Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Christ -- 04 (Christ's Teachings)
This page in: -- Arabic? -- Azeri -- Baoule -- Chinese -- English -- French -- Greek -- Indonesian -- Japanese -- Kyrgyz -- Russian -- Sundanese -- Turkish -- Ukrainian -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

8 MAVZU: Siz Masih Haqida Nima deb O'ylaysiz?
Masihning Hayotiga, Kuchiga va Sevgisiga Kirish

4. MASIHNING TA’LIMLARIDAN NIMANI TUSHUNASIZ?


Hamma yaxshi payg’ambarlar va elchilar Xudoning abadiy so’zidan ilhomlanganlar. Lekin Masih ijodkor va sevuvchi Xudo qudratining markazidagi Xudoning Kalomidir. Masih nafaqat aytdi, balki aytgan so’zlariga O’zi ham amal qildi. Xudoning qudrati Masihning So’zida va ishlarida aniq bir-birini tasdiqladi. Ko’pincha biz quyidagi Masih haqidagi so’zlarni o’qiymiz:“Iso bu so‘zlarni aytib bo‘lgandan keyin, xaloyiq Uning ta’limotiga hayron qoldi. Chunki Iso ularga ulamolar va farziylar kabi emas, balki qudratli kuch egasiday ta’sirchan ta’lim berar edi“ (Matto 7:28-29). Masihning raqiblari o'z xizmatchilarini Masihni qo'lga olishga jonatganlarida bu xizmatchilar Masihning so’zlaridan ta’sirlandilar va ularning vijdoniga Masihning so’zlari tegdi. Ular Masihga yaqin kelishga jur'at eta olmadilar. Xizmatkorlar boshliqlarini oldiga qaytib kelib shunday dedilar:”Hech kim hech qachon bu Odamday gapirmagan” (Yuhanno 7:46).

Masih kamtarlikda aytgan ba’zi so’zlarini eshiting: “Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, hech qachon zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo’ladi“ (Yuhanno 8:12).

“Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmaydi, Menga ishongan odam hech qachon chanqamay“ (Yuhanno 6:35).

“Dushmanlaringizni sevinglar. Sizni la’natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qiling. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizga jabr-zulm o‘tkazganlar uchun ibodat qilinglar.“ (Matto 5:44).

“Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi. Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday o‘lchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi o‘shanday o‘lchovdan foydalanadi. Nega sen birodaringning ko‘zidagi zirapchani ko‘rasan–u, o‘z ko‘zingdagi xodani sezmaysan? O‘z ko‘zingda xoda bo‘la turib, qanday qilib birodaringga:‘Kel, ko‘zingdagi zirapchani olib tashlaylik‘, — deb aytasan? Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin ko‘zingdagi xodani chiqarib ol, shunda ko‘zing tiniq ko‘radi va birodaringning ko‘zidan zirapchani chiqara olasan“ (Matto 7:1-5).

Agar siz bu aytilgan so’zlar haqida fikrlasangiz, Masih dunyoning nuri ekanligini, Unga bo’ysunganlarga U tinchlik va to’g’ri hayot berishligini tushunib yetasiz.

Barcha boshqa payg'ambarlar yoqimli oy yoritgani kabi yorqin ilohiy nurning faqatgina bir qismi bilan qorong'i dunyoga kelganlar. Ular yarim oy kabi so’ndilar. Lekin Masih quyoshning butun kuchi bilan porlab, yonib turgan quyosh kabidir. Quyosh chiqib turgan bo’lsa qanday qilib oyga ergashamiz? Masih haqiqiy nurdir! Masih payg’ambarliklarni amalga oshirdi va sevgi qonunini e’lon qildi. Uning O’zi sevgi bo’lib tanada keldi va Unga shunday deb aytishiga huquq berildi:“Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman… Yeru osmon bitar, lekin Mening so‘zlarim bitmas” (Yuhanno 14:6 va Matto 24:35).

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 22, 2015, at 10:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)