Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 160 (Epileptic Boy Cured)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

o) Bola Shifo topdi (Matto 17:14-21)


MATTO 17:19-21
19 So'ngra shogirdlari Isoning yakka qolganda oldiga kelib: - Nega biz jinni quvib chiqarolmadik? - deb so'rashdi. Iso ularga: - E'tiqodsizligingiz uchun! - dedi. - Chindan, sizlarga aytamanki: Agar bir hantal doniday ishonchingiz bo'lsa-yu, bu toqqa: “Bu yerdan u yerga ko'ch”, - deb aytsangizlar, u ko'chadi. Sizga hech bir narsa imkonsiz bo'lmaydi. 21 “Biroq bu toyifa jinlar ibodat va ro'zadan boshqa narsadan chiqmas.”
(Matto 10:1; 21:21, Luqo 17:6, 1 Korinfliklarga 13:2)

Masihiy xizmat doyim ibodat qilishingizni va yovuz ruhga chalinganlarni ozod qilish uchun ro'za tutishingizni talab qiladi. Ro'za tutish sizni dunyoviy g'am-tashvishlardan bo'shatadi va fikrlaringizni ichki tuyg'ularingiz bilan Rabbingizga doyim gapirishingiz uchun osmon tomon yo'naltiradi. Bu ibodat bu hayotda va keladigan hayotda ta'sirlidir, Masihning nomiga ishonganda bu yuraklardan gunohni olib tashlaydi va yovuz ruhlarni quvib chiqaradi. Agar siz qo'lingizni Unga qo'ysangiz, U imoningiz orqali sizni ajoyib harakatga boshlaydi va Shaytonga hos ko'plarni ushlab turgan zanjirlarni yechib tashlaydi.

O'zingizning kuchingizdan foydalanib tog'larni ko'chira olmasligingiz shubhasizdir. Na Masih na havoriylari bu va'dani bajarishgan. Ular tog'larni siljitmagan, chunki bu hechkimga foydali bo'lmasdi. Xudoning sevgisi sizni mag'rurligingizning togi ko'chishi uchun va siz Masihning sevgisi va nomi bilan kambag'allarga xizmatkor bo'lishingiz uchun kamtar xizmatkor qilishga undaydi. Insonlar uchun mumkin bo'lmagan narsa, Xudo uchun mumkindir. Siz Xudoning mehribonchiligi va kamtarligi bilan birgalikda harakat qilishingiz uchun va imon orqali Qudratli Inoyatchining kuchida qatnashishingiz uchun sizdan yangi mavjudodni yaratadi. Kamtar kishi Rabbiy Iso undan nimani qilishni istasa, shuni qiloladi, chunki Qudratli uning yuragida yashash uchun uyalmaydi.

Ro'za tutish va ibodat bizga qarshi Shaytonning kuchini olib kelish uchun va bizga yordam berish uchun ilohiy kuchiga ega bo'lish uchun o'rinli yo'ldir. Ro'za tutish ibodatimizning olovini kuchaytirish uchun foydalidir. Bu ibodatda kerak bo'lgan kamtarlikning misoli va guvohidir. Bu ba'zi buzuq odatlarni uyaltirishning va ibodatda qalblarga xizmat qilish uchun tanani tayyorlashning yo'lidir.

IBODAT: Samoviy Ota, biz asrimizning bolalarimiz. Bu tufayli bizning imonimiz tez-tez kuchsizdir va sevgimiz ozdir. Biz O'g'lingga yopishib olishimiz uchun, Sendan gunohkorlikdan va imonsizlikdan bizni ozod qilishingni so'rab, Senga qaytamiz. Biz sevgiga to'lishni, to'liq dushmanlarimizni kechirishni va atrofimizdagilarning najodi uchun nima buyursang shuni qilishni istaymiz.

SAVOL:

  1. Masihning xizmatkorlariga Xudo kuchining oqib chiqishining siri nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:51 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)