Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 051 (Purpose of the Sermon on the Mount)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

b) Tog'dagi Va'zning Maqsadi: Xudo Qonunining Talabi (Matto 5:13-16)


MATTO 5:14-16
14 Siz – dunyoning nurisizlar. Tog'ning tepasida qurilgan shahar yashirin qolmaydi. 15 Shuningdek, shamni yoqib, keyin idish bilan yopib qo'yishmaydi. Uydagilarning hammasiga yorug'lik bersin, deb uni shamdonga qo'yishadi. 16 Ayni ravishda sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni ko'rib, osmondagi Otangizni ulug'lasinlar”. (Yuhanno 8:12; Filipliklarga 2:14-15; Yuhanno 15:8; Efesliklarga 5:8-9)

Masihning inoyati qanday buyuk! U izdoshlarida mehrli sevgisining nuri va muqaddas haqiqatining shulalari porlashiga sabab bo'lgan. Sizning ichingizdagi yangi nurni o'zimizniki deb o'ylamang. Bu Rabbingizdan bo'lgan sovg'adir. Insonning qarshiliklaridan qo'rqib, ilohiy sovg'angizni yashirmang, chunki Masih sizga doimiy yorliqni va umidsiz dunyomizda nur bo'lish uchun umidni bergan. Yongan gugurtga o'xshagan bo'lishdan uyalmang chunki bu uzoqdan ham ko'rinadi, hatto eng qorong'u tunda ham. Masihiylar imonlarini bo'lishish uchun uchrashishganda, ular hatarsiz shaharga yo'ldan ozayotgan kemalarni boshqaryotgan porlayotgan yulduzlarning guruhidek porlab turgan tepalikda joylashgan shaharga o'xshaydilar.

Masih siz zulmatdagilar uchun nur bo'lishingizga sizni chorlayapdi. U sizni solihliklarining guvohiga aylantiradi va uyingizda, maktabingizda va idoralaringizda Uning Nomini e'lon qilishingiz uchun sizga huquq beradi. Bir yosh imonli fabrikada xudojo'ysiz odamlar orasida ishlabdi. Ular nopok so'zlari bilan bu kishini yo'ldan ozdirishga harakat qilishibdi. Uning do'stlari “Bu ishni tashla, bo'lmasa sen qiyinchilik chuquriga qulaysan” deb uni ogohlantirishibdi lekin bu kishi ularga shunday deb javob beribdi, “Men u yerda yolg'iz emasman. Masih mening oldimda turadi, meni himoya qilib mening ichimda yashaydi. U menga meni tark etmaslikka va'da bergan, va men qayerda bo'lsam U ham o'sha yerdadir, shuning uchun men hech qanday yovuzlikdan qo'rqmayman.”

Shohlarning ilohiy Shohi sizga sizda porlayotgan nur bilan porlash uchun va qo'rqinchli bo'lgan narsani qilish uchun harakat qilishga buyrug' beradi. Shuning uchun o'zingizni yashirmang yoki ko'rinishdan o'zingizni olib qochmang, balki Xudo tomonidan qo'shnilaringizga va hamkasiblaringizga jo'natilgan kishidek ishontirishda davom eting. Odamlar bilan uchrashing va Muqaddas Ruhning boshqaruvida ularga gapiring. Odamlar butun kun sizda nimani ko'radilar? Masih sizda aniq porlaydimi?

Masih sizni pok hayot kechirishga taklif qilyapdi. Shunda odamlar sizdagi Xudoning mehribonchiligi va kuchi uchun Uni ulug'laydilar va ular sizda Xudoning Ruhi yashayapdimi yo'qmi muomalangizning pokligi orqali ishonadilar.

Masihning izdoshlari dunyoning nuridek porlashyapdi – va ularni taniganlar ularni kuzatishyapdi. Ba'zi nazoratchilar ularni hurmat qiladilar. Ularni olqishlashadi, ular bilan quvonadilar va ularga o'xshash bo'lishni qidiradilar. Boshqalar ularga hasad qilishadi, ulardan nafratlanishadi, ularga tanbeh berib, ularni yo'q qilishni izlaydilar. Hamma imonlilar insonlar oldida ogoh bo'lib yurushlari kerak. Ular dunyoga bo'lgan Xudoning sov'gasining misollaridirlar va ular barcha natog'ri narsalardan nari bo'lishlari kerak, chunki ularni doim kuzatib turishadi.

Masih sizga osmondagi Otasining ulug'vorligida qatnashish uchun imkoniyat va yorliq bergan. Biz Tog'dagi Va'zda bu oyatda birinchi vaqt uchun qudratli Xudo bizning Otamiz bo'lgan buyuk sirni o'qiymiz. Muqaddas Xudo bizdan uzoq ham emas yoki bizga qo'rqinchli ham emas. Uning ilohiy sevgisi bizga “Ota” ning hokimyatida namoyon bo'ladi. Iso odamlarga Muqaddas Ruhning kuchi va boshqaruvidagi bizning muomalamiz orqali Xudoning Otaligiga ishonish uchun imkoniyat beradi. Sizga Muqaddas Uch Birlikning birligining isboti bo'lish uchun ham va boshqalarning ishonmasligi va shubhalanishi uchun sabab bo'lishga ham ruhsat beriladi. Siz tabiatingizga ko'ra bolaligingizdan beri gunohkordirsiz, lekin Ruh sizni zulmatda yo'qolgan insondan nur o'g'liga aylantiradi. Sizda yashayotgan Isoning Ruhi so'zlaringiz va ishlaringiz orqali ko'rinadi, va bu so'zlarga ko'ra eng buyuk va'da sizda bajariladi, “Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan bir tan bo'lib yashaydi. Xudo ham uning vujudida yashaydi” (1 Yuhanno 4:16).

Bizning nurimiz yaxshi ishlarimiz bilan porlashi kerak. Bizning xatti-harakatlarimiz boshqalar Masih haqida yaxshi o'ylashiga sabab bo'ladi. Biz o'zimiz ko'rinadigan emas balki boshqalarga foyda keltiradigan yaxshi ishlar qilishimiz kerak. Bizga yashirincha ibodat qilish aytilgan va Xudo va qalblarimiz o'rtasida bo'lgan narsalar o'zimiz uchun saqlanishi kerak. Lekin insonlarning ko'z o'ngida ochiq bo'lgan narsalarni biz hunarimiz bilan qulaylikni yaratishni qidirishimiz kerak (Filipliklarga 4:8). Do'stlarimiz faqat yaxshi so'zlarimizni “eshitish” lari kerak emas, balki yaxshi ishlarimizni “ko'rish” lari ham kerak; ular shunchaki ismdan ko'ra ko'proq e'tiqodga ishontirilishlari mumkin, va biz faqat imonimizni tan olmaymiz, balki buning kuchi ostida davom etamiz.

Biroq, qanday maqsad uchun bizning nurimiz porlashi kerak? Sizning yaxshi ishlaringizni ko'radiganlar sizni ulug'lash uchun emas, balki osmondagi Otangizni ulug'lash uchun harakat qilishadi. Xudoning ulug'vorligi biz qiladigan hamma narsa uchun miyyamizda saqlash kerak bo'lgan buyuk maqsaddir. Biz faqat o'zimiz Xudoni ulug'lashga harakat qilmasligimiz kerak, balki biz osmondagi Otamizni ulug'lash uchun boshqalarga olib keladigan hamma narsani bajarishga chaqirilamiz.

Bizning yaxshi ishlarimiz Otamiz Xudoni ulug'lash uchun boshqalarni boshlaydi. Ular sizning yaxshi ishlaringizni ko'rishsin, shunda ular sizdagi Xudo inoyatining kuchini tushunishadi va sizdagi uning muqaddaslik nurlari uchun Unga hamdu-sano aytishni boshlashadi. Ular sizning mehrli xatti-harakatingizni ko'rishsin, shunda ular Masihiy e'tiqodning ajoyibligiga va haqiqatga ishonishsin va Xudoning muqaddas ulug'vorligini va yaxshi ishlaringizni qilish uchun muqaddas xohish bilan qo'zg'alishsin.

Ba'zi qiyin mamlakatlardagi imonlilar aqidaparastlar oldida ochiq oydin imonlarini ifoda etisha olmaydi, balki ularning jim harakatlari Samoviy Otalari va Najokorlariga tirik guvohlikdir.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, Sen muqaddas nursan. Sen dunyomizga porlayotgan nurdek sevikli O'g'ling Isoni jo'natding. Biz qorong'ulikda edik, lekin O'g'lingning Ruhi bizni ilohiy nur bilan jihozladi. Iltimos atrofimizdagilarga nuring porlasin shunda ko'plab odamlar gunohlaridan ozod bo'lib, yoqmli nur bo'lishsin. Biz buyuk najoding uchun Seni ulug'laymiz, va nurning eng yaxshi foydasidagi boshqaruvingni qidiramiz, shunda hech kim harakatlarimiz tufayli imonsiz bo'lmasin, balki bizda Seni tanib bilishsin. Omin.

SAVOL:

  1. Siz bu dunyoda qanday qilib nur bo'lishingiz mumkin?

SAVOL - JAVOB

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi izohimizni o'qib bo'lib, endi siz quydagi savollarga javob berishga qobilyatlisiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz ta'lim olishingiz uchun bu kitobchalarning keyingi qismlarini sizga jo'natamiz. Iltimos javob varog'iga to'liq ismingizni va aniq manzilingizni yozishni unutmang.

  1. Ma'qul keladigan tavba qanday?
  2. Suvga Cho'mdiruvchi Yahyoning hayoti va va'zining qoidalari nima?
  3. Farziylar kim va Sadduqiylar kim?
  4. Yaratguvchi sizlardan nima qilishni kutadi?
  5. Masih nima uchun Muqaddas Ruhga cho'mdirishga qodir?
  6. Muqaddas Ruhga cho'mish va olovga cho'mish o'rtasidagi farq nima?
  7. Iso hatto gunohsiz bo'lsa ham nima uchun O'rdunda cho'mdi?
  8. Muqaddas Uch Birlik bo'lgan Xudo qanday qilib O'rdun Vodiysida O'zini e'lon qildi?
  9. Iso hatto toshni nonga aylantirishga qodir bo'lgan bo'lsa ham nima uchun toshni nonga aylantirmadi?
  10. Masih nima uchun O'zini ma'bad yuqorisidan tashlamadi?
  11. Iso nima uchun faqat Xudoga sajda qilish uchun Shaytonga buyrug' berdi?
  12. Iso nima uchun Yahyoning shunday ezgu xabarini takrorladi, “Tavba qilinglar, chunki osmon shohligi yaqindir”?
  13. Men sizlarni “inson ovchilari qilaman” degan Isoning gapining ma'nosi nima?
  14. Biz nima uchun Matto 4:23-25 ni kichik Xushxabar yoki Xushxabarlarning yig'indisi deb aytamiz?
  15. Masihning qonuni nima uchun “Siz” yoki “Siz emas” ni o'rniga “Bahtlidir” so'zi bilan boshlaydi?
  16. Nima uchun “ruhan kambag'allar” osmon shohligiga kiradi?
  17. Nima uchun kuchlilar emas, yuvoshlar yer-yuziga ega bo'ladilar?
  18. Masih qanday qilib solihlik uchun bizning chanqovimizni qondiradi?
  19. Biz qanday qilib o'zimizni o'ylashdan rahimdillikka o'zgaramiz?
  20. Siz qanday qilib pok bo'lishingiz mumkin?
  21. Masih qanday qilib sizni boshqalarga tinchlik keltirish uchun ishlatadi?
  22. Tinchlik xushxabarining targ'ib etuvchilar nima uchun ba'zan zo'ravon qarshilikka uchraydilar?
  23. Quvg'in etilgan imonlilar uchun to'langan to'lov nima?
  24. Masih sizni “yerning tuzi” bo'lishingiz uchun taklif qiladi degani nimani anglatadi?
  25. Siz bu dunyoda qanday qilib nur bo'lishingiz mumkin?

Biz siz abadiy xazinani olishingiz uchun Masihning imtihonini va Xushxabarini biz bilan bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bining manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)