Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 028 (We are Justified by Grace)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
B - IMON ORQALI YANGI IMON HAMMAGA OCHIQ (Rimliklarga 3:21 - 4:22)
3. Ibrohim va Dovud imon orqali oqlanishning misoli (Rimliklarga 4:1-24)

c) Biz Qonun orali emas balki inoyat orqali oqlanamiz (Rimliklarga 4:13-18)


RIMLIKLARGA 4:13-18
13 Xudo Ibpohim va uning zurriyotiga yer yuzini egallab olish to'g'risida va'da bergan edi. Bu va'da Ibrohimga Ta-vrotga amal qilgan, deb emas, balki imoni bilan o'zini oqla-gan, deb nasib etdi. 14 Agar yer yuzini egallab oluvchilar faqat Ilohiy Qonunga amal qiluvchilar bo'lganida edi, unda imon behuda, ilohiy va'da esa quruq bo'lib qolar edi. 15 Qonun Xudo g'azabini qo'zg'atadi holos. Qonun bo'lmagan yerda jinoyat ham bo'lmaydi. 16 Shu sababdan ilohiy va'da Xudo inoyatiga bog'liq bo'lib, faqat imon bilan amalga oshadi. Bunga esa Ibrohim zurriyotining hammasi dohil, ya'ni Tavrotga ega bo'libgina qolmasdan, balki Ibrohimning imoniga ham ega bo'lgan hamma dohildir. 17 Xudo Ibrohimga: “Men seni ko'pdan-ko'p xalqlarning otasi qilib tayinladim”, degan edi. Shunday qilib, o'liklarni tiriltiruvchi va mavjud bo'lmagan narsalarni vujudga keltiruvchi Parvardigorga ishonib, Ibrohim hammamizning otamiz bo'lib qoldi. 18 Xudo Ibrohimga yana: “Sening zurriyoting son-sanoqsiz bo'ladi”, degan edi. Ibrohim ko'p xalqlarning otasi bo'lishga hech bir umidi qolmaganiga qaramasdan, imoni tufayli umidvor edi.

Pavlus sunnatda Yahudiylarning yolg'on ishonchlarini oshkor qilganida, u Qonunga bog'liq bo'lgan hayoliy solihliklarining ikkinchi ustunini buzib yubordi.

Dasht xalqi Xudo O'zini ochib bergan ahd toshlarida o'tiradi va dunyolar ustidan hukm suradi deb o'ylaganlar. Ular Xudoni Qonunning ko'plab buyrug'lari bilan unga itoat qilganlarida ular bilan qoladi deb umid qilishgan. Biroq, ular o'zlarining daxshatli gunohlarini tushunishmagan yoki hamma insonlarga bo'lgan Xudoning buyuk sevgisini sezishmagan. Ular Qonunning xizmatkorlari bo'lishgan. Ularning yuraklari toshga aylangan va ular ko'rlarcha gerdayishgan. Ular na o'zlaridagi Xudoning g'azabini ko'rishgan, va na ular orasida yashagan Masihni bilishgan.

Tirik Masihdagi oddiy imonga qaraganda urf-odatlarning nazoratida, qatag'onlarda va hukmlarda qiyin bo'lgan jamoatlarning holiga voy! Imonda kuchsiz bo'lgan kishi yoqimsiz huquqshunosga qaraganda yaxshiroqdir. Bu qonunlar g'azab chiqarishi, jinoyatni gijgijlashi va jazolarni olib kelishi buyuk sirdir. Bu nima uchun ehtiyotkor ma'rifatparvarlar uylarida va maktablarda faqat bir necha terminlar qo'yishlaridir, chunki Masih bizni qonunlarga va buyrug'larga, ularning qattiq qo'l izohiga va ularning qattiq jazolariga qul bo'lishga emas, balki sevgiga, ishonchga, sabr-toqatga va kechirimga bizni muqaddasladi.

Pavlus yana bir bor Ibrohim imoni orqali oqlanganini, Muso oldin qonun bilan kelganini huquqshunostlarga isbotladi. Shunday qilib, qonun berilishidan oldin Ibrohim Xudoga ishondi. Buyrug'lar imonlilarni boshlash uchun va mag'rurliklarini buzish uchun keyinroq kelgan. Xudoning mehriga bo'lgan ishonch ruhiy hayotni quradigan, Xudoga xizmat qilish uchun imonlini ruhlantiradigan va yaxshi ishlarga uni olg'a suradigan haqiqiy kuchdir; holbuki qonun bizni o'rab oladi, hukm qiladi, jazolaydi va o'ldiradi.

Keyin Ibrohim o'zining muomalasiga va qonunining nazoratiga qaramasdan, faqat Xudoning va'dasiga qaradi va Xudosiga ishondi. U hamma imonlilarga ruhiy ota va misol bo'ldi. Va'daga ishonib, undagi hamma xalqlar barakat topdi, hatto uning bolasi hali bo'lmasa ham, Ibrohim Pavlus uni “dunyoning merosxo'ri” deb nomlagan ko'p xalqlarga va odamlarga imoni orqali ega bo'ldi.

Bu tarzda, Muqaddas Ruh imon orqali oqlanganlarni O'ziga tortib, Masihning O'zi yashagan joyda inoyat rejasini oddiy sahrolik Ibrohimda tashabbus ko'rsatdi.

Ibrohim buyuk imoni tufayli Eski Ahdning shaxsiyatlarning eng ko'pi ustidan ustun bo'lgan. Xudo Ibrohim urug'i orqali Masihning O'zini anglatib, dunyoning barcha xalqlarini duo qilishiga va'da berdi. Ibroniycha “urug'” so'zi odamni anglatishga odatlangan va havoriy Ibrohimga qilingan va'dada Masihga bo'lgan muhim eslatma borligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, xochga Mixlangan orqali oqlanganlar osmonning barcha hazinalari bilan uni qo'lga kiritishadi chunki ularning Masihga bo'lgan ishonchlari ularni hayot bilan, kuch va Xudoning barakalri bilan birlashdi.

O'limdan tirilishingiz uchun Najodkorning oldiga keling. Agar siz Uning so'zida davom etsangiz, Muqaddas Ruh sizda va sizning atrofingizda yangi hayotni yaratadi. Agar jamoatingizda Xudoning va'dasidagi imon bo'lsa, bu imon gunohlardagi o'lim ustidan g'alaba qozonadi va oldin topilmagan yangi narsani o'rnatadi, chunki Xudo imoningiz orqali yaratadi va ishlaydi va U ishonchingizning yig'isini eshitadi. Uning so'zini qabul qilishingiz dunyo bilan birga sizni o'zgartiradi.

IBODAT: Ey samoviy Ota, bizning fikirlarimiz tor, qonunga bog'liqdir va bosh-qalarni hukm qilishga moyildir. Yuraklarimizda aniq imon va butun ishonadigan ishonch uchun xona yaratgin va Muqaddas Ruhing gunohda o'lganlar tirilib, xalqimizda Sening ulug'lanishing ko'payishi uchun bizni sevgiga, jasurlikka va o'sishga topshirsin. Biz orqali Sen saqlash ishingni qila olishing uchun bizda imonni yaratgin. Omin.

SAVOL 32: Biz nima uchun Qonunimizning nazorati orqali emas Xudoning va'dalaridagi imonimiz orqali Xudoning barakasini olamiz?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:00 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)