Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 039 (Man without Christ always Fails before Sin)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

5. Inson Masihsiz har doim gunoh oldida qulaydi (Rimliklarga 7:14-25)


RIMLIKLARGA 7:14-25
14 Bizga ma'lumki, Ilohiy Qonun tabarrukdir. Biroq men esa-gunohga qul bo'lib sotilgan ojiz bandaman. 15 Shundan o'zim qilayotgan ishlarni o'zim tushunmayman: men nimani xohlasam, uni qilmayman va nimani yomon ko'rsam, uni qilaman. 16 Agar men xohlamagan narsani qilayotgan ekanman, bu bilan Qonunning yaxshi ekanligini ma'qullayotgan bo'laman. 17 Demak, bu ishlarni men o'zim emas, balki yuragimdagi gunoh qilayotgan bo'ladi. 18 Menda, ya'ni irsiy tabiatimda yaxshi narsa yo'qligini aniq bilaman. Yaxshilik qilish istagi dilimda bor bo'lsa-da, uni ro'yobga chiqarishga kuchim yetmaydi. 19 Men istagan yaxshi ishni qilmayapman, aksincha, istamagan yomon ishni qilyapman. 20 Agar istamagan ishni qilayotgan ekanman, demak, bu ishni men o'zim emas, balki ichimda turadigan gunoh qilyapdi. 21 Men bundan uchbu qoidani chiqaraman: yaxshilik qilmoqchi bo'lganimda, qalbimda hamisha yomonlik poylab turadi. 22 Xudoning Qonunidan ichki borlig'im zavq oladi-yu, 23 ammo a'zoyi badanimda boshqa bir qonun ish ko'radi: bu qonun ongim ma'qullagan Xudo Qonuniga qarshi kurashib turadi va a'zoyi badanimda amal qiluvchi gunoh qonuniga meni asir etadi. 24 Oh, men sho'rlik odam! O'limga giriftor shu badanimdan meni kim qutqarar ekan? 25 – Xudoga shukur, Rabbimiz Iso Masih soyasida O'zi qutqaradi! Hullasi kalom, men ongim bilan Xudo Qonuniga rioya etsam-da, vujudim bilan gunoh qonuniga xizmat qilaman.

Pavlus bizga qanday qilib tabiatdan bo'lgan inson Xudosiz qonunning qo'rqinchli qo'rquvi ostida yashashini ko'rsatadi. Pavlus bu o'qishni falsafali fikrlar orqali o'zini bilishni cho'qqisi deb aniqlab bermaydi balki u tabiatan bo'lgan insonni ajablanarli shaxsiy tan olish orqali ochib beradi. Muqaddas Ruh uning havoriylik vijdonini o'lik hodisadek Xudoning irodasidan hatto eng kichik masofani his qilgani uchun shuncha ko'p yumshatdi.

Pavlus shunday deydi, “Men o'zimning qobilyatlarimga qaraganimda, men tanaviy ekanman. Har bir inson tanaviydir, chunki unga berilgan Xudoning ulug'vorligining suratini yo'qotgan. Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug'vorligidan mahrumdir. Ular birga buzilganlar va qonunning ruhi ularning mag'rur takabburliklari uchun vijdonlarida ularni jazolaydi. Azizlar Xudoning so'zining umidini yo'qotishadi, chunki ular bu bayonni eshitishadi: “Muqaddas bo'ling, zero Men muqaddasman”, yoki ular Isoning shunday buyrug'i orqali singanlar: “osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, sizlar ham barkamol bo'ling”. Pavlus tabiatan bo'lgan inson o'zining kuchi bilan Xudoning irodasini bajara olmasligini ruhiy azoblanish bilan tan oladi. Inson kuchining qobilyatsizligini tan olish qanday daxshatli!

Bundan qat'iy nazar, har bir kishida yaxshilik qilish uchun va muqaddas va pok yashash uchun buyuk xohish bor. Hatto eng past odamlarda ham bu xohish bor. Shuning uchun, biz faqat gunoh va uning kuchi haqida gapirmasligimiz kerak, yoki biz boshqa odamlar bilan mag'rur bo'lmasligimiz kerak, balki bu hammaning fikridagi Xudoning qonunining qoldig'ini bilish muhimdir, chunki hech kishi yaxshi bo'lishni xohlamaydigan shunday yovuz emas. Bu xohishga javob berishni qidirgan kishi doim qulaydigan va o'zining yaxshi irodasiga qarshi harakat qiladigan xohlamaslikdir. Bu inson haqidagi g'alati narsa. U kishi o'ziga dushmandir. U o'zining yaxshi irodasiga hiyonat qiladi va vijdonining ovozini ko'taradi. Bizdagi gunoh fikrimizdan ko'ra kuchliroqdir va Xudoning qonuni har bir insonni yaxshi maqsadidan qat'iy nazar uning ustidan hokimlik qiladi.

Nima uchun biz pok yashay olmaymiz va Xudoning sevgisida davom etolmaymiz? Chunki inson Xudosiz gunohga bulg'angan. Gunohga berilgan kishi gunohning qulidir. Gunoh qilishning ehtimoli agar imonlilar Masih orqali saqlanmasalar, ularning oralarida ham bu topiladi. Bizning tanamizda Xudoning irodasini bajarish kuchi yo'q. Shunday qaror insonning zaifligining eng buyuk tan olishni talab qiladi.

Pavlusning o'zi shunday deganida bu haqiqatni tan oldi, “ Men o'zimda (bu, tanamda) hech qanday yaxshilik yashamasligini bilaman... chunki men qiladigan yaxshilikni, men qilmayman; lekin qilmaydigan gunohni, men amalda bajaraman.” Siz bu dalilni Pavlus bilan tan olasizmi va jinoyatchi ekaningizni ham tan olasizmi? Siz barhayot Hukmdorning inoyatiga ifloslangan o'zligingizni topshirasizmi?

Havoriy har bir kishini gunohning quli deb chaqiradi, chunki uning kuchi u gunohning qonuni deb nomlagan qonunning turiga ko'tarilgan. Bizning gunohga qulligimiz qonun bo'lgan va bu bog'liqlik biz uchun og'riq bo'ldi, chunki miyyalarimizda vazifalarimizni bilamiz va bularni qilishni xohlaymiz, ammo qila olmaymiz. Bu umidsizlikni yaratadi, chunki sizning o'zligingiz undagi zindonning panjaralarini silkitadi, va buni tark etolmaydi. Biz hammamiz takabburligimizga qurshab olinganlarmiz. Biroq, Masih sizni shu vaqtda Xudoning qanchalar yuqori kamolotiga chaqiradi. Siz har bir kishidagi fikrni bilyapsizmi? Bu kishi yaxshilik qilishni xohlaydi lekin o'zi buni qila olmaydi.

Yordam yo'qmi? Pavlus bizni ifloslangan o'zlikning bilimining eng oxirgi chuquriga bizni yetaklaydi, najod sizning o'zlik solihligingizdek, to'g'riligingiz, qobilyatlaringiz yoki qonunning o'zidek manb'alarda topilmaydi. Havoriyning guvohligi sizni yuzaki imoningizdan ozod qilib, insoniylikning barcha turlari haqida umidsizlikka olib keldimi? Ta'limotchilar yolg'onchi va falsafachilar ahmoqdirlar, agar ularga Muqaddas Ruhning donoligi kamlik qilsa. Ular chegaralarini bilishmaydi. Xudoning muqaddasligining oldida, o'zini nohaq, gunohkor va halok bo'ladigan deb bilgan imonli bahtlidir. O'zining qul bo'lgan o'zligidagi qonunning qattiq hukmini bilgan kishi va inson solihligiga bo'lgan barcha moyilliklardan bo'lgan va insonning birinchiligiga ishonmaydigan balki Masihning o'ziga ishonadigan kishi bahtlidir.

Xudoga shukur! Chunki Iso Masih G'olibdir, Usiz biz yo'qolganlarmiz va boshqalarga o'xshab o'zini o'zi aldaydiganlarmiz. U bizga haqiqatni va yangi kuchni bergan. Uning Muqaddas Ruhi bizga hayot beradi va bizga faqat Najodkordagi aniq imonni berib, bizni yupatadi.

IBODAT: Ey muqaddas Ota, biz Senga sajda qilib, butun yuragimiz bilan Seni ulug'laymiz, chunki Sen bizni umidsizlikda qoldirmading balki hammaning Najodkori va Qutqaruvchisi bo'lgan O'g'ling Masihni bizga jo'natding, Uning solihligi orqali Ruhing bizga keldi. U xalqimizdagi va dunyo bo'ylab barcha imonlilar bilan birga gunohlarimizning zindonini ochishi uchun va bizni muqaddas harakatlarga o'zgartirishi uchun, Unga fikrlarimizni ochamiz. Omin.

SAVOL 43: Pavlus o'zi haqida nimani tan oldi va bu tan olish bizga nimani anglatadi?

Menda, ya'ni irsiy tabiatimda yaxshi narsa yo'qligini aniq bi-laman.
Yaxshilik qilish istagi dilimda bor bo'lsa-da,
uni ro'yobga chiqarishga kuchim yetmaydi.
Men is-tagan yaxshi ishni qilyapman,
aksincha, istamagan ishni qi-lyapman.

(Rimliklarga 7:18-19)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:27 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)