga yopishishni va hamma insonlar uchun najod rejang uchun Senga rahmat aytib hursand bo'lganimizda Unga rahmat aytib hursand bo'lishimizni hoxlaymiz.

SAVOL:

  1. Shogirdlar nima uchun hafa edi va Iso o'limi haqida ularga aytganida nima uchun Unga rahmat aytmadilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)