Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 085 (Principles of Following Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

4. Isoga Ergashishning Qonun-qoidalari (Matto 8:18-22)


MATTO 8:18-20
18 Iso atrofida ko'p xaloyiqni ko'rgach, shogirdlariga nargi tomonga suzib o'tishni buyurdi. 19 Shu vaqtda bir ulomo Unga yaqinlashib: - Uztoz, qayerga borma, men Sening orqangdan yuraman, - dedi. 20 Iso unga: - Tulkilarning inlari bor, osmon qushlarining uyalari bor. Lekin Inson O'g'lining bosh suqadigan joyi yo'q, - dedi.
(Luqo 9:57 60; 2 Korinfliklarga 8:9)

Masih har bir imonliga sevgisini mo'l-ko'lchiligini beradigan, yuraklarni o'zgartiradigan va fikrlarni porlatadigan yarashtirish kuchining oqimidir. Shifolashidan qat'iy nazar, U uysiz va boshpanasiz bo'lsa ham bundan qoniqqan, chunki U O'zi uchun tanaviy mol-mulkdan voz kechgan va dunyoning rohatlarini istamagan. U tekinga kasallarga shifo bergan va xizmati uchun hech qanday pul so'ramagan.

Masih iroda orqali qoniqdi. Bu Uning izdoshlari agar ular Isoga qo'shilsalar ishni, pulni yoki boylikni olishlari uchun yolg'on umiddan ozod qiladi. Agar Masihiy jamoat mol-mulkda va pulda boy bo'lsa, bu haqiqiy jamoat bo'lmaydi, chunki Xudoning sevgisi bizni bizda bor narsani ishlatishga va boylikni izlamaslikka turtki beradi. Agar siz Isoga ergashsangiz, boylikni, pulni, yoki mansabni kutmang, balki kuchsizligingizdagi Xudoning kuchining yashashini, yuragingizdagi Uning ruhining yupanchini va siz orqali nafratlanilganlar uchun sevgisining oqishini umid qilinglar. Bu Masihiy yorliqdir.

Biz bu yerda ikki turdagi jahlga Masihning javob berishini ko'ramiz, biri tez va harakatchan, boshqasi sekin va og'irdir. Uning ko'rsatmalari ularning har biriga moslangan va bizning foydamiz uchun rejalashtirilgan.

Birinchi kishi va'da berib juda shoshilgan. U ulamo, olim va o'qigan kishi edi, ulardan biri qonunni o'rgangan va tushuntirib bergan. Ulomo “Ustoz, Sen qayerga borsang, men Sening ortingdan boraman” deb Masihga ergashish uchun tayyorligini ifodalagan. Hech kim yaxshiroq gapirolmagan. Masihga o'zini ko'rsatish uchun tayyorgarligi aniq va sofdil edi. U Masih orqali bu uchun chaqirilmagan, yoki shogirdlarning birortasi orqali majburlanmagan, balki o'zi xohlab kelgan, u Masihning yaqin izdoshi bo'lishni istagan. Bu kishi yuragidan qildi. U “Men Unga ergashishim kerak deb o'ylayman,” deb aytmadi, lekin “Men irodaliman, buni qilaman, men Senga ergashaman” deb aytdi. Uning dalillari chegaralanmagan edi va o'zgarmas edi.

“Men Sen qayerga borsang, Senga ergashaman,” degani faqat mamlakatning “boshqa tomoni” ga emas balki dunyoning eng buyuk tumanlariga hamdir. Endi biz shunday inson yaxshi shogird bo'la olishi haqida o'ylashimiz mumkin, va biroq bu Masihning javoblari orqali namoyon bo'ladi, uning maqsadi mulohazasiz edi, uning oxiri past va tanaviy edi. Ulomo Masih ko'rsatgan mo'jizalarni ko'rdi va u Iso dunyoviy shohlikni o'rnatishiga umid qilgan va bundagi ulush uchun yaxshi vaqtda qo'llashni istagan.

Masih bu ulomoning kelajagini ko'rish uchun bu samimiymi yoki yo'qmi tekshirdi. Isoda bosh qo'yadigan joy bo'lmagan “Inson O'g'li” ga ergashish uchun harakat qiladigan U ekanini unga bildiradi. Endi bundan Masihning kambag'alligi haqida biz Xudoning O'g'li bu dunyoga kelganida, U jonzodlarda aniq bir bosh qo'yadigan qulay joyni xohlab, O'zini shunday past darajaga qo'yish kerakligi g'alati ekanini ko'ramiz. Agar U bizning tabiatimizni O'ziga olganda, U buning eng yaxshi holatlarini va joylarini olgan bo'lar edi; lekin U buning eng yomonini oldi!

Eng past jonzodlar yaxshi taminlanadilar. Tulkilar hatto insonlarga foydali bo'lmasalar ham, yashashlari uchun inlari bor. Xudo ta'minlaydi; ularning uylari ularning saroylaridir. Hatto qushlar o'zlari uchun parvarish qilmaydigan bo'lib tuyuladi, lekin ular parvarish qilinadi va ularning ham uylari bor.

Rabbimiz Iso Masih bu dunyodaligida, U qashshoqlikning sharmandasiga va qayg'ulariga tushgan edi, “chunki U biz uchun kambag'al bo'ldi.” Uning bosh suqadigan joyi, O'zining uyi va boshini qo'yish uchun O'zining yostig'i bo'lmagan. U va shogirdlari ularga berilgan xayr-ehson bilan yashashgan. Masih faqat kambag'aldek U haqida gapirilgan to'liq yozuvlarda va O'zini barcha hurmatda kamtar tutishi bunga bo'ysunmadi, balki U bizga dunyoviy boylikning foydasizligini ko'rsatishi uchun va U biz uchun yaxshiroq narsalarni sotib olib, bizni ruhan boy qilishi uchun muqaddas nafrat bilan bunga qarashni bizlarga o'rgatish uchun bunga bo'ysundi.

Bu shunday e'lon bu vaqtda qilinishi kerakligi g'alatidir. Ulomo Masihga ergashishni taklif etganda, Masih uni rag'batlantiradi va, “Keling, sizlar qabul qilinasizlar! Siz to'g'ringizda g'amho'rlik qilaman” deydi deb o'ylardi. Bir ulomo o'n ikkita baliqchidan ko'ra Unga ko'proq xizmat qilishga qobilyatli bo'lishi mumkin edi. Lekin Masih uning yuragini ko'rdi va uning fikrlariga javob berdi va bu yerda bizga Masihga qanday qilib kelishni o'rgatadi.

Biz o'tirish va narhni hisoblash uchun, buni diqqat bilan qilish uchun dindorlikning kasbini o'zimizga olganimizda, Masihda bo'lamiz. Xudojo'ylik yo'lini tanlash biz boshqani bilmasligimiz uchun emas balki yaxshiroq bilmasligimizdir. Bu dinga bo'lgan foyda emas va insonlar xabardor bo'lishidan oldin taajub bilan ularni olish emas. Bu kasibni shoshilib oladiganlar bu kasb ularni hafa qilganida buni shoshilib yana tashlab yuboradilar. Shuning uchun, ular vaqt olsinlar va ular buni boshidan qilishlari kerak. Masihga ergashadigan kishi bundan eng yomonini bilsin.

Iso hayvonlardan ko'ra kambag'alroq va qushlardan ko'ra uysiz ekanini aytib, O'zi va ilmlilar va dindor olimlar o'rtasida farqni o'rnatdi. Yer Uning uyi emas. Iso yer-yuzida begonadir, insonlar tomonidan haydalgan va xalqi Uni xochga mixlagandi, va Unga ergashadigan kishi begona va Unga o'xshab kambag'al bo'ladi.

Shunday og'riqli qiyinchiliklardan qat'iy nazar siz Isoga ergashish uchun tayinlanganmisiz?

IBODAT: Ey Samoviy Ota, bizning uyimiz Sen bilandir. Gunoh va pul bu dunyoni boshqaradi. Biz shu yerda begonalarmiz. Iltimos biz boylarni, hurmatni, yoki o'zimizning havfsizligimizni izlamasligimiz uchun bizga yordam ber. Biz xizmatkorlarga aylanishimiz uchun va najod bilimi bizdan najodni qidiryotganlarga oqib chiqishi uchun bizning barcha dunyoviy yolg'on fikrlarimizdan ozod qil. Omin.

SAVOL:

  1. Iso qanday darajagacha kambag'al va qanoatli bo'lib qoldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)