Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 007 (The crowning of the followers of the Good Shepherd)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
1. Xudovand Cho’ponim Mening

Yaxshi Cho’ponning izdoshlarini toj kiyishi (taqdirlanishi)


ZABUR 22:5
Umrim bo‘yi faqat inoyatu shafqating izimdan yuradi, Ey Egam, Sening uying to abad mening maskanim bo‘ladi.

Kim Muqaddas Ruh moylanishida va Masihning qonida tozalanishida yashasa tubdan o’zgarish sodir bo’ladi. Uning yuragiga Xudoning sevgisi u qabul qilgan Muqaddas Ruh orqali to’lgani uchun u mehribon bo’ladi. Bunday odam boshqa tashqi va insoniy tushunmovchiliklarga jalb bo’lmaydi, aksincha Iso ularga yaxshi Cho’pon bo’lib xizmat qilganidek vaqtni, pulni, kuchni va muxtojlarga xizmat qilishga qurbon qiladi.

Kim Xudo tarafidan yangilangan bo’lsa, boshqalarga Xudoning hayotini olib kelishga harakat qiladi. U abadiy hayotni bo’lishishni xohlaydi, chunki uning o’zi ham Xudoning So’zi orqali ruhiy o’limdan qutqarilgan; u boshqalarga unga nima berilgan bo’lsa uni berishni xohlaydi. U mehrni qabul qilgani uchun, boshqalarga mehrni beradi. U hudbinligi ustidan Xudoning sevgisini amalda qo’llash orqali g’alaba qiladi. U sabr va yaxshilikka to’la dono so’zlar bilan bo’lishadi. Xudo sizga taklif qilayotgan imkoniyatlarni tushundingizmi? U sizni barakalagandan keyin sizni boshqalarni ham marhamatlaydigan qiladi. U sizning yuragingizni qizg’anchilikdan ozod qiladi va muxtoj va kambag’allarni, yetimlarni va bevalarni, ko’r va cho’loqlarni tushunish imkoniyatini beradi. Agar kim boy mamlakatda yashasa agar xohlasa kambag’al davlatda yashaydiganlarga yordam berishi mumkin! Iso hammaga teng o’rgatgan va xizmat qilgan. Iso odamlarni yovuz ruhlardan ozod qilgan va ularning kasalliklarini tuzatgan. Biz olqishlar, mashxurliklar va kino yulduzlariga e’tibor bermasdan, aksincha Isodek adashgan va haqoratlanganlarga (mengsinilmaganlarga) qarashimiz kerak. Isoning Ruhi bizni xushxabar aytishga va odamlarga xizmat qilishga yo’naltiradi. Xudoning kuchi va donoligi bizni inoyat va mehr bilan taqdirlaydi. Iso shogirdlariga: “Ularni hosillaridan bilib olasizlar!” – dedi. Ruhning samarasi esa quydagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr–toqat, mehribonlik, ezgulik, ishonch, muloyimlik va o‘zini tuta bilishdir. Bu to’qqizta samara Xudoning izdoshlarini butun hayotida hamroh bo’ladi. Xudoning shuhrati izdoshlarida qoladi va Xudoning muqaddas sevgisi ularning hayotlarida aks etadi.

Albatta Xudoga ishonganlarning hayotida ichki jang bo’ladi, chunki tana xohishi Xudoning Ruhiga qarshidir. Biz Isoga ergashishni adashishsizlik va muxtojsizlikda yashasni tasavvur qilmaymiz, aksincha yaxshi Cho’ponning sodiqligi aniqlikda isbotlanadi. U bizni yolg’iz qoldirmaydi. U aka singillarni bizga yordam berish uchun olib keladi. Shunda faqatgina biz muammo bor odam emasligimizni tushunib olamiz. Xudo bizning qiyinchiliklarimizni faqat bir marta emas, aksincha doimiy hal qilib beradi. Unga yuragingizni bering va hamma xavotirlaringizni Unga ishoning shunda Xudo siz bilganingizdan ham ko’proq imkonyatlarga egaligini tushunasiz.

U insonga sevgiga to’la tarzda buriladi. U sizni o’zingizni mamnun xis qilishingizni hukm qilmaydi. Yo’q, U sizni o’zingizdan ozod qiladi toki Iso O’zini hamma odamlarning xizmatkori qilganidek siz ham boshqalarga xizmat qilishni o’rganing. Siz boshqalarga xizmatkor bo’lishga tayyormisiz? Yoki o’zingizga Xo’jayin bo’lishni xohlaysizmi? Siz taniqli, katta va ko’zga ko’rinadigan, ko’plar qadrlaydigan bo’lishni xohlaysizmi yoki muqaddas shuhratidan va hammaning xizmatkori bo’lgan Isoga ergashishni xohlaysizmi? Iso bizga: ”Orangizda kim katta bo‘lishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. Orangizda kim birinchi bo‘lishni istasa, hammangizga qul bo‘lsin” (Mark 10:43-44) – deydi.

Dovud Zaburini Xudovand Uyida nafaqat hayotida, balki abadiy qolishini aytish bilan tugatadi. U o’zi qaysar xalqini boshqarolmasligi va yetaklay olmasligi bilgan. Har kuni u kuchga va donolikka muxtoj bo’lgan. Shuning uchun u doimiy Xudo bilan yaqin bo’lishni qidirgan. Nafaqat o’lim Vodiysida, balki hayotimizning baland joylarida ham bizga Xudo bilan aloqa kerak. Biz Unda yashaganimiz sari Uning yaqinlashishini ko’ramiz.

Kim Xudoning So’zini doimiy o’qimasa va ergashmasa uzum tokdan qirqilib tashlaganidek ichidan o’ladi. Agar siz o’zingizni Isodan uzsangiz va Uning So’zini boshqa o’qimasangiz hech kim sizga yordam berolmaydi.

Har bir odam uning ongida Xudoga qaraydi. Odam Xudoning Uyiga muxtojdir. U maqsadiga erishib uyiga qaytishni xohlaydi. Dovud Xudoning Uyida qolishini aytib kuylaydi; u u yerda abadiy yashashni xohlaydi. Iso: ”Otamning uyida maskan ko‘p. Shunday bo‘lmaganda edi, sizlarga bularni aytib o‘tirmagan bo‘lardim. Men sizlarga joy tayyorlagani ketyapman” (Yuhanno 14:2) – dedi.

Siz Xudoga muxtojmisiz? Hayotdagi aniq maqsadingiz nima? Siz omadli, boy, xurmatlimisiz? Siz abadiy hayotni hamma rohatlar bilan kutyabsizmi? Yoki Osmondagi Otangizni va Uning abadiy shuhratida qatnashishni ko’rishni xohlaysizmi? Biz tanaviy yoki aqliy zavqlanish jannatini qidirmaymiz, aksincha Xudoning huzurini qidiramiz. Iso: ”Pokdil bo‘lganlar baxtlidir, chunki ular Xudoni ko‘radilar” (Matto 5:8) – dedi. Siz o’zingiz hech qachon pok yurak yaratolmaysiz, aksincha sizni qidirib topib qutqargan Isoda kechirim qabul qilasiz. Iso Otaning Uyiga siz uchun yo’l o’rnatdi. U siz uyga xavfsiz yetib kelishingiz uchun qonuniy huquq beradi. Charchaganingizda U sizga orom beradi va uyiga olib kiradi. Bu U qo’ylarini belgilangan joyga yo’qotmasdan olib keladigan Yaxshi Cho’ponligini ko’rsatadi. Abadiylikda katta suruv va bitta Cho’pon va xursandchilik va xavfsizlikda yashayotgan hamma xalqdan bo’lgan Masih izdoshlarinng orasida birlik bo’ladi.

Aziz kitobxon biz: Bu Zaburni yuragingizdan o’rganing! – deb taklif qilamiz. U sizga hayotingizda hamroh bo’ladi va qiyin vaqtlarda sizga kuch beradi. Bu so’zlarni ongingizga muhrlab olishga uyalmang. Ularni yuragingizda saqlang, ular haqida o’ylang va ularni boshqalarga ayting. Bu yerda yodlashingiz, uni saqlashingiz va yurakdan ibodat qilishingiz uchun Zabur 22 ni to’lig’ligicha bor:

Egam Mening cho‘ponimdir.
Muxtojlik ko‘rmasman.
Yam–yashil yaylovlarda U menga orom beradi,
Sokin irmoqlar bo‘yida U meni yetaklaydi.
U menga qayta kuch baxsh etadi.
O‘zining nomi haqi–hurmati
Meni to‘g‘ri so‘qmoqlardan yetaklaydi.
Ey Egam!
Hatto zulmat vodiysida yursam ham,
Xavf–xatardan qo‘rqmayman,
Axir, Sen men bilan birgasan.
Sening cho‘pon tayog‘ing,
Xiviching meni himoya qiladi.
Dushmanlarimning ko‘z o‘ngida
Men uchun dasturxon tuzaysan.
Boshimga moy surtib,
Sen meni hurmat bilan kutib olasan.
Mening kosam ham to‘lib–toshgan.
Umrim bo‘yi faqat inoyatu
shafqating izimdan yuradi,
Ey Egam, Sening uying to abad
mening maskanim bo‘ladi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)