Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 22 - Conduct 4

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

4. Xushxabar Qonunidagi Bolalar, Yetimlar va Merosho'rlar



Mark 10:13-16 -- 13 Ularning peshanasiga qo'lini qo'ysin, deb Isoning oldiga bolalarni keltirishardi. Shogirdlar esa yetaklab keluvchilarni koyib qo'yishdi. 14 Iso buni ko'rganda, g'azablanib dedi: - Bolalarga yo'l qo'yinglar, Mening oldimga kelishiga to'sqinlik qilmanglar! Mana, Xudoning Shohligi bundaylarnikidir. 15 Sizlarga chinini aytayin: kim Xudoning Shohligini bola kabi qabul qilmasa, unga hech kirolmaydi. 16 Keyin bolalarni quchoqlab, ularning peshanalarini silab duo qildi.
Matto 21:15-16 -- 15 Lekin oliy ruhoniylar va ulamolar Isoning qilayotgan ajoyib ishlarini hamda ma'badda: “Dovud O'g'li mangu yashasin!” deb hayqirayotgan bolalarni ko'rib, darg'azab bo'ldilar. 16 – Bular nima demoqdalar, eshityapsanmi? - deyishdi Unga. Iso ularga: - Ha! - dedi. - Nahotki sizlar: “Go'dak va chaqaloqlar og'zidan Sen madhiya yaratding”, degan oyatni hech qachon o'qimagan bo'lsangiz? (Zabur 8:3)
Matto 18:1-5 -- 1 Shu kez shogirdlar Isoning oldiga kelib: - Osmon Shohligida kim buyuk? - degan savolni berdilar. 2 Iso yoniga bir bolani chaqirib, uni o'rtalarida turg'izib: 3 – Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Agar siz yo'lingizdan qaytib, bolalarday bo'lmasangiz, Osmon Shohligiga sira kirolmaysizlar. 4 Shunday qilib, kim bu bola kabi o'zini past olib yursa, Osmon Shohligida eng buyuk bo'ladi. 5 Kim shunday bir bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo'ladi.
Yuhanno 21:15 -- 15 Nonushta qilib bo'lgach, Iso Simun Butrusdan so'radi: - Yunus o'g'li Simun, sen Meni ulardan ko'proq sevasanmi? - Ha, Rabbim! Men Seni yaxshi ko'rishimni O'zing bilasanku, - dedi Unga Butrus. - Qo'zilarimni o'tlat, - dedi unga Iso.
Matto 18:6-9 -- 6Kimki Menga ishongan bu kichiklardan birontasini yo'ldan ozdirsa, uning bo'yniga ulkan tegirmon toshini osib dengiz chuqurligiga cho'ktirilishi u uchun yaxshiroq bo'lar edi. 7 Vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar kelishi shaksizdir, lekin kim orqali kelsa, o'sha odamning holiga voy! 8 Agar qo'ling yoki oyog'ing seni yo'ldan ozdirsa, uni kesib tashla. Senga ikki qo'lu ikki oyog'ing bilan abadiy o'tga tashlanishdan ko'ra, mayib yoki cho'loq bo'lib abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir. 9 Agar ko'zing seni yo'ldan ozdirsa, uni o'yib tashla. Senga ikki ko'zing bilan o'tli jahannamga tashlanishdan ko'ra, bir ko'z bilan abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir”.
Matto 18:10-14 -- 10Ehtiyot bo'linglar, bu kichikdan birortasini ham xor qilmanglar. Men sizga shuni aytaman: osmonda ularning farishtalari doimo samoviy Otamning jamolini ko'rib turadilar. 11 [Inson O'g'li esa adashib gumroh bo'lganlarni qutqarish uchun kelgan.] 12 Sizlarning fikringiz qanday? Agar bir odamning yuzta qo'yi bo'lib, ulardan biri adashib qolsa, to'qson to'qqizini tog'larda qoldirib, adashib qolganini izlab ketmaydimi? 13 Agarda uni topib olsa bormi, sizga rostini aytsam, adashmagan to'qson to'qqiztadan ko'ra, shu bir qo'y uchun u ko'proq sevinadi. 14 Shunga o'xshab, osmondagi Otangiz bu kichiklardan birining ham halok bo'lishini istamaydi”.
Luqo 12:13-15 -- 13 Haloyiq ichidan kimdir Isoga: - Ustoz, akamga ayt, merosni men bilan bo'lsin, - dedi. 14 Iso unga: - Ey inson! Meni sizlarga kim qozi yoki meros bo'luvchi qilib qo'ydi? - dedi. 15 Keyin xaloyiqqa: - Ehtiyot bo'linglar, o'zingizni har turli tamagirlikdan saqlanglar. Zero inson umri uning mol-mulki ko'pligiga bog'liq emas, - dedi.
Matto 5:40,42 -- 40 Kim sen bilan da'volashib, ko'ylagingni olmoqchi bo'lsa, unga to'ningni ham berib yubor. … 42 Sendan so'raganga ber, sendan qarz olmoqchi bo'lgandan yuz o'girma.

Hulosa

Iso hamma bolalarni sevadi. U ularning ishonchlarini, yumshoq qalblarini tushungan. Holbuki, Iso bola xushxabari uchun ko'rsatuv qo'ymagan, yoki muhim diniy buyruq uchun birorta reja qilmagan. Iso jamoatning kichiklarini tushunish uchun ularning chegaralangan qobilyatlariga ko'ra ularning tillarida U tomon yetaklashlari uchun ishonadigan ota-onalariga va sevadigan cho'ponlarga ishongan. Iso bolalarning qalbi tez-tez Muqaddas Ruhning ovozidan ko'ra o'zlarining tushunchalariga ishonadigan, tanqidga hos o'ylaydigan o'smirlardan ko'ra donolik bilan tezda Xudoning Shohligining sirlarini tushuna olishini aytgan.

Iso har qanday zinodan va xudosiz bo'lgan vasvasadan O'zining ogohlantiruvchi so'zi bilan bolalarni himoya qilish uchun hammalariga qo'lini qo'ydi. Kimki bir bolani so'zda yoki harakatda yomon namuna orqali yoki befarqlik orqali yovuzlikka jalb qilsa, u kishi uchun bo'yniga katta tegirmon toshini osib dengizga uloqtirilishi yaxshiroqdir. Bu Xudoning so'zi barcha ota-onalarga, ustozlarga, ta'lim beruvchilarga, katta akalarga va do'stlarga ulkan javobgarlik qo'yadi. Biz bolalar va o'smirlarning onglariga qanday qilib ta'sir qilamiz? Biz ularni Masihning ruhida Xudoning so'zlari tomon boshlaymizmi? Biz hamma narsa ularga mavjud bo'lgandan beri, bahtli bo'lishni o'rganmasliklari uchun bo'lmagan ertaklarini ularga aytib beramizmi, ularga qo'rqinchli kinolar ko'rsatamizmi, yoki ularning xohishlarini qondiramizmi? Yorqin tarzda Muqaddas Kitobga hos hikoyalarni aytib beradiganlar bahtlidir, shunda ko'rinmaydigan Xudoning ishlari ularga haqiqiy insonlarning hayotlarida ko'rinarli bo'ladi. Bolalarning qo'shiqlaridan ularning qalb fikrlariga oqib kelishi qanday marhamat va bular Masihning misollaridan keyin ularning kelajak hayotlarini qurish uchun hissa qo'shadi!

Biz bu qisqa bayon uchun Rabbiyga tashakkur bildiramiz: “Kimki Mening nomimdan bu kichiklardan (ota-onasiz, yoki uysiz bo'lgan) birini qabul qilsa Meni qabul qilgan bo'ladi.” (Mark 9:37) chunki bu oyat minglab yetimlarni ko'rsatgan. Bu yana sanoqsiz bolalarning asrab olinishida natijasiga yetgan va sevgisiz bo'lgan dunyomizga juda ko'p marhamatlar olib kelgan. Beva va yetimlar uchun qayg'urish Masihning yozilmagan qonuni va Muqaddas Ruhning doyimiy ko'rsatuvidir. Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!

Iso o'lgan insondan merosni merosho'rlarga qanday taqsimlash haqida qonun-qoidalarni aytmagan, xuddi Qur'onda biz batafsil topishimizga o'xshab, buni eslatib o'tish qiziqarlidir. Iso uchun dunyoviy mol-mulk o'tkinchi xazinalardir. U bularga vaqtini bekor sarflamagan va U siz bilan janjallashib, merosni xohlaydigan kishiga merosni berishingiz kerakligini aytadi. Huquqlaringizdan o'zingizni tiying, chunki Xudo siz uchun qayg'uradi, sizni himoya qiladi va siz tinchligingizni saqlab qolasiz. Xohlaganidan ham ko'proqni xohlab siz bilan janjallashadigan kishiga bering. Dunyoviy mol-molkka yopishib olgan kishiga bu marhamat olib kelmaydi. Hayotini saqlashni istagan kishi buni yo'qotadi va Iso uchun hayotini yo'qotadigan kishi buni topadi. Xudo bizni yerga hos bo'lgan bog'liqliklardan asraydi va U bizni doyimiy va abadiy uyimizga bo'lgan oxirgi safar uchun tayyorlaydi.

Biz vasvasaga tushmaslik uchun va burchlarimizga e'tiborsiz qolmasligimiz uchun, shunday vazifalarni bo'lishish tufayli otasiz qolganlarning merosini va uysiz qolganlarning mol-mulkini himoya qilish donolik va sodiqlikni talab qiladi, chunki biz qiyomat kunida g'amho'rlik qilish uchun bizga ishonib topshirilgan har bir Tigin uchun hisob beramiz. Biz ota-onasizlarning tanaviy va ruhiy sog'liklaridan tashqari ularning pullarini ishlatmaymiz. Bizga ishonib topshirilgan barcha to'lov uchun Xudo va insonlar oldida javobgarmiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:09 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)