Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 045 (The Three Unique Groanings)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

8. Yagona uchta nolalar (Rimliklarga 8:18-27)


RIMLIKLARGA 8:18-22
18 O'ylaymanki, bizga hozir bo'lajak ulug'vorlik oldida shu on azob-uqubatlarini aytib o'tish ham arzimasdir. 19 Mana, Xudo O'z farzandlarini zohir qilishini butun mahluqot mush-toq bo'lib kutmoqda. 20 Chunki mahluqot o'tkinchilkka mahkum bo'lgan. Bu esa mahluqotning o'z ihtiyori bilan emas, balki mahluqotni yaratgan Xudoning ihtiyori bilan bo'lgan. 21 Ayni zamonda mahluqotni o'zi ham fano qulligidan ozod etilmoq va Xudo farzandlarining ulug'vor ekanligiga erishmoq umidiga egadir. 22 Bilamizki, borliq mahluqot hozirga qadar birgalikda oh-nola qilib, go'yo tug'ish azobini chekib yotibdi.

Pavlus Xudoga bo'lgan sevgisi va imoni bilan qoniqmadi, lekin u Xudodagi umidimizning boyliklari tomon yetib bordi. Siz Xudoning ulug'vorligining vahiysini kutasizmi? Bu hayotingizning maqsadimi? Kichkina muammolaringizning yechimi bilan qoniqmang, chunki Xudoning irodasi butun dunyoni qutqarishdir. Butun yaratilishning yangilanishi bo'lgan Xudoning eng buyuk sovg'asini kuting.

Hayvonlar azoblanadi va o't-o'lanlar o'ladi. Hayvonlarga og'riq keltiradigan kishining holiga voy. Siz hayvonning ko'zlari yumilishini va azobga to'lishini payqaganmisiz? Bu ular etli bo'lgani uchundir. Ularni hursandchilik tark etgan va yolg'izlik va qiyinchilik paydo bo'lgan.

Hamma hayvonlar Xudoning o'g'illarining belgisiga ko'z tikadilar, chunki Rabbiyning kelishi orqali Uning Ruhidan tug'ilgan bolalari azoblanayotgan tanalaridan ozod bo'ladilar va Uning ulug'vorligi ularda ochib beriladi. Keyin, hamma jonzodlar saqlanib qoladi. Bu asrda, hech qanday eshak jahl bilan urilmaydi va hech qanday chivin uxlab yotganlarga ozor bermaydi. Xudo bizga O'zining barcha azizlari va farishtalari bilan Masihning ikkinchi kelishida bajariladigan yerda to'liq tinchlik bo'lishiga va'da bergan. Uni sog'inyapsizmi?

Tabiat insonning qulashidan beri azoblanyapdi, chunki insonning buzilishi orqali, uning ish joyi va qo'l-ostidagi hamma narsasi buzilgan. Pavlus bu ijodiyotning azoblanishini bizga Xudoning O'g'lini yaqinroq olib keladigan bola tug'ishning og'rig'idek ifodalab beradi, chunki U biz bilan va har bir hayvon bilan azoblanadi. U mumkin qadar hammaning najodi uchun yaqin kelishni xohlaydi.

RIMLIKLARGA 8:23-25
23 Va faqat mahluqotgina emas, balki biz o'zimiz ham ichi-mizdan oh-nola qilayotibmiz. Biz kelgusi hosilning ilk mah-suliday Xudo Ruhini olgan bo'lsak ham o'g'il qilib olinishni vujudimiz qutilishini intizor bo'lib kutyapmiz. 24 Bizning na-jodimiz umiddadir. Ko'zga ko'rinib turgan narsa esa umid emas. Kim ko'rib turgan narsani umid qilar ekan? 25 Agarda biz ko'rmaganimizni umid qilayotgan bo'lsak buni sabr bilan kutib tursak bo'ladi.

Dunyomizda Xuodning o'g'illari ularda asranib olinishlari bajarilishini so'rab, vijdonlaridagi Rabbiyning Ruhining kuchida nola qiladilar. Biz imon orqali ozod bo'lganmiz, biroq biz to'liq ozod bo'lamiz. Bugun, biz qalblarimizda to'liq bo'lmagan barkamollikni olib yuribmiz, lekin to'liq barkamollik kutyapdi.

Keladigan ulug'vorlik uchun jarayondagi aniq umid va minnatdorchilik bizdagi ruhiy hayotning kerakli belgisidir. Biz oltinga yoki hirsga intilmaymiz, balki biz Ota Xudoni, O'g'ilni va Muqaddas Ruhni ko'rishni xohlaymiz.

Siz Otangizni ko'rishni xohlaysizmi? Qutqaruvchingiz Masihning birligini kutasizmi? Sizning halok bo'ladigan tanangiz Xudoning ulug'vorligining huzurida yonib, siz Unda abadiy nur bo'lishingizni esda tuting. Bu azizlarning xohishidir, chunki ularning Xudoda yashiringan hayotlari yaqinda paydo bo'ladi. U faqat yurakni to'ldirmaydi, balki ularning qiynoqlarini va kasalliklarini to'ldiradi, halok bo'ladigan tanalar o'zgarib ulug'lanadi. Hammamizga shu dunyoda kutish xonasida ko'p sabr-toqat kerak, chunki texnika va ilmlar dunyomizda o'tkinchi jannatni qo'yish bilan umidimizni buzishni qidiradi. Biroq, Muqaddas Ruh ulug'vorlikning garovidir.

RIMLIKLARGA 8:26-27
26 Bining ustiga, Ilohiy Ruh bizning zayifligimizga madad berib turadi. Chunki biz qanday ibodat qilmoq kerakligini bilmaymiz. Lekin Ilohiy Ruhning O'zi ifoda qilib bo'lmas oh-nolalar bilan biz uchun Xudo oldida shafoat qiladi. 27 Yuraklarni sinovchi Xudo esa Ruhning fikri nimada ekanligini biladi. Chunki Ruh Xudoning irodasiga ko'ra Xudo azizlari uchun shafoat qiladi.

Muqaddas Ruhning O'zi kuchsiz badanimizda azoblanadi, borlig'imizning qobilyatsizligi ustidan yuragi og'riydi, ziqnaligimiz uchun holdan toygan ibodatlar uchun og'riqni his qiladi, to'liqsiz bilimimiz uchun nola qiladi, kuchsiz sevgimizdan hafa bo'ladi va kuchimizning kamligi haqida o'ylaydi. Xudoning Ruhining O'zi hatto ibodat qilmagan imonlilar uchun shafoat qilib ibodat qiladi, ularda Muqaddas Ruhning ibodati bo'lgan Rabbiyning ibodatiga ko'ra ruhiy nolalar o'sadi. Takabburligingizdan ozod bo'lishingiz uchun va donolik bilan, hursandchilik bilan va kuchli bo'lib ibodat qilib, sevgi yo'lida minnatdorchilik va iltijoning bo'roniga yetaklanishingiz uchun ibodat maktabiga o'zingizni topshiring, chunki Rabbiyning Ruhi butun dunyo saqlanib qolishi uchun kunu tun sizda ibodat qiladi. Shunday qilib, butun yuragingiz bilan rahmat aytib va ibodat qilib, siz samoviy otangizga bo'lgan Uning iltijosida qachon qatnashasiz?

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, bizning sekin, dangasa ibodatlarimizni kechirib, bizni muqaddas ismingni ulug'lash uchun, borlig'imiz bilan Masihning qutqaruvini ulug'lash uchun va Ruhingning kuchida kamtarlik bilan ishlash uchun bizni boshla. Ey Rabbiy, butun jonzod xalqimizda umidvorlik bilan birga saqlanib qolishi uchun, bizni Ruhning umidini bilib olishga, U xohlagandek ibodat qilishga va buyuk ulug'likda O'g'lingning kelishi uchun va huzuringni xohlashga bizni o'rgat. Omin.

SAVOL 49: Masihning kelishi uchun azoblanadiganlar kimlar? Nima uchun?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:52 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)