Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 052 (Law of Moses in the Law of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

c) Masihning Qonunidagi Muso Qonunining Bajo Bo'lishi va Barkamolligi (Matto 5:17-20)


MATTO 5:17-20
17 “Meni Tavrot yoki payg'ambar oyatlarini bekor qilgani keldi, deb o'ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim. 18 Sizga chinini aytayin: yeru osmon tugamaguncha va taqdir etilgan hamma narsa amalga oshmaguncha, Tavrotdan na bir harf, na bir nuqta o'chadi. 19 Shunday qilib, kim bu amrlarning eng kichigini ham insonlarga buzib o'rgatsa, Osmon Shohligida eng kichik bo'ladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib boshqalarga o'rgatsa, Osmon Shohligida buyuk bo'ladi. 20 Sizlarga aytib qo'yay: agar sizning solihligingiz ulamolar va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, Osmon Shohligiga kirolmaysizlar”. (Luqo 16:17; Rimliklarga 3:31; 10:4; Yoqub 2:10; 1 Yuhanno 2:7)

Agar siz Masih sizni bu xizmatga chaqirganini aniq bilmasangiz, g'ayrat bilan xushxabarni o'qitmang ham va voizlik ham qilmang, chunki U faqat so'zlaringizni emas, harakatlaringizni ham o'lchaydi. Agar siz gapirganingizni va voizlik qilganingizni amalda qilmasangiz, siz ikkiyuzlamachi va yolg'onchidirsiz. Agar siz o'zingizga ehtiyotkor bo'lmasangiz, sizning guvohligingiz ma'nosiz bo'ladi. Sizning harakatingiz so'zlaringizning o'lchovidir.

Faqat Masih Muso Qonunining va Xushxabarining to'liq uztozidir. U qonunning birorta amrlarini bekor qilmadi balki U tushuntirishda va o'rgatishda bularni bajardi va O'zining to'liq hayotida yashadi. Masih aniq e'lonlari bilan Eski Ahdning misolarining to'liqligini nihoyasiga yetkazdi. Bundan keyin Eski Ahdning bitiklari va Payg'ambarlar Xudoning O'g'li tomonidan isbotlangandan keyin buzilgan deb aytishga kim jur'at etadi? Uning ilohiy vahiysining na bir harfi na bir eng kichkina nomi o'chib ketmagan va o'zgartirilmgan. Bu otalarga va tanlangan payg'ambarlarga e'lon etilgan Eski Ahddan, uning va'dalaridan va amrlaridan nafratlanish ahmoqlikdir, chunki azaldan Xudo insonlarga ularning tarixlari va asosiy holatlari mobaynida gapirib kelgan. Xudoning Kalomi hayoliy falsafa yoki oddiy mavzu emas. Muqaddas Xudo gunohkorlarni tanlab ular bilan ahd tuzdi va ularni Qonuni orqali boshqarib, ularni g'azabida jazoladi. Eski Ahdni rad etib unga qarshi chiqqadiganlar rostan ham bechoradirlar, chunki ular Xudoning So'zini va Xudoning O'zini rad etgan bo'ladilar.

Xudoning butun Kalomini voizlik qilish uchun Rabbiy tomonidan chaqirilib, lekin buni oz-moz o'zgartirib buning vahiysini rad etadigan kishining holiga voy. Bu tegirmon toshini bo'yniga osib uloqtirish u odam uchun yaxshiroq bo'ladi. Xudoning Kalomini o'zgartiradigan, buzib ko'rsatadigan yoki tanqid qiladigan har bir kishi faqat o'zini emas balki yangi imonlilarni ham adashtiradi. Masih sizni voizlik qilish uchun chaqirganda siz o'zingizni va boshqalrni qotib qolishiga sabab bo'lmasligingiz uchun qo'rquv va donolik bilan Uning so'zini gapiring.

Masih bizni faqat Eski Ahdga taklif qilmaydi balki O'ziga ham taklif qiladi. Xudoning Kalomi Unda tana qiyofasiga kirdi. U bizning oramizda yurgan Qonun va Otasining mujassamlangan sevgisi edi. Shunday qilib kelinglar hayotsiz hatlarga emas balki Xudoning tirik O'g'liga yopishib olaylik. U yer yuzida hatti-harakati bilan bu Qonunni bajardi. Endi U sodiq homiyligi bilan buni kamolotga yetkazyapdi va buni qayta kelganida nihoyasiga yetkazadi. Keyin Qonunga bo'lgan ehtiyoj tugaydi, chunki osmon va yer yo'q bo'lib ketadi; Rabbimiz solihlikda yashaydigan Muqaddas Ruhdan tug'ilganlar yashaydigan yangi osmon bilan yerni yaratadi.

Lekin biz hanuz yer-yuzidamiz, Masih shogirdlariga shunday deb e'lon qildi, “Sizlarga yangi buyrug' beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo'lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar” (Yuhanno 13:34). Bu so'zlar bilan Masih O'zini sevgimizning o'lchovi qilib, bir gapda Musoga oid Qonunni va O'zining Qonunini jamladi. Shunday qilib, U bizning mujassam Qonunimizdir, chunki U aytgani bo'yicha yashadi.

Inson O'g'li hech bir kishi Uning qonunini to'liq bajara olmasligini biladi; shuning uchun, U to'lovi orqali oqlanishni o'rnatdi va izdoshlariga amrlarini bajarish uchun kuch berdi. Kelinglar Xudoga va insonlarga o'zimizning qobilyatlarimiz orqali xizmat qilmaylik balki havoriy Pavlus, “Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi” (Rimliklarga 8:2) deb ochib berganiga o'xshab, Uning inoyat kuchining boshqaruvi orqali xizmat qilaylik. Shuning uchun, na Muso Qonuni va na birorta Masihiy Qonun bizga boshqa bosim o'tkaza olmaydi chunki ularni biz uchun Masih amalga oshirdi.

Musoning Qonuni bizga tavba qilishni o'rgatish uchun va bizni ruhan hukm qilish uchun berilgan, lekin Masih bizning o'rnimizga qonunni bajarish uchun keldi. Muqaddas Ruh bir vaqtda bizga qonun bo'lib va buni bajarish uchun kuch bo'lib ham keladi. U bizda qolishi orqali buni bajarish uchun bizga turtki beradi.

Xudoning qonuni haqidagi Uning g'amho'rligi “bir iz yoki bir nuqta” da eng kam miqdor bo'lib tuyiladigan yaxshi tavsilotlarga o'zini kengaytirishini kuzating; chunki Xudoga tegishli bo'lgan narsalar va Uning muhrini olib yuradigan narsalar juda kichik bo'lsa ham, bular saqlanadi. Insonlarning qonunlari komilsizlikning to'liqligidir, lekin Xudo gapida turadi va qonunining har bir yozuvini va sahifasini saqlaydi.

Ba'zi odamlar Eski Ahd kitoblari buzilgan deb da'vo qilishadi. Biroq bu oyatlarda biz Xudo O'g'li tomonidan o'zgarmagan Tavrot, Zabur va Payg'ambarlarning ishonchliligining yagona isbotini o'qiymiz. Tanqidchilar aytadigan narsalari O'zida haqiqat bo'lgan Isoning hokimyatiga solishtirilgan hech qanday qimmat emas.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga rahmat aytib Seni ulug'laymiz, chunki Masih sevgisi va azob tortishi orqali qonunni bajardi; U mujassamlashgan qonundir. Bizning ko'p gunoh va ayiblarimizni kechirgin. Ruhingning kuchida bizga itoatkorlikni va mehrni o'rgatgin, shunda biz Masihga ergashib yuragimizda joy olgan Ruhning qonuniga ko'ra Uning kuchining majburiyati ostida yashaylik. Omin.

SAVOL:

  1. Biz qanday qilib Xudoning muqaddas Qonunini bajara olamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)