Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 006 (Life with God in His Spirit)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
1. Xudovand Cho’ponim Mening

Xudoning Ruhidagi U bilan hayot


ZABUR 22:5
5 Dushmanlarimning ko‘z o‘ngida Men uchun dasturxon tuzaysan. Boshimga moy surtib, Sen meni hurmat bilan kutib olasan.

Tasavvur qiling shaxzoda qasrida bo’ladigan kechaga sizni taklif qildi. Siz eng chiroyli kiyimingizni kiyasiz va hayajonga to’lib ketasiz. Keyin qasrga yetib kelganingizda sizni yorug’ ball xonasiga olib kirishadi. Siz Xo’jayin kelgunigacha kutasiz. U kirishi bilan u siz bilan shaxsan ko’rishadi. Siz u bilan birga bitta stolda o’tirasiz va juda kam odamlar erisha oladigan u bilan gaplashish imtiyoziga ega bo’lasiz.

Birdaniga: ”Dushman hujum qilyabdi! U raketa va samalyotlarini ishlatyabdi! Armiya qasrga yaqinlashyabdi!” – degan hayqiriq ovoz xonani jaranglatib yubordi. Urush boshlandi. Qasr qurshab olingan. Siz kechki kiyimlaringizni yechib o’zingizni urush ichiga otmoqchisiz, lekin hokim sizning yelkangizga qo’lini qo’yib, kulib: ”O’tir! To’xta! Tinchlan! Men shu yerdaman. Bu mening ishim. Men bugun seni kechaga taklif qildim. Endi biz uni nishonlaymiz va xavotirlanmaymiz. Hozir birga yeymiz, ichamiz va birga xursandchilik qilamiz” – deydi. Lekin agar siz duduqlanib: ”Ha, janob, lekin dushman…” – desangiz, u sizga: ”Kuchli bo’l! Men shu yerdaman. Mening qudratim sen bilganingdan ham ko’pdir. Dushmanni atrofimizda g’azablanishiga yo’l qo’y. Ular bizni oldimizgacha yetib kelishmaydi!” – deb javob beradi.

Dovud kechadagi kuchli boshqaruvchining misolini dushman sizning Xudo bilan munosabatingizni buzmoqchi bo’lganda siz qanchalik butunlay xavfsiz ekanligingizni ko’rsatish uchun qo’llaydi. Qudratli Xudo siz bilan. Bu dunyodagi hech qanday kuch yoki keyingi harakat Xudoning himoyasidan sizni ajiratolmaydi. Balki Elishay Gaxazini ko’zlarini ochib yuborishini so’raganda ko’p yonib turgan otlar va aravalarni ko’ra olganidek Xudo sizning ham ko’zlaringizni ochib yuborar. Keyin u: “Chunki bizning himoyachilarimiz ularnikidan juda ko‘p” (4 Shohlar 6:16) – deyilgan so’zlarni tushundi.

Shuning uchun Qudratli Xudo: ”Tinchlan. O’tir. Yegin va ichgin va biror narsa seni halok qilishiga yo’l qo’yma. Men sen bilanman.” Agar hatto dushman Xudoning qasrga yetib kelsa ham va ularning do’zaqiy kulishlari quloq’laringizga eshitilsa ham, agar ular sizni parcha parcha qilib yuborishdek tuyulsa Shohga qarang. U sizning ko’zlaringizga jimgina qarab: ”Men seni qutqardim, Sening ismingni aytib chaqirdim, Sen Menikisan, qo‘rqma! (Ishayo 43:1). Hech kim seni mening qo’limdan olib ketmaydi!” – deydi.

Balki dushmaningiz sizni quvir. Ular ayyorlikni qo’llaydilar, ba’zida shafqatsiz qiynaydilar. Ularni tez ko’payganini ko’rganmisiz? Uning O’zi, Qudratli Xudo siz bilan bo’lgani uchun tinch qolishingizni va xursand bo’lishingizni so’raydi. U sizni Uning kechasida qatnashishingiz uchun taklif qildi. Siz Uni mehmoni bo’lib tanlangansiz. Yer va osmon yo’q bo’lib ketadi, lekin siz qimirlamaysiz. U, tirik Xudo siz bilandir (Matto 24:35).

Hech qaysi odam o’zidan imon chiqarolmaydi. Faqat Xudoning Ruhi bunday ishonchni olib keladi va uni saqlaydi. Shoh Dovud:

Hushbo’y moy ila moylaysan boshimni

deb sirli so’zlarni aytadi.

Eski Ahdda ruhoniylar, shohlar va payg’ambarlar hushbo’y moy bilan moylanganlar. Bu Muqaddas Ruhni qabul qilinganini belgisi bo’lgan, toki Uning boshqaruvi va donoligi, Uning kuchi va sevgisi tanlangan odamda yashasin, bu unga Xudoning suruviga qayg’urish majburyatlarini amalga oshira olish imkoniyatini bergan. Iso birinchi bo’lib moylanmagan. Undan oldin ko’p ‘masihlar (payg’ambarlar)’ Xudoning so’zlarini e’lon qilish Uning ishlarini yetkazish uchun Muqaddas Ruh bilan moylanganlar. Lekin Iso oldingi moylanganlarning birortasiga o’xshamagan. Hamma muqaddas tayyorlangan xizmatlar, kuchlar va hokimyatlar birgalikda Unda jamlanadi. U: ”Egamizning Ruhi meni qamradi.

Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun, Egam meni tanladi. Zindondagilarga qutulasiz, deb aytmoq uchun, ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun, asirlarni ozod qilmoq uchun, Egamning marhamat yilini ma’lum etmoq uchun, Egam Meni yubordi” (Luqo 4:18-19).

Iso Masih dunyoni Xodo bilan yarashtirgandan va Xudoga ko’tarilgandan keyin va Otaning hamma mehri uchun biz uchun shahodat qilyabdi va hamma odamlarga Muqaddas Ruhni berish huquqini qabul qildi. Kim Isoga ergashsa Muqaddas Ruhni qabul qiladi. Kim Uning suruviga qo’shilsa xursandchilik moyi bilan moylanadi va kim Unga ishonsa oqlanadi, gunoh qulligidan sotib olinadi va barakalanadi. Muqaddas Ruhda moylanish haqiqiy Masihiyning kuchidir. Kim Masihning Ruhiga ega bo’lmasa Unga tegishli emasdir. Xudo Ruhining yetakchiligida yashaydiganlarning hammasi Xudoning farzandlaridir (Rimliklarga 8:9 va 14).

Muqaddas Ruhning moylanishini so’rang. O’shanda vijdoningiz toza, yuragingiz pok, aqlingiz xursand va hayotingiz Xudovandga qurbon bo’ladi. Yaxshi Cho’pondan Uning suruviga qo’shilishni so’rang va siz Undan abadiy hayot qabul qilasiz. Masihiylar moylangandirlar, chunki Moylangan Masih ularni Muqaddas Ruhi bilan moylagan. Qur’on Hadid Surasi 57:27 da bunday dalilni ko’rsatadi: ”(Iyso binni Maryamni) Maryamning O’g’liga ergashgan zotlarning dillarida mehribonlik va rahm-shafqat paydo qildik”. Bu moylanish faqat Masihning izdoshlari orqali qabul qilinadi.

Lim-lim to’ldirgan kosamni

Zaburchi va qo’shiqchi uning guvohlik ibodatini buyuk misol, ilohiy kechani ishlatib davom ettiradi. U yerda boshqa yetishmovchilik va qo’rquv yo’qdir, aksincha sovg’a va ino'mlar mo’ldir. Bu misol Masihiylar ko’p vino ichishi kerak deganini bildirmaydi. Havoriy Pavlus: ”Sharob ichib mast bo‘lmanglar, chunki bu buzuqlikka olib boradi. Aksincha, Muqaddas Ruhga to‘lib–toshinglar” (Efisliklarga 5:18) – deb aniq aytgan. To’la kosa Isoning izdoshlari tomonidan Ruhga to’lish belgisidir. Isoning izdoshlari nafaqat o’zlari Muqaddas Ruhni qabul qiladilar, boshqalarga to’lishlari uchun yordam beradilar. U yerda baraka inoyati bordir. Xudoning marhamati tugamaydi. Shohning sodiqligi abadiy qoladi!

22 Zaburdagi to’la kosa va’dasi Yangi Ahdda Iso shogirdlarini gunohlarini kechirishi uchun najot kosasini ham ko’rsatadi (1 Kor. 11:25). Hamma Unga tegishlilar yaxshi Cho’ponda kunli tozalanishi kerak. Chunki Masihiylarning o’zlari tozalanganlar, ular hamma odamlarga oqlanish inoyatini taklif qiladilar. Ko’plar yuraklarida najotni qabul qildilar. Iso Masihning qoni yurak burchagidagi eng o’chmas ifloslikni Ishayo payg’ambarning va’dasiga binoan o’chiradi (Ishayo 1:18): Garchi gunohlaringiz qorayib ketgan bo’lsa ham, ular ipakdek oppoq bo’ladi.

Gunoglaringizga kechirim olganmisiz? Gunohlaringizdan ozod bo’lganmisiz yoki hali ham najotingizga shubhalanib yashayabsizmi? Siz o’tgan gunohlaringizni kechirilishini ongingizda tasavvur qilasizmi yoki yoshligingiz vasvasalarida xavotirlanasizmi? Yaxshi Cho’pon Iso ozodlikni va to’liq kechirimni va qalbning tozalanishi orqali va’dani beradi. Najot kosasini oling va iching. Iso Masihning qoni sizni abadiy hayotga tozalaydi. U sizga Uning marhamatida muqaddas hayot kechirishingizga kuch beradi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 10:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)