Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 038 (The Law Prompts the Sinner to Sin)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

4. Qonun gunohkorlarni gunohga boshlaydi (Rimliklarga 7:7-13)


RIMLIKLARGA 7:7-8
7 Xo'sh, nima deylik? Nahotki Ilohiy Qonun gunohga bois bo'ldi? - Aslo! Ammo agar Qonun vosetachi bo'lmasa edi, men gunohni bilmagan bo'lar edim. Qonun “Tamagirlik qilma” deb buyurmaganda edi, men tamagirlikni bilmas edim. 8 Shu tariqa gunoh amr orqali bahona topib, mening yuragimda har turli tamagirlikni hosil qildi. Qonun yo'qligida esa, gunoh kuchsizdir.

Pavlus ruhida dushmanlarining e'tirozlarini eshitdi: “Agar sen bizlarni muqaddas, eng buyuk vahiydan ozod qilsang, sen qonunni komil emas, kuchsiz yoki nato'g'ri deb hisoblaysanmi?” Havoriy ularning barcha tortishuvlarini jamlab, gupurtirib so'radi: Qonun gunohmi? Va u darhol javob berdi: “Taxmin qilmanglar, chunki Xudoning amrlari gunoh bo'lishi mumkin emas, holbuki ular bizga hayotga yo'lni ko'rsatadi.

“Aksincha”ni ifodali tarjima qilingani ko'proq “lekin” ma'nosini beradi; va bunda tuyg'uni to'g'ri ifodalangan bo'lardi, “Men qonun gunoh ekanligidan bosh tortaman. Mening ta'limotim bunga boshlamaydi; yoki men bu gunoh deb tasdiqlamayman. Men qattiq bu talabdan nafratlanaman; LEKIN, bundan qat'iy nazar, men kuchli gunohda ta'sir bor deb hanuz qolaman. Men qonunsiz gunohda farqsiz yashadim, xuddi bola qo'shnisining bog'idan taqiqlangan mevalardan yeganidek. Gunoh boshida chiroyli va yoqimli bo'lib ko'rinadi, bu gunohlarimizning yolg'on holatidir, biz yaxshi narsa bizga zararli va g'alati tuyulguncha yolg'onni, yomon narsani oddiy va yaxshi deb o'ylaymiz,

RIMLIKLARGA 7:9-11
9 Bir vaqtlar men o'zim Ilohiy Qonundan tashqarida bo'lib yashar edim. Ammo ongimda amr tug'ilgach, gunoh tirildi, 10 men esa o'ldim. Hayot uchun bo'lgan amr mening o'limimga sabab bo'ldi. 11 Chunki gunoh amr orqali bahona topib, meni aldadi, amr orqali meni o'ldirdi.

Biz buyrug'ni ko'targan joyimizda, biz insonning yuragida itoatsizlikni yaratamiz; va gunoh qilishga xohish har doim ko'payadi. Pavlus “Men” dan foydalanib 7 oyatidan o'ziga zikr etadi, chunki u o'zida inson qonunning tushunchasiz u juda yaxshi holatdaman, juda havfsizman va holati haqida yaxshiligiga ishonishini ko'rdi, xuddi u gunohsizdek va gunoh uning tanasida o'lganidek. Lekin Xudoning buyrug'i uning hayotiga kelganida, u gunohlaridan xabardor bo'ldi va miyyasida bu buyrug' gunohdan bosh tortishini va bu uchun o'lganini eshitdi, chunki qonun oldingi insonga qarshi Xudoning hujumini anglatadi, modomiki bizning o'zligimiz hech narsa emas balki xohish va qiziqishdir. Xudoning amrlari va so'zlari bilan har bir uchrashuv o'zlik uchun o'lishni anglatadi.

Yana bir bor bizga havoriy bizning buzuqligimiz uchun boshqa yechim yo'ligini balki o'zimiz uchun o'lishligimizni tushuntiradi. Bu ruhiy o'lish bizga qonun hayotga yo'lni ko'rsatadigan lekin o'limga bizni yetaklaydigan o'zgacha haqiqatni ochib beradi. Ayniqsa, bu bizni o'zidan kechishlikka va o'limga va harobalikka Xudoning hukmi bizga qarshi ekaniga bizni boshlaydi.

Pavlus gunoh boshida shakarga o'xshab shirin bo'lib ko'rinishini balki u Xudoning muqaddasligiga va tabiatdan bo'lgan qonunlariga qarshi itoatsizlikka boshlaganini tushuntirib beradi. Yaxshi kiyimda kiyingan uni to'g'ri do'zaxga boshladi. Bu Shaytonning yolg'onidir, va bu boshidan qotil bo'lgan uning ikkiyuzlamachiligidir. U bizni shirin so'zlar bilan va yolg'on gaplar bilan o'limga taklif qiladi.

RIMLIKLARGA 7:12-13
12 Bundan ko'rinadiki, Qonun-muqaddasdir, har bir amri ham muqaddas, odil va yaxshidir. 13 Shunday ekan, yaxshi bo'lgan amr menga o'lim keltiradimi? - Mutloqo! Biroq, gunoh-gunoh deb ochiq bilinishi uchun yaxshilik orqali menga o'lim keltirdi, toki gunohning nihoyat darajada gunohligi amr orqali anglashilsin.

Burungi Farziylar va qonunning mutaxassisi bo'lgan Pavlus, eski ahddagi Xudoning muqaddas vahiysi insonga yaxshilik qilmaganini balki u uning yuragini tosh qilib qo'yganini va u kishini gunoh qilishga hovliqtirgani oldida qo'rquv bilan turdi. Shuning uchun shunday bo'lish qatag'on e'tirozni yaratadi va yaxshi va pok bo'lish uchun ruhsat etilgan narsa o'limga yetaklaydi. Pavlus shunday deb baqirdi: “Yo'q. Bu tekshiruv nato'g'ri. Yaxshilik gunohni ochib beradi va gunohkor shifo topish uchun qidirishga saqlanib qolish uchun intilishga boshlaydi. Shuning uchun Xudo tez-tez odamlar gunohga qulashlariga ruhsat beradi; tabiatlaridan harakat qilish, shunda ular o'zlarini ko'rishlari mumkin va jinoyatlarining oqibatlarida ogoh bo'lishlari mumkin.

IBODAT: Ey Rabbiy, Sening muqaddasligingda va barkamolligingda mening buzuqligim va nopokligim ko'rinadi. Mening xudojo'ylikdagi yuzakiyligim uchun meni kechir va biz uchun boshqa yo'l yo'qligini balki xochdagi o'limingni qabul qilib, bu o'limda abadiy davom etishimizni bilib, tan olishimiz uchun bizning ikkiyuzlamachiligimiz orqali qilingan har bir niqobni qonuningni keskinligi bilan yuzimizdan olib tashla chunki Sening qonuning bizni hukm qiladi va bizda o'jar itoatsizlikni keltirib chiqaradi. Ey Rabbiy, Sen menga shifo berishing, meni saqlashing va o'limda meni saqlab va Sen bilan hayotda yashashim uchun o'zimni Senga topshiraman. Omin.

SAVOL 42: Qonun qanday qilib biz uchun yaxshi va gunoh va o'lim uchun sabab bo'la oladi?

Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil!
(Luqo 18:13)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:22 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)