Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 046 (God’s Plan of Salvation)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
E - IMONIMIZ ABADIY DAVOM ETADI (Rimliklarga 8:28-39)

1. Xudoning najod rejasi kelayotgan ulug'vorligimizni olqishlaydi (Rimliklarga 8:28-30)


RIMLIKLARGA 8:28-29
28 Biz bilamizki, Xudoni sevganlarga, ya'ni Xudo O'z murodi bo'yicha da'vat etganlarga hamma narsa yaxshilik bo'lib xizmat qiladi. 29 Xudo azaldan bilgan kishilarni O'z O'g'lining suratiga aylantirish uchun belgiladi, toki O'g'il ko'p birodarlar orasida To'ng'ich bo'lsin.

Xudoni biladigan kishi U qudratli ekanini his etadi. Uning bilimi va irodasisiz dunyoda hech narsa sodir bo'lmaydi. U Qudratlidir. Biroq, biz ba'zi dinlar ishonmagani kabi, bunga ishonmaymiz chunki biz buyuk Xudo bizni hech qachon mensimasdan tark etmaydigan, va biz uchun doim qayg'uradigan mehribon Otamiz ekanini bilamiz. Shuning uchun, imonimiz barcha qiyinchiliklarda va quvg'inlarda yo'qolmasligi uchun imonimizni sevgisida kuchaytirishi uchun Undan so'raymiz. Pavlus bizga Xudoning sevgisida ishonchimizni tasdiqlash uchun, biz ikkilanmay tebranmasligimiz uchun bizning shaxsiy najodimizning isbotlarining qatorini bizga yozadi.

Siz tug'ilmasingizdan oldin Xudo sizni tanlagan, chunki siz Uning yuragida fikr bo'lgansiz. U sizni dunyoning poydevoridan oldin bilar edi. Shuning uchun, U sizning borlig'ingizning, tabiatingizning, maqsadlaringizning ichki burchagini ham biladi. Xudo bilan sizning munosabatingiz siz o'ylaganingizdan ham chuqurroqdir. Siz begona emassiz, balki Unga yaqin va tanishsiz. Ota yo'qolgan o'glining qaytib kelishini kutgani kabi, U ham sizni kutadi. Xudo siz Uni qumsaganingizdan ko'ra sizni ko'proq qumsaydi.

Barhayot Xudo sizni o'tmishning hamma asrlaridan oldin bilar edi. Kelajagingiz uchun, U sizdan oldin ulug' maqsad qo'ygan, chunki U sizning gunohlaringizni olgan va xochda gunohingizning tanasini yengan Iso Masih orqali Uning ilohiyligining to'liqligi bilan o'g'li bo'lishni sizga nasib qildi. Tanlovingiz faqat Masihda tasdiqlanadi. O'g'ilning yarashtirishiga ishonadigan kishi hech qachon qo'zg'almaydi, chunki Muqaddas Xudo sodiqdir.

Shuning uchun, Xudo hayotingiz uchun maqsad berganiga va Otasining o'ng tomonida o'tirgan Masihning suratining o'xshashligida ulug' bo'lishni sizga nasib qilganini tushunib yeting. Xudo o'g'illarining har xil lavozimga qo'yishni istamaydi, lekin U sizni Masih bu dunyomizda yurgani kabi yurish uchun o'zingizdan kechishingiz uchun kamtarlikda hammani barkamollikka yetaklaydi.

RIMLIKLARGA 8:30
30 Xudo azaldan belgilagan kishilarni da'vat ham etdi, da'vat etgan kishilarni esa oqladi, oqlagan kishilarni esa ulug'likka ham sazavor qildi.

Xudo sevgisining fikrlarini rejalashtirdi va shaxsda sizga gapirdi.

Siz yuragingizda Uning ovozini eshitdingizmi? Uning chorlashi borlig'ingizning ichki qattiq burchagiga kirib bordimi? Siz gunohkor bo'lganingizda Xudo sizni tanlaganini va O'zining bolasi bo'lishni sizga nasib qilganini yodda tuting. Siz poklikda, sabr-toqatda, haqiqatgo'ylikda va to'g'rilikda porlashingiz uchun mag'rurlikda va hirs-havasda o'lik bo'lgan sizni yangilashni maqsad qildi. Sizda ishlaydigan Xudoning so'zidan boshqa muqaddas hayot uchun sizda boshqa kuch yo'q. Shuning uchun doimiy ravishda Muqaddas Kitobni o'qing, chunki bu qora hatlar orqali Xudo sizga to'grima-to'g'ri gapiradi.

Xudo do'stona maslahatida iblisning shikoyatlari orqali qo'zg'ala olmaydigan najodingizning haqiqatining poydevorini joylashtirdi. Bizning solih Xudomiz O'g'lining o'limi bilan sizni oqladi va hamma gunohlaringizni yo'q qilib yubordi. Endi siz Masihning oqlanishida solihsiz va qutqaruvida pok hisoblanasizlar. Shunday qilib, U sizga ko'rsatgan sevgisi uchun qachon Xudoyingizga rahmat aytasiz? Uning boshqaruviga qachon ishonasiz va Uning sodiq inoyatini qachon ulug'laysiz?

Xudo kuchida siz uchun bundan ham ko'proq tayinladi. U sizdagi ulug'vor hayotining garovi qilib Muqaddas Ruhning unsurini sizga berdi. Shuning uchun, Xudoning mohiyatining ulug'vorligi bugun sizda yashiringan. Masih faqat imonlilarning ko'ziga ko'ringanidek, xuddi shunday sizda Uning sevgisi, haqiqati va sabr-toqati ishlaydi. Agar siz Najodkoringizda yashasangiz, Xudoning Ruhining O'zi yaxshiliklari bilan sizda hosil olib keladi.

Pavlus kelajakda Xudo sizni ulug'laydi deb aytmadi, lekin imon orqali sizni o'tmishda ulug'laganini tan oladi, chunki Pavlus Iso imonning muallifi va yetukchisi ekanligini to'liq ishonchi komil edi. Shuning uchun, qalbingizda najodni boshlagan Masih sodiqdir. U O'zining xizmati tufayli sizga ta'lim beradi, kuchlantiradi va sizni barkamol qiladi.

Hayotingizda muammolar bormi? Ochmisiz yoki kasalmisiz? Ish qidiryapsizmi? Maktabda omadsizlikka uchradingizmi? Bu hamma ishlar muhim emas, chunki Xudo siz bilan. U sizni sevadi, siz uchun qayg'uradi va sizni ko'z qorachig'idek asraydi. U sizni unutmaydi, balki oxirigacha rejasini bajaradi. Muqaddas Xudo asrab olinish uchun sizni tanlagan. Shuning uchun, o'zingizdan kechib, xochdan qabirga, qabirdan osmonga va xochni olib, Xudoning O'g'liga ergashing, chunki hamma narsa Xudoning sevganlarga yaxshilik bo'lib xizmat qiladi. Birinchi sizni sevgan Uni sevasizmi?

IBODAT: Ey Uch Birlik bo'lgan muqaddas Xudo, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen bizni tanlading, Sen bizni oldindan bilar eding, biz Masihda sevgi-sining ulug'vorligini kiyib olishimiz uchun buni bizga nasib qilding. Biz kim bo'libmizki Sen bizni tanlaysan? Gunohlarimizni kechirgin, biz Muqaddas Ki-tobingdagi chaqiruvingni tinglashimiz uchun va O'g'lingning qoni orqali oqlan-ganishimizni qabul qilishimiz uchun va o'zgarmas sevging uchun shukur ayti-shimiz uchun quloqlarimizni ochib tashlagin. Biz boshqaruvinga ishonamiz va biz qo'zg'almasdan kelish uchun ulug'vorlikning garovidek bizda yashayotgan Muqaddas Ruhingni boshdan kechirishimiz uchun, bu yovuz kunlarda ishonchda bizlarni tasdiqlashingni so'raymiz.

SAVOL 50: Nima uchun Xudoni sevganlarga hamma narsa yaxshilik uchun xizmat qiladi?

Xudoni sevganlarga hamma narsa yaxshilik bo'lib xizmat qiladi
(Rimliklarga 8:28)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:57 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)