Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 008 (The Good Shepherd and His lost sheep)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
2. Yaxshi Cho’pon va Uning adashgan qo’ylari

Yaxshi Cho’pon va Uning adashgan qo’ylari


Dovud yosh cho’pon bo’lib qo’ylarini boqqanidek, shoh bo’lib shohligini o’rnatganidek, payg’ambar bo’lib olqishlarini kuylaganidek, Dovuddan ming yil keyin Iso yer yuzida Yaxshi Cho’pon bo’ldi. Dovudning qo’shig’ini tasdiqladi va bizni ulug’lashga olib borish yo’lini chuqurlashtirdi.

Iso shogirdlariga Yo’qolgan Qo’y Matalini o’rgatdi va ularga – Cho’pon yo’qolgan qo’yni qidirishi tasviri bilan – Xudo qanchalik yo’qolganlarni topgunigacha qidirishini – tushuntirdi. O’ylab ko’ring: Cho’pon yo’qolganlarni o’zini foydasi uchun, zo’r taqvador bo’lish uchun yoki ikkiyuzlamachilikdan ozod bo’lish uchun qidirmayabdi, aksincha Xudodan ketvorganlar va gunoh chog’ida adashib qolganliklarini tushunib yetganlar uchun qayg’uryabdi. Ular qutqarilgan bo’lishi uchun ularni qidiryotgan sodiq Cho’pondan boshqa umid yo’qligini biladilar.

Iso izdoshlariga: ”Sizlarning orangizda kimningdir yuzta qo‘yi bo‘lsa–yu, bittasi yo‘qolib qolsa, to‘qson to‘qqiztasini yaylovda qoldirib, yo‘qolgan qo‘yni topmaguncha qidirmaydimi? O‘sha qo‘yini topganda, xursand bo‘lib yelkasiga ko‘tarib oladi. U uyiga kelib, do‘stlarini, qo‘shnilarini chaqiradi va ularga: “Men yo‘qolgan qo‘yimni topdim! Xursandchiligimga sherik bo‘linglar”, — deb aytadi. Sizlarga aytamanki, xuddi shu singari, tavbaga hojat sezmagan to‘qson to‘qqizta solih odamdan ko‘ra, tavba qilgan bitta gunohkor uchun osmonda ko‘proq shodlik bo‘ladi” (Luqo 15:4-7) – dedi.

Kim bu matal haqida o’ylasa uning fikriga mana bunday kino tasviri keladi: Birdaniga cho’pon bitta qo’yi yo’qolganini bilib qolib suruvni tashlab ketadi. U boshqa qo’ylarni o’ralgan xavfsiz joyga olib keladi va yovvoyi hayvonlar qo’yni parcha-parcha qilib tashlamasliklari uchun yo’qolgan qo’yni topish uchun bir kunlik uzoqlikdagi yo’lga yuguradi. U butalar orasidan shoshiladi va o’tkir o’tlarni va kiyimlarini va tanasini tiladigan tikonlarni qirqadi, toshlarga qoqiladi, balchiq suvdan o’tadi, nafasi tiqilib qirlarni oshadi. Charchab yerga yiqiladi, lekin yana o’zini qo’lga olib turadi. Oldinga qoqiladi va qattiq kuchsizlanadi. Lekin yo’qolgan qo’y haqidagi o’y uni dam olishiga yo’l qo’ymaydi. U uni topishi va sog’ omon uyga olib kelishi kerak.

U birdaniga bir masofadan bechorahol ohangda baragan ovozni eshitadi. U tepalikni yoniga keladi. Umidsiz tubsizlikni ustida shohni ushlab turgan qo’y endi unga umid bilan qaraydi. Kalxatlar uning atrofida tez orada yo’qolgan qo’yni yeb yuborish umidida aylanardi.

Cho’pon o’lguday charchagan bo’lib, arqonni chuqurlik chekkasidagi daraxt tanasiga bog’laydi va sekin qaysar qo’yni oldiga tushadi. Xohlagan paytda o’zi yiqilib ketish xavfi bilan qiyinchilikda qo’yga yaqin keladi. Yoqolgan qo’yni topish mashaqatli bo’ldi; Endi qutqarishning hayot uchun xavfli payti keldi. Katta qo’yning og’irligi 120 kg. Cho’pon qo’y chuqurlikda osilib turganida shohlarini sekin tikonlardan chiqarib asta yelkalariga qo’yadi.

Qo’y orqada jim turmaydi, aksincha uning qutqaruvchisi chuqurlikka tushgani uchun xursandchilikdan qimirlaydi. Xavotirga tushgan cho’ponning o’zi asta ishlaydi, arqonni mahkam ushlab sekin-sekin tepaga tortiladi va nihoyat butunlay charchaydi xavfsiz yerga chiqib oladi. U hayvon yana chuqurlikka sakrab ketmasligi uchun uni bir daqiqaga ham ketishiga yo’l qo’ymaydi. Endi cho’pon qo’yni oyog’i singanligini va tura olmayotganini payqab qoladi. U turib og’ir qo’yni yana yelkasiga ko’tarib oladi va tungacha bo’lgan uzoq yo’lda uni uyga olib ketadi. Lekin hali ham hayvon uning orqasida jim turmaydi, aksincha pitirchilab yana tushishni xohlaydi. U erkin bo’lishni xohlaydi, lekin siniq oyoq bilan uzoqqa bora olmasligini tushunmaydi. Shunday qilib yaxshi cho’pon uni uzoq masofaga (kilometrga) ko’tarib borishi kerak va temir to’siq ichida saqlashi kerak, bu u uni qutqarganidan keyin qochib ketmasligi uchundir.

Nihoyat kechasida cho’pon yuki bilan suruviga yetib keladi. U qo’yning singan oyog’ini bog’laydi – yana qo’yni orqasida ko’tarib shifolanishi kerak bo’lgan suruvga olib keladi.

Ertasiga tongda cho’pon quvonchga to’lib atrofidagi hududlardagi boshqa cho’ponlarni chaqiradi va qo’yni qanday topganligini va qanday qiyinchilik bilan uni tunda olib kelganini aytib beradi. Uning xursandchiligi ajayobdir, chunki u qo’ylarini chin yurakdan sevadi.

Iso bu matalni hatto yo’lda yo’qolganlarga tushuntiradi va adashib yurganlarning har biriga: ”Agar bir necha kun va yil bo’lsa ham - Men sening orqangdan yuguraman. Men seni topgunga qadar qidiraman. Men seni chuqurligidagi hayqirig’ingni eshita olaman. Men kelaman va yordam beraman!” – deb va’da beradi. Balki siz o’zingizning aqlsizligingizda jimdirsiz, lekin yaxshi Cho’pon sizni oldingizga kelib sizni yelkasida ko’tarib ketmoqchi. Siz U bilan xavfsiz bo’lgunga qadar Uning g’alabasiga ergashasizmi? U sizni kata qiyinchilkdan qutqardi va gunohlaringiz tikonlaridan tortib oldi. U sizni qanday bo’lsangiz shunday qabul qildi. U sizni uyga olib ketadi va yo’lda siz bilan birga bo’ladi. Siz og’irligingiz bilan Uning yelkasida yotasiz, ko’pincha bo’ysunmaysiz, Uning yelkasidan sakrab tushub qochib ketishni xohlaysiz. Lekin U sizni tutib oladi, oldingi joyingizga qo’yadi va O’zining davrasiga olib keladi.

Keyin Iso: ”…tavbaga hojat sezmagan to‘qson to‘qqizta solih odamdan ko‘ra, tavba qilgan bitta gunohkor uchun osmonda ko‘proq shodlik bo‘ladi” – degan ajoyib xulosa bilan O’zining matalini ochib berdi.

Butun osmonni shodlanishini hech o’ylab ko’rganmisiz? Hamma farishtalar musiqa cholyabdilar! Ota Xudo xursand, Muqaddas Ruh shodlikka to’la va Yaxshi Cho’pon xursand – bularning hammasi odam Xudoning sevgisiga kelgani, o’zgartirilgani va qutqarilgani uchundir. Osmon siz uchun shodlanganmi yoki odamlarga yoqishni istaganlarga o’xshab va tavbaga muxtoj emaslarday o’zingizga tegishlimisiz? Hech ko’rinadigan yoki ko’rinmaydigan gunohingiz uchun kechirim so’raganmisiz? Siz Iso topgan yoqolgan odammisiz yoki jamoatga taskin va yordam qidirib kelib ko’p shodlana olmaydigan xudbin gunohkorga o’xshab yuragi toshmisiz? Siz kimga tegishlisiz? Chuqurlikda osilib turganday yolg’izmisiz yoki sodiq Cho’ponning yelkasida xavfsizmisiz? Siz muqaddaslar davrasiga allaqachon kelib yaxshi Cho’ponning suruviga qo’shildingizmi? Shunday qilib siz tavba qilganingiz va Xudovandingiz sizni uyga olib kelgani uchun butun osmonda shodlik bo’ladi. Najotkoringizni azoblari uchun Unga minnatdorchilik bildirgani vaqt topdingizmi? Agar yaxshi Cho’ponni ulug’lasangiz va yashayotgan joyingizda U sizni qutqarganini ko’plar bilan bo’lishsangiz osmondagi shodlikni ko’paytirasiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:10 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)