Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 022 (All Men are Corrupt)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)

3. Hamma gunoh qilgan (Rimliklarga 3:9-20)


RIMLIKLARGA 3:9-10
9 Xo'sh, shunday qilib, biz, yahudiylarning o'zga xalqlarga qaraganda ustunligimiz bormi, o'zi? Aslo yo'q! Chunki ilgari isbot etganimizdek, xoh yahudiy bo'lsin, xoh yunon bo'lsin, hamma odamlar ham gunohning hokimyati ostidadirlar. 10 Zaburda yozilishicha: “Solih kishi yo'q, bir kishi ham yo'qdir.

Pavlus Xudoning nomi bilan Yahudiy va G'ayriyahudiylarga qarshi shikoyatini jamlab, hech kimda boshqalar ustidan hech qanday ustunligi yo'qligini ularga isbotlab berdi. Hamma gunoh qilgan va ularning gunohlari aniq-ravshandir. Ular Xudoning to'g'ri yo'lini qoldirib, o'zlarining hirslari va yolg'onlari orqali bog'lanib, gunohning quli bo'lishdi. Pavlus gunohkor bo'lganligini biz bilan tan olib, o'zining shikoyatida o'zini qo'shib qo'ydi.

Siz ko'nglingiz ayniganda shunday jirkanch biror narsani ko'rganmisiz? Sizning gunohingiz ruhingizni va qalbingizni aynitadigan shunday jirkanchdir. Siz o'zingizni Pavlusning shikoyati bilan solishtiring, va siz undagi tasvirlanadigan kishi ekaningizni bilib olasiz.

RIMLIKLARGA 3:11-12
11 Idrokli hech kim yo'q, Xudoni izlovchi hech kim yo'qdir. 12 Hamma gumroh bo'ldi, barcha buzildi. Yaxshilik qilguvchi yo'q, biror kishi ham yo'q.

Biz hammamiz Xudoning porlayotgan muqaddasligi oldida no-poklarmiz. Masihdan boshqa hech kimsa solih emas. Bizning miyyalarimiz qalin tuman bilan qoplangan va biz Xudoni ko'rol-maymiz. Biz gunohlarimiz daxshatliligini bilmaymiz. Agar faqat insonlar Xudoning ulug'ligini ko'rganida ular aqilli bo'lar edi. Bi-roq, har bir inson ossonlikni qidirib, hirsi orqali bog'lanib, o'zining hurmat-e'tiboriga yopishib, o'zining yo'lini tanlaydi. Hamma inson Rabbiysining yo'lini yo'qotgan va hech kim to'g'ri yo'lda yurmaydi. Siz umuman yo'llaringizda yaxshi emassiz. Ularning hammasi qaytgan va hosilsiz bo'lib adashgan. Biz hammamiz tabiatan gunohkormiz va vijdonlarimiz bizni aniq biladi.

RIMLIKLARGA 3:13
13 Ularning bo'g'zi – ochiq lahaddir, so'zlarida – tilyog'lama-lik, tillari ostida – ilon zahari.

Insonlarning buzuqligi ularning tillarida namoyon bo'ladi. Biz hammamiz qotil va qassoblarmiz, chunki biz obro'ning, hursandchilikning va o'tkir tillarimiz bilan boshqalarning tinchligining vayronligini sababchilarimiz; biz havoni yolg'on, ayiblar, haqoratlar va uyatsiz hazillar bilan zaxarlaymiz; va biz Xudoning yo'llariga qarshi shikoyat qilamiz. Bizning qarshiligimiz og'izlarimizda achiq shakkoklikka o'xshaydi. Biz Xudoning tartibiga itoatsizlarmiz va biz hech narsaga loyiq emasligimizni bilmaymiz balki biz og'ir zarbalarga va kerakli hukmga loyiqmiz.

RIMLIKLARGA 3:14-17
14 Zardaga, zaqqum to'la og'zilari, 15 qon to'kmak – chun chaqqondir oyoqlari. 16 Ular qadam bosgan joyga falokat kelur. 17 Ular bilmas tinchlik yo'lini.

Bizning nafratimiz tezda o'zgarmaydi, chunki biz dushmanlari-mizni yoqtirmaymiz, balki biz og'ir insonlarni bartaraf qilishni xohlaymiz. Dushmanlaridan nafratlanadigan odamlar qon daryosini to'kadilar, chunki inson g'azabida hayvonga o'giriladi. Bizning tinchlik haqida ko'p gapirishimizdan qat'iy nazar, bizda tinchlik yo'q. Hamma qotildir va ularning yuraklari takabbur, jahl bilan to'lgan, chunki ular Xudo sevgi, haqiqat va pokligini bilishmaydi. Ular haqiqatning tuyg'usini yo'qotishgan va ularda na sifat bor, na hordiq bor, balki ular o'zlarini tanqidiy holatga tashlaganlar.

RIMLIKLARGA 3:18
18 Xudodan qo'rqish yo'q ularning ko'z o'ngida”.

Xudoni bilmaganlarning hammasi ahmoqdir; va Undan qo'rqmaganlarning hammasi donolikdan bebahradirlar, chunki Xudodan qo'rqish donolikning boshidir va Muqaddas Xudoning bilimi tushunarlidir. Imonsizlik bu kunlarni o'stiryapdi va insonlar xudo yo'qdek o'zlarini tutyapdilar. Shuning uchun ajablanadigan joyi yo'q, gunoh ko'payadi va ko'chalarda, gazetalarda va yuraklarda surbetlarcha boshini ko'taradi.

RIMLIKLARGA 3:19-20
19 Endi biz bilamizki, Ilohiy Qonun neki buyurgan bo'lsa, Qonunga qaram bo'lganlarga buyurgan, toki har bir og'iz yumilsin va butun dunyo Xudo oldida gunohkor bo'lsin. 20 Zotan Qonun amirlarini bajo qilish bilan hech kimsa Xudo oldida o'zini oqlay olmaydi. Aksincha, Ilohiy Qonun insonga o'z qunohkorligini yanada aniqroq ko'rsatadi.

Eski Ahdning xudojo'yligi faqat gunohkorlardir chunki Qonun ularni gunohni bilishga olib kelgan. Agar biz buyrug'larni bajar-sak, Qonun bizga osmonning marhamatlari bilan va'da berishi haqiqatdir, lekin hech kimsa bu holatni bajara olmaydi. Biz qa-chondir o'z ishlarimiz orqali qayta qurishga harakat qilsak, bizning yovuz majburyatlarimiz qonimizda namoyon bo'ladi.

Hammamiz Xudoning jazosiga loyiqmiz va hamma xayr-ehsonlarimiz takabburligimiz bilan ifloslangan va biz Xudo bilan shavqat topolmaymiz. Siz Pavlusning qoidalariga qo'shilasizmi? Pavlus siz surbet va buzilganligingiz haqida yozganini yana bir bor o'qing.

IBODAT: Ey osmondagi Ota, Sendan minnatdormiz chunki Sen biz noumid bo'lmasligimiz uchun Masihda bizga umid berding. Hammamiz yuragimizda, tilimizda, qo'limizda, oyog'imizda va ko'zlarimizda yovuzdirmiz; va yuraklarimiz yolg'on, nafrat, hirs va yolg'onga to'lgan. Men qanday iflos insonman! Gunohlarim uchun meni kechir, va menda mag'rurlikning qoldiqlari sinib, men faqat Senga sajda qilishim uchun ko'z oldimda meni muqaddasliginga tort. Ey Rabbiy, meni gunohlarimdan to'liq qutqargin. Omin.

SAVOL 26: Havoriy insonzodning buzuqligini to'liq aniqlab berishidek bizning gunohlarimizni qanday qilib aniqlab berdi?

1-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobxon,
bu kitobdagi Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Hatidagi bizning sharhlarimizni o'qib chiqib, siz endi quydagi savollarga javob bera olasiz. Agar siz quydagi savolning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'limotingiz uchun bu kitobning keyingi qismini jo'natamiz. Iltimos, javob varog'ida aniq manzilni va to'liq ismingizni kiritishni unutmang.

  1. Rimliklarga bo'lgan Maktubning oxiri va sababi nima?
  2. Rimda kim jamoatni tashkil qilgan?
  3. Bu maktubni kim yozgan? Qayerda? Va Qachon?
  4. Pavlus maktubida qanday yo'ldan foydalangan?
  5. Bu maktubning mohiyati nima?
  6. Pavlus o'zining maktubining birinchi gapida o'zi uchun olgan nomlari qaysilar?
  7. Masih Xudoning O'g'li degan bayonning ma'nosi nima?
  8. Inoyat nima va bunga insonning javobi nima?
  9. Siz havoriylik duodagi qaysi bayonni hayotingizga hurmat bilan eng muhimdek va eng ta'sirlidek hisoblaysiz?
  10. Pavlus nima uchun har vaqt Xudoga rahmat aytdi?
  11. Xudo qanday qilib va qanchalik Pavlus o'zining rejalarini ijro etishidan unga halal berdi?
  12. 16 oyatdagi qaysi bayonni siz eng muhm deb hisoblaysi? Nima uchun?
  13. Qanday qilib Xudoning solihligi bizning imonimizga bog'la nadi?
  14. Xudoning qahri nima uchun ochib beriladi?
  15. Xudosiz yashaydigan kishi nimaga o'zi uchun dunyoviy xu-doni yaratishiga to'g'ri keladi?
  16. Xudoga o'rinsiz sajda qilishning natijasi nima?
  17. Pavlus Xudoning g'azabining ko'rinishini qanday tasvirladi?
  18. Bugun dunyomizda sizga eng oddiy tuyilgan gunohlarning ro'yhatidagi 5 gunoh nima?
  19. Inson boshqani hukm qilganda qanday qilib o'zini hukm qil adi?
  20. Pavlus Xudoning hukmi haqidagi bizga ochib bergan sirlari nima?
  21. Oxirgi hukmdagi ilohiy asoslar qaysilar?
  22. Xudo Hukm Kunida G'ayriyahudiylar bilan qanday munosabatda bo'ladi?
  23. Qonunning huquqlari va uning Yahudiylar ustidagi og'irliklari nimalar?
  24. Eski va Yangi Ahddagi sunnatning ma'nosi nima?
  25. Rimliklarga bo'lgan Maktubdagi asl zid bo'lgan savollar qaysilar va ularning javoblari nima?
  26. Havoriy insonzodning buzuqligini to'liq aniqlab berishidek bizning gunohlarimizni qanday qilib aniqlab berdi?

Agar siz Rimliklardagi bu hamma kitobchalarning o'rganishini to'ldirsangiz, har bir kitobning oxirida savolga javoblaringizni bizga jo'nating va biz sizga

Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Hatini tushunchasidagi Ilg'or O'qishlarning Diplomi Masih uchun kelajak xizmatlaringiz uchun ruhlanishdek buni jo'natamiz. Siz abadiy xazinani olishingiz uchun Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Hatining imtihonini biz bilan to'ldirishingiz uchun sizga dalda beramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.
Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany
Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:10 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)