Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 21 - Conduct 3

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

3. Yangi Ahddagi Turmush qurish, Zino va Ajralish



Matto 5:27-32 -- 27 “Qadimgilarga: 'Zino qilma', - deb aytilganini eshitgansizlar. 28 Lekin Men sizga aytaman: kim bir ayolga shahvat bilan qarasa ham, allaqachon u bilan ko'nglida zino qilgan bo'ladi. 29 Agar sening o'ng ko'zing gunoh qilishinga sabab bo'lsa, uni sug'irib tashla. Chunki butun badaning jahannamga tashlanishidan ko'ra, a'zoyingdan birining nobud bo'lgani sen uchun yaxshiroqdir. 30 Agar sening o'ng qo'ling gunoh qilishingga sabab bo'lsa, uni chopib tashla. Chunki butun badaning jahannamga yo'liqishidan ko'ra, a'zoyingdan birining nobud bo'lgani sen uchun yaxshiroqdir. 31 Yana deyilganki: 'Kim xotini bilan ajralmoqchi bo'lsa, unga taloq xatini yozib bersin'. 32 Lekin Men sizga aytaman: kim bevafolik aybidan boshqa sabab bilan xotinidan ajralsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajralgan xotinga uylansa, zino qilgan bo'ladi”. (Luqo 16:18, 1 Korinifliklarga 7:10,11)
Matto 8:14-17 -- 14 Iso Butrusning uyiga kelganida, uning qaynonasi isitmalab yotganini ko'rdi. 15 Iso uning qo'liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol esa turib, Unga xizmat qila boshladi. 16 Kech kirishi bilan, jinga chalingan bir talay kishini Isoning oldiga keltirishdi. U so'z bilan yomon ruhlarni quvib chiqardi, dardga yo'liqqanlarning hammasini sog'aytirdi. 17 Shu tariqa Ishayo payg'ambarga vahiy bo'lgan ushbu oyat bajo keldi: “U bizning kasalliklarimizni ko'tardi, dardlarimizni esa O'zi chekdi”.
Matto 19:3-10 -- 3 Isoni sinash niyyatidagi ba'zi farziylar Uning oldiga kelib: - Erkak har qanday sababga ko'ra o'z xotinidan ajralishi mumkinmi? - degan savolni berdilar. 4 Iso ularga javoban: - Tavrotda o'qimaganmisizlar? - dedi. - Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi 5 va dedi: “Er kishi ota-onasini qoldirib, o'z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo'ladi”. 6 Shunga ko'ra ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo'shganini bandasi ajratmasin. 7 Ular Isoga: - Unday bo'lsa, Muso nima uchun: “Erkak xotini bilan ajralsa, taloq xatini yozib bersin”, deb amr etganlar? - deyishdi. 8 U ularga dedi: - Bag'ri tosh odamlar bo'lganingiz uchun Muso sizlarga xotinlaringiz bilan ajralishga ijozat bergan. Lekin boshdan bunday emas edi. 9 Men sizlarga shuni aytayin: kim bevafolikdan boshqa sabab tufayli xotinidan ajralib, o'zgaga uylansa, zino qilgan bo'ladi. Shuningdek, eridan ajralgan xotinga uylangan ham zino qilgan bo'ladi. 10 Shogirdlar Isoga: - Agar erkakning xotiniga nisbatan shunday majburyati bo'lsa, uylanmagan yaxshiroq ekan-da! - deyishdi. (Mark 10,2-12 ko'ring)
Matto 15:15-20 -- 15 Bunga javoban Butrus: - Bizga boyagi masalni tushuntirib ber! - dedi. 16 Iso dedi: - Sizlar ham hanuzgacha anglamadingizmi? 17 Og'izga kiradigan har bir narsa qoringa o'tib, kerak joydan chiqib ketishini hali ham tushunmadingizmi? 18 Biroq og'izdan chiqadigan narsalar esa yurakdan chiqadi. Ana shular insonni harom qiladi. 19 Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlari, o'g'rilik, sohta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi. 20 Yuvilmagan qo'llar bilan ovqat yeyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.
Yuhanno 8:2-11 -- 2 Ertalab yana ma'badga qaytib keldi. Butun xalq Uning oldiga kelar, U esa odamlarga ta'lim berib o'tirar edi. 3 Shu orada ulomolar bilan farziylar bir ayolni Isoning oldiga keltirishdi, uni zino qilyotganda ushlab olishgan edi. 4 – Ustoz! - deyishdi ayolni o'rtaga qo'yib. - Bu ayol zino qilayotganida ushlandi. 5 Muso payg'ambar Qonunimizda bundaylarni toshbo'ron qilishimizni buyurganlar. Sen nima deysan? 6 Bu so'roq bilan Isoni tuzoqqa ilintirib ayiblamoqchi edilar. Iso esa ularga e'tibor bermay, engashib barmog'i bilan yerga yozar edi. 7 Ular bu haqda so'rayvergach, Iso tik turdi-da: - Sizning ichingizda kim begunoh bo'lsa, o'sha birinchi bo'lib ayolga tosh otsin, - dedi. 8 So'ng yana engashib yerga yozaverdi. 9 Ular bu gapni eshitib, vijdonan fosh bo'lishdi. Chollardan boshlab, keksayu yosh hammasi birin-ketin keta boshlashdi. Oxirida yolg'iz Iso bilan o'rtada turgan ayol qoldi. 10 Iso o'rnidan turdi-da, ayoldan boshqani ko'rmay: - Ey ayol! - dedi, - seni ayiblovchilar qani? Hech kim seni mahkum qilmadimi? 11 – Hech kim, Hazrat! - deb javob berdi ayol. - Men ham seni mahkum qilmayman, - dedi Iso. - Bor, bundan keyin boshqa gunoh qilma.
Yuhanno 4:15-21 -- 15 – Hazrat, bu suvdan menga ham ber, men ham endi chanqamayin va suv olgani bu yerga kelavermayin, - dedi ayol. 16 – Borib eringni bu yerga chaqirib kel, - dedi Iso. 17Mening erim yo'q, - dedi ayol. - Erim yo'q deb sen to'g'risini aytding, - dedi Iso. 18Sening besh nafar ering bo'lgan, hozirgisi ham ering emas. Buni sen to'g'ri aytding! 19 – Hazrat, ko'rib turibmanki, Sen payg'ambarsan, - dedi ayol. 20 – Ota-bobolarimiz bu tog'da topindilar. Ammo sizlar, topinadigan yer Quddusda, deysizlar. 21 Iso unga aytdi: - Menga ishongin, shunday vaqt keladiki, o'shanda Otaga na bu tog'da, na Quddusda topinasizlar.
Luqo 7:36-50 -- 36 Farziylardan biri Isoni taom yeyishga taklif qildi. Iso farziyning uyiga kirib, dasturxon atrofida o'tirdi. 37 Bu shaharlik gunohkor deb tanilgan bir ayol Isoning farziyning uyida mehmon bo'lganini bilib, bir ganch idishda atir moy olib keldi. 38 Isoning orqa tomonida, oyoqlari yonginsida turganicha yig'lab, ko'z yoshlari bilan Uning oyoqlarini ho'llay boshladi. So'ng sochlari bilan Isoning oyoqlarini artgancha, o'pa turib atir moy surtdi. 39 Isoni taklif etgan farziy buni ko'rgach: “Agar bu odam payg'ambar bo'lganida edi, Unga suykalib turgan shu ayolning kimligini, qanaqa gunohkor ayol ekanligini bilar edi”, - deb ko'nglidan o'tkazdi. 40 Iso unga qayrildi: - Simun, senga aytadigan so'zim bor. - Aytgil, Ustoz! - dedi u. 41 Iso dedi: - Bir qarz beruvchining ikki qarizdori bor ekan, biri besh yuz, ikkinchisi ellik kumush tanga qarz bo'lgan ekan. 42 Biroq qarizdorlarning to'lash uchun hech narsasi bo'lmaganidan, u ikkovini ham kechiribdi. Aytib ber-chi, ulardan qaysi biri uni ko'proq sevar ekan? 43 Simun javob berib: - Mening fikrimcha, ko'proq qarzi kechirilgan kishi bo'lsa kerak, - dedi. - To'g'ri mulohaza qilding, - dedi unga Iso. 44 Keyin ayolga o'girilib: - Bu ayolni ko'ryapsanmi? - dedi Simunga. - Men sening uyingga kelganimda, oyoqlarimni yuvgani suv berganing yo'q. U esa o'zining ko'z yoshlari bilan oyoqlarimni ho'llab, sochlari bilan artib quritdi. 45 Sen-chi Meni o'pganing yo'q, bu ayol esa kelganimdan beri oyoqlarimni o'pishdan to'xtamayapdi. 46 Sen boshimga hatto moy quymading, u esa-chi oyog'imga atir moy surkadi. 47 Shuning uchun senga aytib qo'yay: uning ko'p gunohlari kechirilgan, ko'p sevishining sababi ana shunda. Kimki oz kechirilsa, u oz sevadi. 48 – So'ng Iso ayolga qayrilib: - Gunohlaring kechirildi, - dedi. 49 Iso bilan birga yeb-ichib o'tirganlar o'zlaricha fikr yurita boshlashdi: “Kim bo'ldi bu gunohni ham kechirayotgan?” 50 Iso esa yana ayolga: - Ishonching seni qutqardi, eson-omon borgil, - dedi.

Hulosa

Turli hil dinlarda o'zining usullari va qoidalari bilan, bu o'rinda o'z ichiga olgan erkak va ayolning huquqlari bilan turmush qonunlarini o'rganadigan kishi hayron qoladi, chunki u kishi Xushxabarda bu haqida birorta ham so'z topmaydi. Iso birinchi izdoshlari uchun huquqlarni emas burchlarni qo'ygan. Bu burchlar qonunlar emas, balki sevgi va haqiqat yo'li bilan tabii keladigan murojatdir. Masihiylikdagi savol shunday emas: “Uyning ho'jayini qaysi biri? Umi yoki bumi?” ammo: “Kim sidqidildan boshqalarni ko'taradi va unga xizmat qiladi?” Erkak va ayollar ikkalasi ham Xudoning ulug'vorligi va sevgisi oldida gunohkordirlar; shuning uchun, ularning ikkovi ham doyimiy ravishda Najodkorlarining kechirimidan yashab keladilar. Shu yo'l bilan er va xotinlar doyimiy o'rganish va tajriba orqali bir-birlarining kamchiliklarini kechirib, bir-birlarini kechirishga odatlanganlar.

Iso turmush haqida qonun-qoida yozmagan, balki yaratilish haqida kitobiy harakatlar orqali qilingan ta'minotlarni tasdiqlab, ularni chuqurlashtirdi. Iso ajralib yana uylanish yoki erga tegishga ruhsat bermagan, balki Xudo o'rnatgan bittasi bilan turmush qurishni tasdiqlagan. Iso bir erka va bir ayolni yaratilishda Xudo “bir badan” qilib birga qo'shganini, va ikkalasi Uning suratida yaratilganini o'rgatgan.

Iso turmush qurgan erkak va ayol o'rtasida jismoniy va ruhiy birlikni yaratadigan turmushni ham tasdiqlagan. Muqaddas Kalomga ko'ra, bu er-xotin endi ikki emas, balki birdir. Ularning har biri hayotlari mobaynida bir-birlariga tegishlidirlar. Bu turmushning barcha muammolarida va bolalarni tarbiyalashda, bosib kelayotgan ijtimoiy qiyinchiliklarda sevgi va ahillikning o'sadigan birligini ko'rsatadi.

Turmushning bu birligi qarama-qarshilikda – birlikda ikkalasining har birining endi o'z fikri borligini anglatmaydi. Biroq, ular sevgi bilan oddiy maxraj topishga harakat qiladilar va barcha ishlarda yo'l uchun Isoga birgalikda sabr-toqat bilan qarashadi. Iso Qonunni, Musoning yo'llarini, Hamurabi yoki Muhammad bajargan qonunni olib kelmadi, balki o'zimizning o'zligimizni yengish uchun Ruhni, sevgini va kuch-qudratni beradi. Turmush degani bu yostiqdoshini hurmat qilib himoya qilish bilan birga o'zidan kechishni anglatadi. Kimki ajralish muhim deb o'ylasa, yostiqdoshi bilan birga birinchi navbatda Iso nimani istashini va U nima maslahat berishini bilish uchun U bilan maslahat uchrashuvi bo'lish kerak.

Isoning izdoshlariga zinoga qarshi ogohlantirishi juda qattiq bo'lganki, U zino qilmaslik uchun ko'zini sug'irib va qo'lini kesib tashlash kerakligini aytgan. Iso o'zga uchun insonning hirsini to'liq va qattiq hukm qiladi. U turmush qurgan erkak yoki ayolning zinosini umuman oqlamaydi. Isoning amrlari bizning qalblarimizni va jamiyatimizni hukm qiladi, asosan ko'chalarda ijro etilgan zinokorlik, iflos kinolar va bizning davrimizdagi ma'nosiz kiyinish past daraja bo'lgan jinsiy a'loqaning ifloslanishi tufayli tabiatimizning havosini iflos qiladi. Iso Masihning qoni orqali kunda kechirim olmasdan, haqiqiy Masihiy shunday holatda umidsiz bo'lib qoladi. Isoning izdoshlari adabiy ma'nodagi tananing qismlarini kesib tashlash haqidagi qoidalarini tushunmadilar, chunki biz ulardan hech kim ko'zini sug'irib olganini, yoki qo'lini chopib tashlaganini o'qimaymiz. Balki, ular Rabbiylaridan ularni va xotinlarini sevgi va kuchda saqlashini so'rab, turmushda ham va bokiraligda ham Muqaddas Ruhning kuchida o'zini idora qilishga qaror qilishgan.

Shu bilan birga biz insonlar tomonidan foydalanilgan uyatsiz bo'lgan zinokorlar va fohishalar tomon Isoning buyuk mehri haqida o'qiymiz. Iso ular orqali to'g'rilikni ko'rib, mehribonchilik bilan ularning gunohlarini fosh qildi. Lekin Iso zinokorga qarshi hukm o'tkazdirish uchun Unga turtki bergan ikkiyuzlamachilarni birinchi hukm qildi. Iso shunday deb aytganida ularning vujdonlariga tegdi: “Orangizda kim gunohsiz bo'lsa, birinchi bo'lib unga tosh otsin.” (Yuhanno 8:7) Rabbiy bu bayon bilan zinokorlar va fohishalarni tosh bo'ron qilish amrini tasdiqladi, lekin shu bilan birga U ayiblovchilarni ham zinokorlar kabi ularning asl hislatlarini ochib tashladi. Hech qanday Farziylar, hech qanday shogird, hech qanday ulomo va hech qanday qonunchi abadiy Hukmdorning bu qudratli so'zi oldida tura olmadi. Hammalari bir so'z ham aytmasdan ketishdi. Musoning Qonuniga ko'ra, Iso bu ayolga birinchi bo'lib tosh otishi kerak edi, lekin U buni qilmadi. Bu bilan Iso Musoning Qonunini o'zgartirmadi, balki O'zining yuragiga bu ayolning gunohini olib, uning o'rniga o'ldi. Iso ayolni esa endi boshqa gunoh qilmasligi haqida ogohlantirib, uni jo'natib yubordi. Iso Masihning sevgi qonuni bizning tushunchamizni yaxshilaydi va bu bizning tor yuragimizdan ko'ra mehirlidir. Isoda gunoh tomon hech qanday tushuncha yo'q balki pok bo'lishni istaydigan gunohkor tomon chegarasiz shavqat bor. “Men taqvodorlarni emas, balki gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.” (Matto 9:13)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)