Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 23 - Conduct 5

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

5. Masihning Sevgisi Nafrat va Qasosni Yengib chiqadi



Matto 5:9-12 -- 9 Tinchlik o'rnatuvchilar bahtlidir, chunki ular Xudo o'g'illari deyilur. 10 Adolat yo'lida jabr ko'rganlar bahtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir. 11 Men tufayli odamlar sizni haqoratlab quvg'in etsa, siz haqda yolg'on gapirib fisqu g'iybat qilsa, bahtlisiz! 12 Sevininglar va hursand bo'linglar, chunki sizga osmon mukofoti buyuk. Sizdan avval o'tgan payg'ambarlar ham shunday quvg'in bo'lgan.
Matto 5:21-26,38-39,43-48 -- 21 “Qadimgilarga: 'Odam o'ldirma; kim odam o'ldirsa, javobgarlikka tortiladi', - deb aytilganini eshitgansizlar. 22 Lekin Men sizga aytaman: kimki birodariga behuda g'azablansa, javobgarlikka tortiladi. Kimki birodariga ahmoq desa,oliy mahkamada javob beradi. Kimki birodariga telba desa, jahannam olovida javob beradi. 23 Shunday qilib, sen xayr-ehsoningni qurbongohga olib kelganingda, agar u yerda birodaring sendan hafa ekani yodingga tushsa, 24 xayr-ehsoningni u yerda, qurbongoh oldida qoldir va borib, avval birodaring bilan yarashgil. Shundan keyin kelib, xayr-ehsoningni bajo keltir. 25 Sen raqibing bilan qozixonaga borarkansan, yo'l-yo'lakay u bilan kelishishga shoshil, toki raqibing seni qoziga, qozi esa mirshabga topshirib, seni zindonga tashlamasin. 26 Senga chinini aytayin: oxirgi tiyiningni bermaguningcha, u yerdan chiqolmaysan!” (Matto 18:23-25; Mark 11:25; Luqo 12:58-59; 1 Yuhanno 3:15 ham o'qing) – … 38 Sizlar: Ko'z evaziga ko'z, tish evaziga tish, - deb aytilganini eshitgansizlar. 39 Lekin Men sizga aytaman: yomonga qarshi chiqma. Kim sening o'ng chakkangga ursa, unga ikkinchisini ham o'gir. (Yuhanno 18:22-23; Rimliklarga 12:19-22; 1 Butrus 2:20-21 ham o'qing) – … 43 “Yana: 'Qardoshingni sevgin, dushmaningdan nafratlan', - deb aytilganini eshitgansizlar. 44 Lekin Men sizga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar. [sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun,] sizga jabr-zulm o'tkazganlar uchun ibodat qilinglar. 45 Shunda siz osmondagi Otangizning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki U O'z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg'irini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog'diradi. 46 Agar sizni sevadiganlarnigina sevsangiz, bundan sizga rahmat bo'lurmi? Soliqchilar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 47 Agar siz faqat birodaringiz bilangina salomlashsangiz, qanday fazilatli ish qilgan bo'lasizlar? Butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 48 Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar. (Chiqish 23:4-5; Luqo 6:27-28; 23:24; Havoriylarga 7:60; Rimliklarga 12:14, 20)
Matto 6:12-15 -- 12 Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin. 13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan xalos qilgin. [Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuhrat to abad Senikidir. Omin] 14 Agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirsangizlar, samoviy Otangiz ham sizni kechiradi. 15 Biroq, agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi. (Mark 11:25 ham o'qing)
Matto 18:15-17, 21-22, 23-35 -- 15Agar birodaring senga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga borib, faqat yuzma-yuz gapirib, aybini unga ko'rsat. Agar senga quloq solsa, sen birodaringni qaytarib olgan bo'lasan. 16 Agar senga quloq solmasa, o'zing bilan yana bir yoki ikki kishini olib bor, toki Tavrotda yozilganidek 'aytiluvchi har bir so'z ikki yoki uch shohidning guvohligi bilan tasdiqlansin'. 17 Agar ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayt. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni kofir yoki tamagir qatorida sana. (Levitlar 19:17; Luqo 17:3; Galatiyaliklarga 6:1 ham o'qing) – … 21 Shu vaqtda Butrus kelib Isoga: “Rabbim, - dedi, - agar birodarim menga qarshi gunoh qilsa, men necha marta uni kechirayin? Yetti marta kechsam yetarmi?22 Iso unga dedi:Senga yetti marta emas, balki yetmish karra yetti marta, deyapman. (Ibtido 4:24; Luqo 4:17; Efesliklarga 4:3 ham o'qing) – … 23 Binobarin, Osmon Shohligi bandalari bilan hisob-kitob qilishni istagan bir podshohga o'xshaydi. 24 Hisoblashishni boshlaganda, undan o'n ming olti yonbi qarzdor bo'lgan bir bandani uning qoshiga keltiribdilar. 25 Lekin qarz to'lashga hech narsasi bo'lmagani uchun, podshoh unga o'zini, xotinini, bolalarini va butun mol-mulkini sotib, qarzini to'lashni buyuribdi. 26 Banda esa yerga yiqilib, podshohga ta'zim qilib: - Podshohim, sabr qiling, men sizga hammasini to'layman, - debdi. 27 Bu bandasiga rahmi kelib, podshoh uni qo'yib yuboribdi va qarzini kechirib yuboribdi. 28 U banda esa tashqariga chiqib, o'zidan yuz kumush tanga qarzdor bo'lgan bir sherigini uchratib, uni ushlab olibdi-da: - Mendan olgan qarzingni qaytar! - deb bo'g'a boshlabdi. 29 Sherigi esa uning oyoqlariga yiqilib: - Sabr qil, men senga hammasini to'layman, - deb yolvoribdi. 30 Biroq u bunga ko'nmabdi, borib, qarzini to'lamagunicha sherigini zindonga qamatib qo'yibdi. 31 Uning sheriklari bu voqeyani ko'rib, juda hafa bo'lishibdi va borib, podshohga hamma bo'lib-o'tganni xabar qilishibdi. 32 Shunda podshoh bandasini oldiga chaqirib: - Ey yovuz banda! - debdi. - Menga yolvorganing uchun, men sening barcha qarzingdan kechdim. 33 Men senga rahm qilganimday, sen ham sherigingga rahim qilsang bo'lmasmidi? 34 G'azablangan podshoh hamma qarzini to'lamagunicha bandasini azob beruvchilarning qo'liga topshiribdi. 35 Shuningdek, agar sizlarning har biringiz o'z birodaringizning gunohini chin ko'ngildan kechirmasangiz, Mening samoviy Otam ham sizlarga xuddi shu yo'lni tutadi”. (Matto 5:26, 6:14-15; Luqo 6:36; 1 Yuhanno 4:11; Yoqub 13:2)

Hulosa

Masihning vahiysi hech qanday chegaralarni bilmaydi. Uning sevgisi nafrat va g'azabning eng chuqur kanalini yengib chiqadi. Iso birinchi qotillik uchun sabablarni va hasad uchun maqsadlarni ochib tashlaydi. Rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan qotillik odatda nafrat, g'azab, qasos, hasad, achchiqlanish, rashk, o'chko'zlik, dushmanlik, ig'vo va yurakdan chiqadigan har bir narsa tufayli qilinadi, chunki bunday maqsadlar va tuyg'ular qotillik va o'ldirish uchun nusxasidir. Kimdir kimgadir shunday desa ham, “hayvon”, yoki “ahmoq”, yoki “men sendan nafratlanaman” oxirgi hukmda ayibdor bo'ladi va qiyomatda qotil hisoblanadi. Agar biz Isoning bu aytgan so'zlarini aniq tushunganimizda: “yurakdan yovuz fikrlar chiqadi”, biz yurakdan tavba qilib, yuragimizni to'liq o'zgarishini so'ragan bo'lar edi. Boshqa kishiga qarshi, uni tashqarida otib o'ldirilishini istab achchiqlanadigan kishi, o'ziga xuddi shu hukmni olib keladi. Iso bizning yuzimizdan niqobni yirtib tashlaydi va biz hammamiz qotillikka hos fikr yuritishimizni va bizda yomon fikrlar borligini va biz qotillar kabi hisoblanishimizni bizga ko'rsatadi.

Shunday achinarli holatga bo'lgan Masih Qonunining javobi shudir: tubdan tavba qilish, kechirim va dushmanimiz va yovlarimiz uchun sevgidir. Kechirmaydigan kishi o'zining gunohining kechirimini yo'qotadi. To'liq kechirmaydigan kishi, gunohlari uchun to'liqsiz kechirim oldai, chunki u Rabbiyning ibodatida shunday deb so'raydi: Ota, men boshqalarni kechirganim kabi, meni ham kechir. Iso yuragimizdan nafrat va rad etishning oxirgi ildizini sug'irib oladi, chunki Uning sevgisi faqat sevishni xohlaydi, nafratlanishni va rad etishni emas. Isoning tavba qilish ruhi bizni ayibdor ekanligimizni tan olishimiz uchun bizni kamtar qiladi. Faqat boshqalar ayibdor emas, biz ham ayibdormiz. Birinchi bosh egadigan va boshqalardan kechirim so'raydigan kishi ruhan yetuk bo'lgan kishidir. Bizning o'z hurmatimiz xochda Iso bilan mixlangan. Xochda mixlangan Isodagi huquq va hurmatdan boshqa bizda huquq va hurmat yo'q, xuddi Majusiyarning havoriysi yozganidek: “Maqtanaman degan Rabbimiz bilan maqtansin.” (1Korinifliklarga 1:31)

Biz Eski Ahddan shuni bilamiz: “Qon to'kilmasdan kechirim bo'lmaydi.” (Levitlar 17:11 va Ibroniylarga 9:22) Bu to'g'ridir, chunki qonun qoida bo'yicha “ko'zga evaziga ko'z, tishga evaziga tish” (Chiqish 21:24) shavqatsizlarcha qotillarning o'limini va jazoni talab qiladi. Biroq, Iso xochda dushmanlarimizning gunohi bilan birga bizning gunohlarimizni ham oldi va bizning o'rnimizga azob tortdi. Shuning uchun, Isoning to'lovi tufayli, biz barcha qasosdan ozod bo'ldik va bizda butunlay kechirish uchun huquq va burchlar bor. Xochga mixlanganda o'rin olmaydigan Orta Sharq dinlarining a'zolari qasos olishi kerak. Ularning orasidagi qasos olmasdan yoki qon puli olmasdan kechiradigan kishi ayibdor deb hisoblanadi! Xochga mixlangan Masih bizni kechirim va yarashuv qudratiga qasos olishdan ozod qildi. Bizning qoidalarimizning mag'zi xochdagi ishonchdir.

Iso bizning gunohlarimizni qanday qilib tez-tez kechiradi? Bir martami, o'n martami yoki yuz martami, biz Unda imonlilar bo'ldik? Javob shunday: kunda, har soatda, doyimiy tarzda va sanoqsiz U bizning xatolarimizni, kamchiliklarimizni, mag'rurliklarimizni, toshbag'irliklarimizni, va sirimizni saqlagan asosiy gunohlarimiz bilan birga boshqalrning muhtojligi uchun ko'rligimizni kechiradi. Biz hammamiz Otaning va Uning O'g'li Iso Masihning kechirimi bilan to'liq va holi yashaymiz. Xuddi shu tarzda biz ham doyim, saotlab va kunda biz tomon fikrsiz va to'siq bo'lgan dushmanlarimizni kechirishimiz kerak. Doyimiy ravishda kechirmaydigan kishi Rabbimiz Iso Masihdagi Xudoning sevgisidan o'zini ajratadi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:11 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)