Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 021 (Worship of the Magi)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

3. Munajjimlarning Ziyorati va Sajdasi (Matto 2:1-11)


MATTO 2:5-6
5 Ular esa: - Yahudiyaning Baytlahim shahrida, - deyishdi unga, - chunki payg'ambarning kitobida shunday yozilgan: 6 “Ey Yahudo diyoridagi Baytlahm! Sen Yahudo ulug'laridan aslo kam emassan. Zero xalqim – Isroilni boquvchi Dohiy Sendan kelib chiqajak”. (Mixo 5:2)

Shoh Hirod Isoning tug'ilishi va kelajakdagi Uning ishlari haqidagi qonuniy fikr haqida eshitgan edi. Yahudiylar orasidagi ilmlilar Masih Yahudiyaning Dovud shahri Baytlahmda tug'ilishini bilishar edi.

Ming yillar oldin, Xudo Dovud Shohga uning o'g'illaridan biri abadiy yashashi haqida (Xudo Uning haqiqiy otasi bo'lishi), va Uning shohligi tugamasligi haqida yagona va'da bergan. Mixo Masih Baytlahimda birinchi marta boladek osmondan tushmaganini balki Unda ko'plab abadiylikdan yurishlar bo'lganini Xudo ochib berganidagi boshqa e'lon bilan, Dovudga berilgan bu payg'omni tasdiqladi (Mixo 5:2). Masih abadiy yashadi va Uning boshqarish uchun qobilyati va samoviy shohligi hech qachon tugamaydi. Qanday ajoyib!

Bosh ruhoniy va xattotlar bashoratning oxirgi qismi haqida Hi-rodning oldida jim bo'lib qoldilar, chunki ular Masih Hirodning zolimligidan va Rim qiynog'idan ularni ozod qiladi degan joyiga umid qilishgan edi. Ular deyishdi, “Ha, Isroilning bo'lingan qabilalarini birlashtiradigan va Xudo hukmronlik qilgandek ular ustidan hukmronlik qiladigan shoh tug'iladi.”

Baytlahim Quddusning taxminan olti km janubiy-g'arbiy tepaliklari orasidagi kichik shahardir. U hosildor emas edi chunki yerning quyida topiladigan oxaktosh suv havzasiga foydali emas, shuning uchun yer tepasi iflos edi. Bu Zebulun yeridagi bir hil nomning boshqa shaharidan u farq qilish uchun Yahudiyaning Baytlahimi deb ataldi (Yoshua 19:15).

Ibroniy tilida Baytlahim “non uyi” ni anglatadi. Bu Uning tug'ilishi uchun eng mos kelgan yer edi chunki U haqiqiy mannadir, “osmondan kelgan non”, va “dunyo hayoti uchun berilgan.” Uning oldiga kelgan kishi hech qachon och qolmas, va Unga ishongan kishi hech qachon chanqamas (Yuhanno 6:35).

Shu yerda Yahudiylar va G'ayriyahudiylar qanday qilib Iso Masih haqidagi izohlarni solishtirishiga e'tibor bering. G'ayriyahudiylar yulduz orqali Isoning tug'ilish vaqtini bilishadi, Yahudiylar yozuvlar orqali uning joyini bilishadi; va shunda ular bir-birlariga axborot berishga qobilyatlidir.

Siz Xudoning noni bilan qanoatlanasizmi? Sizning ichingizda Xudo yashaydimi va yuragingiz U uchun oxurmi?

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Senga rahmat aytaman chunki Sen solihlik uchun mening chanqovimni va haqiqiy hayot uchun ochligimni qondirasan. Sen menga Xudoning sevgisining mohiyatini e'lon qilding. Shuning uchun men Seni sevaman va rahmat aytaman va abadiy hayotingda qaytmaslik uchun Senga ibodat qilaman. Iltimos men Senga hamdu-sano aytib, Seni abadiy ulug'lashim uchun meni jonlantirgin. Omin.

SAVOL:

  1. Mixoning bashoratidagi eng muhim fikrlar qaysilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)