Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 040 (In Christ, Man is Delivered)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

6. Inson Masihda gunohdan, o'limdan va hukmdan ozod bo'ladi (Rimliklarga 8:1-11)


RIMLIKLARGA 8:1
1 Shunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga qarshi endi hech bir mahkumlik yo'qdir.

5-7 boblarda, havoriy Pavlus bizga kuchsizligimiz o'zimizning kuchimiz bilan yovuz tabiatimizdan bizni saqlab qolishligini isbotlab beradi. U bizga Qonun bizga yordam bermasligini, balki bu gunoh uchun xohishni bizda o'yg'otishini va oxirida bizni hukm qilishini ochib beradi. O'lim ruhi suyaklarimizda hukm suradi va gunoh bizning yaxshi xohishlarimiz ustidan hukmronlik qiladi. Bu isbotlar bilan, havoriy inson o'zining kuchlari bilan o'zini saqlab qolish uchun hamma qobilyatlaridan maxrum qildi va pokligining yolg'on umidini, insoniy kuch bilan to'g'ri hayotni yoki yaxshi ma'nosini yo'q qilib yubordi.

Bu aniq isbotdan keyin, havoriy bizga “Masihda” degandek yangi hayotning asoslarining 8 bobida zikr etishi orqali, faqat Xudo bilan hayotga yo'lni ko'rsatadi.

Iso bilan birlashgan kishi, endi Qutqaruvchining huzuriga kiradi. U o'zi yurmaydi, o'zi qoldirilib ketmadi, kuchsiz emas yoki ayibdor emas, chunki Rabbiysi u bilan birga bo'ladi, uni himoya qiladi va u uchun qayg'uradi.

Xudo imonli o'zi yaxshi bo'lgani uchun shunday emas, balki uni abadiy saqlab, sevgi bilan chiroyli qilib, uni oqlab muqaddaslagan mehribon Najodkoriga o'zini topshirgani uchun U shundaydir. Masihning O'zi imonlida yashaydi va havoriy “Masihda bo'lish” deb nomlaydigan ruhiy holatda to'liqligi sari uni o'zgartirib rivojlantiradi. U jamoatda davomiylik haqida gapirmaydi, balki bizdan Masih bilan birga bo'lishimizni va Uning sevgisiga o'zimizni qo'shishimizni so'raydi.

Imonimiz faqat nazariy ishonchlarga asoslanmaydi, balki bu muqaddas harakatda sodir bo'ladi, chunki Masih mag'rurligimiz xochda o'lishi uchun sabab bo'ldi va tirilishi orqali bizni yangi hayotga ko'tardi. Unga ishongan kishi Rabbiysiga ergashadi va Undan samoviy kuchni oladi. Bu so'zlar shunchaki falsafa emas, balki ularda Muqaddas Ruh yashaydigan milyonlab imonlilarning tajribasidir. Xudoning O'zi keladi va Masihni va Uning najodini qabul qilgan kishida yashaydi. Ilohiy va yagona oqlovchidek bo'lgan Muqaddas Ruh sizning qiynalgan vijdoningizni iblisning shikoyatlariga qarshi yupatadi. U sizga muqaddas Xudoning nomi bilan siz Masihda solih bo'lganingizga va siz bu buzilgan dunyoning o'rtasida pok bo'lib yashay olishingiz uchun samoviy kuchga erishganingizni tasdiqlaydi.

Muqaddas Ruhning yashashi insonning holatini o'zgartiradi, Pavlus 7 bobda tasvirlab berganidek. U tabiatan, tanaviy va kuchsiz bo'lib qolmaydi; balki Xudoning irodasini bajarish uchun, Ruhning kuchida qobilyatli bo'ladi. Endi u Ruhning kuchida buyuk najodga erishdi, Pavlusning yaqin oradagi tan olishi ya'ni u istagan ishni qilmadi, balki istamagan ishni qilgani o'zgardi. Endi u Xudoning irodalarini qiladi va uning yuragi kuchi bilan rohatlanadi.

Bu Ruh sizga tirilgan, zafarli Masih hukm soatlarida siz bilan birga bo'lishini tasdiqlaydi. U sizni Xudoning g'azabining otashida qo'llarida ko'tarib yuradi va Muqaddas Xudoning nurlaridan sizni himoya qiladi, chunki Iso Masihda bo'lganlarga qarshi hukm yo'q.

U bugun ham sizga sevgining sabr-toqatida, kamtarlikning hursandchiligida, poklikning haqiqatida Masihiy hayotga sizni boshlashga yordam beradi, siz o'zingizdan bu yaxshiliklarni yarata olishingiz uchun emas, balki siz tokda shohlari bo'lgandek, Masihda bo'lganingiz uchun boshlaydi. Bu nima uchun sizga Rabbingiz aytgani: “Men sizda va siz Menda qoling, shunda siz ko'p hosillar olib kelasiz.” Bizning umidimiz qanday buyukdir!

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, biz Senga sajda qilamiz va quvonamiz, chunki Sen bizni dimog'dorligimizdan qutqarding, nopok xarakatlarimizdan saqlading, barcha gunohlarimizdan bizni oqlading va bizni razilliklarimizdan poklading. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen bizlarni hayotingga olib kelib, biz muqaddas yurishimiz uchun va bu dunyoda chaqirilganlar bilan birga abadiy birligingda davom etishimiz uchun sevging bilan bizni qutqarding. Omin.

SAVOL 44: 8 bobdagi birinchi gapning ma'nosi nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:34 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)