Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Christ -- 03 (Christ's Innocence)
This page in: -- Arabic? -- Azeri -- Baoule -- Chinese -- English -- French -- Greek -- Indonesian -- Japanese -- Kyrgyz -- Russian -- Sundanese -- Turkish -- Ukrainian -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

8 MAVZU: Siz Masih Haqida Nima deb O'ylaysiz?
Masihning Hayotiga, Kuchiga va Sevgisiga Kirish

3. MASIHNING AYBSIZLIGI HAQIDA NIMA BILASIZ?


Masih Xudoning Ruhida tug’ildi. Masih tug’ilishidanoq aybsiz va pok tug’ildi, U gunoh qilmadi - hatto bir marta ham, hech qachon gunoh qilmadi. Biz Xudodan gunohlarimiz uchun kechirim so’rashimizdek Masih Xudodan kechirim so’ramagan. Biz gunohimizni tan olishimiz kerak yoki tan olmasdan Xudoni va o’zimizni aldashimiz kerak. Dovud payg’ambar ko’z yoshlari bilan Xudodan kechirim so’ragan, Xudoning do’sti deb ataladigan Ibrohim payg’ambar ham shunday qilgan. Lekin na Muqaddas Kitobda yoki na Qur’onda qidirsangiz ham Masihni biror marta kechirim so’raganligi haqidagi oyatni topolmaysiz.

Masihning aybi bo'lmagan, U poklanish yoki oqlanishga muhtoj emas edi. U ochiqchasiga dushmanlariga dedi: “Qaysi biringiz Meni biron gunoh bilan ayblay olasiz?...” (Yuhanno 8:46). Lekin hech kim Masihni Uning so’zlarida yoki ishlarida ayblay olmadi. Masih hukm qilinishida Rim hokimi oldida bo’lganida, hakam qonuniy tarzda uch marta shunday deb aytishga majbur bo’ldi:“Men Undan hech qanday ayb topolmadim!” (Yuhanno 18:38 va 19:4,6).

Hatto bir odamda yashagan yovuz ruhlar Isoni yonida baqirib, shunday dedi: “Ey nosiralik Iso! Bizda nima ishing bor? Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening kimligingni bilaman, Sen Xudoning Azizisan!“ (Mark 1:24). Shunday qilib, bu dunyoga bugun va hukm kunida Masih pok, mukammal va muqaddas ekanliki aniqdir. Hech kim Masihga o’xshamaydi - Undan boshqa hamma gunoh qilgan.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 22, 2015, at 10:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)