Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 07 (The LORD comforts you!)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean? -- Lingala -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai? -- Turkish -- Twi -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 7 -- XUDO sizga taskin beradi!


Agar biz dunyomizda azoblarning teranligini va ko'z yoshlarning daryolarini tushuna olganimizda, biz buyuk umidsizlik va daxshatdan gangirab, aqldan ozgan bo'lar edik. Biroq, Tavrot va Xushxabar bizga haqiqiy taskinni beradi va ular bizga zulmatlikda yordam beradi. Shavqatli XUDO to'liq imon so'zlari bilan Ishayo payg'ambarni ruhlantirgan: "Onasi yupatgan bola kabi, men ham sizlarni yupataman." (Ishayo 66:13) Qudratli Xudo onaning sevgisini va uning muloyimligini O'zining shavqatining ramzi qildi. Xudoning taskinini tushunishni istaydigan kishi, ona bolasini qanday qilib g'amho'rlik qilishini tushunadi, keyin XUDOning tugalmas taskinining ba'zilarini tushuna oladi.

Ona bolasini qornida ko'tarib yuradi, ularni azob bilan tug'adi, shuning uchun uning bolalari onaning bir qismi bo'ladi. Ona ular uchun javobgarlikni his qiladi, ularga qaraydi, kunu tun ularga g'amho'rlik qiladi, ular och qolishganda ularni qorinlarini to'qlaydi, kunda ularni bir necha marotaba tozalaydi, ularni quchoqlaydi, ular bilan hazilashadi va ular bilan gaplashadi, hatto ular so'zni tushunmasalar ham. Ona hech qachon bolalarini yolg'iz qoldirmaydi, balki ular haqida qayg'uradi, ularni sevadi va ular uchun ibodat qiladi, chunki ular Xudoning O'zi tomonidan uning qo'llariga berilgan to'lovdir. Ona bolalariga juda mehribon va ularni juda sevadi.

Bolalari ulg'ayganda, ona ular uchun kiyimlar, poyabzallar sotib oladi, yuvadi, pishiradi va ular uchun tozalaydi va ular uchun eng qulay maktabni tanlaydi. Ular maktabdan qaytib kelganlarida, u ularga ta'lim beradi va ularning uy vazifalariga yordamlashadi. Agar bolalari gunoh qilib qo'ysa, ona ularni halollik bilan o'sishlarini ko'rishga umid qilib ularni koyiydi va ularni jazolaydi. Ona ularni narkotik havf-hatari haqida, jinsiy a'loqa haqida va yovuz ruh va yolmog'izlar bilan a'loqa qilmaslik uchun ularni ogohlantiradi. Ona bolalari uchun yaxshi do'stlar topishga harakat qiladi. Uning o'zi ular uchun eng yaxshi namunadir.

Bolalar uyga ayiblari bo'lishidan qat'iy nazar keladilar. Ular onalarining oldida muammolarini tan oladilar va ona ularga aralashadi va ularni o'z yuragida yashiradi. Ona bolalariga haqiqiy imonni o'rgatadi va ularga Xudoning buyukligi haqidagi tarixni aytib beradi. Ona har doyim o'zini charchamagandek ko'rsatadi.


Xudoning mehrli daldasi

Onaning tajribali sevgisi, uning shavqatli mehri, uning qurbon bo'lish uchun tayyorgarligi va uning sabr-toqati bizga Xudoning sevgisini va taskinini ko'rsatadi. Xudo Uning oldiga keladigan hamma uchun sevgiga to'ladir. U bizni shunday deb ishontiradi: "Men sizlarga taskin beradigan Xudoman." (Ishayo 51:12) Olamning Yaratguvchisi va Boshqaruvchisi O'zining payg'ambarini va xalqini tasdiqladi, hatto ularning qurshovlarida ham, U ularga taskin berishga yordam berishga tayyorlandi, ular Xudoga qaytishga va o'zlarini Unga topshirishga tayyorlandi. Qudratli Xudo yordam berishni va dalda berishni istaydi. Shuning uchun, agar hayotingizda muammo bo'lsa, o'zingiz uchun buni saqlamang, balki buni Xudoyingizga topshiring va siz Unga ishonganingizda U buyuk narsalarni qilishini ko'rasiz.

Yaratguvchi bizni yaratgan va bizga hayot, kuch, ong, hoxish, donolik, tana va qalb bergan. Biz o'lik toshlar emasmiz, yoki qulog'i kar o'simliklar emasmiz, balki yuraklari, onglari va vijdoni bor erkin odamlarmiz. Hamma narsani Ko'rib turguvchi bizning qobilyatlarimizni va kuchsizliklarimizni biladi. U biz uchun to'g'ri yo'lni biladi va U bizga tayyorlab qo'ygan yaxshi ishlarida yurishimizni istaydi (Efesliklarga 2:10). Siz uchun Unda boshqa reja bor. U sizga ota-onangiz qilgandan ko'proq g'amho'rlik qiladi. U har doyim sizga eng yaxshi narsalarni istaydi.

U sizni qo'rquvda, azobda va ikkilanishda yolg'iz tashlab ketmaydi, balki siz haqingizda qayg'uradi va shunday ibodat qilishni sizga o'rgatadi, "Kunlik nonimizni bizga berib turgin" (Matto 6:11). Sizning oldingizda ta'lim eshigini ochganini unutmang. U oldindan siz uchun mos sherikni biladi. U sizni qo'riqlab turadi va Shaytonning yolg'onidan va rejalaridan saqlaydi. Dono bo'ling va U sizning to'g'ri boshqarishi uchun Ota Xudoga o'zingizni topshiring.

Dunyodagi buzuqlik Xudoning hukmini talab qiladi. Biroq, Muqaddas Xudo bizning buzuqligimizga yo'l bermadi, balki bizni O'zi bilan yarashtirish uchun Maryam O'g'lini yubordi. U har bir kishini bu dunyoning gunohi uchun Masihning to'lovini qabul qilib, tavba qilishga va Uning oldiga kelishga taklif qiladi.

"Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin." (Yuhanno 3:15-16)

Kunda ona bir necha marta bolalarini tozalagandek, shuningdek Muqaddas Xudo sizni poklashni, muqaddaslashni va yangilashni hoxlaydi. Shavqatli va Mehirli Xudo sizga yordam berishga tayyordir, hatto sizning eng umidsiz daxshatli soatlaringizda ham. Agar Uning oldida gunohlaringizni tan olsangiz sizni gunohlaringiz uchun hatto yashiringan gunohlaringizni ham kechirishga tayyor turibdi. U sizni sevadi, siz bilan to'g'rima to'g'ri gaplashishni istaydi va Uning oldingizga kelishingizni kutyapdi. Siz qachon Uning sevgisi uchun rahmat aytasiz, Unga sirlaringizni topshirasiz va Uning yaxshi irodasiga ko'ra yurishni o'rganasiz? U sizni keng qudratli qo'llari bilan qabul qiladi.

Qudratli Xudoning rejasi hatto uzoqqa tarqaladi. Xudo sizni Uning qonuniy bolasi bo'lishingiz uchun asrab olishni istaydi. U sizga Uning ruhiy o'g'li yoki qizi ham bo'lishingiz uchun Muqaddas Ruhidan berishni hoxlaydi. Xudoning sevgisi bizning fikrlarimizdan ham buyukroqdir. U sizning o'tkinchi tanangizga abadiy hayotini o'rnatishni istaydi. Uning oldiga keling, Uni qidiring va Uning shunday degan va'dasiga ko'ra siz Uni topasiz: "Meni izlang, butun yuragingiz bilan Meni izlaganingizda, Meni topasiz" (Yeremiyo 29:13)


Masihning daldasi

"Yig'laganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topur." (Matto 5:4) Masih to'la mehr bilan, O'zining ilohiy sevgisi bilan azob tortayotgan dunyomizga keldi. Iso ularga achindi, chunki cho'ponsiz qo'ylarday dovdiragan va holdan toygan edilar (Matto 9:36). Iso O'zining shogirlarini ularga qul qilmasdan, Unga ergashishlari uchun chaqirdi. Iso ularga misol bo'ldi va ularni kamtarlik bilan boshqardi. Yuhanno va uning ukasi ularni qabul qilishdan bosh tortganlar ustiga osmondan olov tushishiga amr berishni istaganlarida, Iso ularga tanbeh berdi, va dedi, "Sizlar qanday ruhda borayotganingizni bilasizlar" (Luqo 9:55).

Shogirdlarining gapiruvchisi bo'lgan Butrus o'zining Ustozidan tonganda, hatto Iso uni allaqachon ogohlantirgan edi,u juda achchiq yig'ladi. Biroq, o'limdan tirilgan Maryam O'g'li uni izladi, uni kechirdi va Rabbiysiga qayta xizmat qilish uchun unga taklif qilish orqali unga dalda berdi.

Hoyin Yahudo o'zining Ustozini bo'sa bilan Uning dushmanlariga topshirganda, Iso uni la'natlamadi yoki unga tanbeh bermadi, balki undan so'radi, "Do'stim, nima uchun kelding? Sen Inson O'g'liga o'pish bilan hiyonat qilyapsanmi?" (Luqo 22:48; Matto 26:50).

Iso Xudoning inson qiyofasidagi sevgisidir. U osmondagi Otasi shavqatli bo'lgani kabi shavqatli edi (Luqo 6:36). Uning shifolash mo'jizalari bechora va kasallarga bo'lgan mehribonligining hodisasi edi. Iso yagona o'g'lini ko'mish uchun yo'lda yig'lab ketayotgan tul ayolni ko'rganida, dafn marosimini to'xtatib, uning o'g'lini hayotga qaytardi va u bolani onasining qo'liga topshirdi.

Sog'lom kishilarga yaqinlashishga ruhsat berilmagan o'nta mohovlar Iso o'tib ketayotganini eshitib qolishganda, ular uzoqdan baqirdilar va Undan ularni shifolashini so'radilar. Iso ularni haydab yubormadi, balki U O'zining so'zining hokimyati bilan ularni mohovlikdan shifoladi. Iso jinga chalinganlar bilan uchrashganda, nopok ruhlar umidsizlikdan baqirdilar. Iso ulardan qochib ketmadi, balki U qudratli so'zlari bilan nopok ruhlaridan ularni ozod qildi.

Iso shogirdlarini cho'kib ketmasliklaridan qutqarish uchun bo'ronni tinchitdi. U besh mingta och bo'lgan tinglovchilarni faqat beshta non va ikta baliq bilan qorinlarini to'ydirdi. Iso tomdan tushirilgan shol odamning gunohlarini kechirdi, Iso bolalarni duo qildi va Lazarning singlisiga shunday deb dalda berdi, "Agar inonsang, Xudoning ulug'vorligini ko'rasan" (Yuhanno 11:40).

Iso barchani sevdi, hatto dushmanlarini ham. U xalqning gunohlarini ham bilar edi va ular o'zlarini qutqara olmasliklarini ham bilar edi, shuning uchun, U yuragiga bu dunyoning gunohlarini oldi va Ishayo payg'ambarga shunday deb ochilgani kabi, ular uchun to'lov to'ladi: "Shubhasiz U bizning og'riqlarimizni va azoblarimizni ko'tarib yurdi; biroq biz Xudo tomonidan rad etilgan, urilgan va mubtolo bo'lgan Isoni hurmatlamadik. Lekin U bizning gunohlarimiz uchun yaralandi, U bizning ahloqsizliklarimiz uchun yaralandi; Tinchligimiz uchun bo'lgan jazo Uning ustida edi va biz Uning yaralaridan shifo topdik. Biz hammamiz adashgan qo'y kabimiz: bizning har birimiz o'zimizning yo'limizga qaytganmiz; va Xudo hammamizning gunohlarimizni Unga qo'ydi." (Ishayo 53:4-6)

Maryam O'g'li dunyoning qutqaruvini tamomladi va Xudoga manzur bo'ladigan solihlikni o'rnatdi. U bizga Xudodan yupatuvchi Ruhni olish uchun O'zining to'lovli o'limi orqali sifat berdi.


Masihning izdoshlariga Muqaddas Ruhning kelishi

Xudoning sevgisiga va Masihning shifolash shavqatiga yuragini ochadigan kishi va Uning to'lovini qabul qiladigan kishi, haqiqat Ruhi ham bo'lgan yupatuvchi ilohiy Ruhni oladi. Iso o'limi oldidan qisqagina qilib izdoshlariga shuni va'da bergan: "Men Otamga murojat qilaman va U to abad sizlar bilan qoladi, boshqa Yupatuvchini yuboradi. Bu Yupatuvchi - Haqiqat Ruhidir. Dunyo Uni qabul qila olmaydi, chunki Uni na ko'radi, na biladi. Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U sizlar bilan doyim birgadir. U ichingizda yashaydi" (Yuhanno 14:16-26); 15:26-27; 16:7-14) Yupatuvchi Ruh Otaning buyuk va'dasidir. U Masih nomidan Undan so'raganlarga beriladi (Luke 11:13).

Muqaddas Ruh bizga ruhiy Otamiz bo'lgan Xudo haqida, o'zimiz haqimizda va kelajak haqidagi haqiqatni ochib berdi. U yuraklarimizning ko'zlarini ilohiy haqiqatga ochadi, bizda haqiqiy imonni o'rnatadi va bizga abadiy ishonchni beradi. U vijdonimiz orqali fosh bo'lganimizda, bizning Hukm Kunidagi Oqlovchimiz va Yupatuvchimizdir.

Haqiqat Ruhi hayotimizning har bir minutida bizni boshqaradi, xuddi havoriy Pavlus dalil keltirgani kabi: "Xudo Ruhi bilan boshqariladigan hamma, Xudoning o'g'illaridir" (Rimliklarga 8:9)

Yupatuvchi Ruh bizga ahmoqlik vaqtda, hafagarchilik va omadsizlik vaqtida bizga yordam beradi.U bizga ishonch, tinchlik va yashirin hatardan himoya qiladi va bizni o'lim changalidan ozod qiladi. Bu Ruh bizni dono bo'lib, kamtar bo'lib yashashimiz uchun ruhlantiradi va agar biz gunohlarimizdan bosh tortsak va ulardan nafratlansak, ularni yengib chiqadi. Xudoning Ruhi muqaddasdir. U bizni muqaddas qilishni, Xudoning oldida gunohlarimizni tan olishimiz uchun bizni boshqarishni va bizni haqiqat, poklik va yarashuv tomon harakatlantirishni istaydi.

Ilohiy Yupatuvchi O'zini ulug'lamaydi balki Qutqaruvchimiz bo'lgan Maryam O'g'lini ulug'laydi, va Uning sevgisining belgilarini tushunish uchun bizga yordam beradi. Xudoning Ruhi O'zida va kuchdagi abadiy hayotdir. U hayoti orqali bizga dalda beradi va o'limimizni yengadi va bizda abadiy qoladi.

Yupatuvchi Ruh Masihning izdoshlarida yashaydi chunki ular Uning to'loviga ishonadilar. Bu Ruh ularda Xudoning sevgisi, yaxshiligi va mehri nomoyon bo'lishi uchun ularning hulqini shakillantiradi. Yupatuvchi Xudoning so'zini yoyish uchun va muhtojlarga xizmat qilish uchun bizni boshqaradi. U bizni hamdu-sano va minnatdorchilik madhiyasi bilan to'ldiradi. Mehribon Yupatuvchi bizni yupatuvchilar bo'lishga o'zgartirishni hoxlaydi, xuddi havoriy Pavlus ibodat qilgani kabi: "Har turli tasallining manbai bo'lgan Xudo, marhamatli Ota, Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo'lsin! U butun g'am-qayg'ularimiz uchun bizga tasalli beradi. Shu tariqa o'zimizdek har turli qayg'ularga yo'liqqan boshqa odamlarni biz Xudodan olgan tasalli bilan ovuntira olamiz." (2 Korinfliklarga 1:3-4) Xudoning Ruhi atrofimizdagi vaziyatni tezda o'zgartirmaydi, balki birinchi Masihning qutqaruvi orqali o'zimizni o'zgartiradi. Yuragimiz Najotkorga talpinadi chunki U bizni boshidan sevdi. U bizga O'zining Xushxabarining oyatlari orqali inoyatining kuchini beradi. Masihning so'zlarini o'qiydigan kishi, ularga amal qiladigan va bunga ko'ra harakat qiladigan kishi marhamatli va baxtli kishi bo'ladi.

Xudo sizga tasalli berganmi? Agar siz yupatuvchi Ruh haqida ko'proq bilishni istasangiz, biz sizga zulmatda Xudo bilan tinchlikni topishingiz uchun fikrlash va ibodatlar bilan birga, Masih Xushxabarini sizga bajonidil yuboramiz.

Atrofingizdagi muhtojlarga tasalli bering: Agar bu sahifaning so'zlari sizga yangi umid bergan bo'lsa, buni Xudo bilan tinchlikni izlayotganlarga bering, toki ular ham umidsizliklarida tasalli olishsin. Biz sizga xizmatingiz uchun nushalarning sonidan yuborishimiz uchun, siz qancha sahifani tayinlaganingizni bizga ayting.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)