Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
Home -- Uzbek -- Romans - 022 (All Men are Corrupt) This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK
Previous Lesson -- Next Lesson RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
3. Hamma gunoh qilgan (Rimliklarga 3:9-20)RIMLIKLARGA 3:9-10 Pavlus Xudoning nomi bilan Yahudiy va G'ayriyahudiylarga qarshi shikoyatini jamlab, hech kimda boshqalar ustidan hech qanday ustunligi yo'qligini ularga isbotlab berdi. Hamma gunoh qilgan va ularning gunohlari aniq-ravshandir. Ular Xudoning to'g'ri yo'lini qoldirib, o'zlarining hirslari va yolg'onlari orqali bog'lanib, gunohning quli bo'lishdi. Pavlus gunohkor bo'lganligini biz bilan tan olib, o'zining shikoyatida o'zini qo'shib qo'ydi. Siz ko'nglingiz ayniganda shunday jirkanch biror narsani ko'rganmisiz? Sizning gunohingiz ruhingizni va qalbingizni aynitadigan shunday jirkanchdir. Siz o'zingizni Pavlusning shikoyati bilan solishtiring, va siz undagi tasvirlanadigan kishi ekaningizni bilib olasiz. RIMLIKLARGA 3:11-12 Biz hammamiz Xudoning porlayotgan muqaddasligi oldida no-poklarmiz. Masihdan boshqa hech kimsa solih emas. Bizning miyyalarimiz qalin tuman bilan qoplangan va biz Xudoni ko'rol-maymiz. Biz gunohlarimiz daxshatliligini bilmaymiz. Agar faqat insonlar Xudoning ulug'ligini ko'rganida ular aqilli bo'lar edi. Bi-roq, har bir inson ossonlikni qidirib, hirsi orqali bog'lanib, o'zining hurmat-e'tiboriga yopishib, o'zining yo'lini tanlaydi. Hamma inson Rabbiysining yo'lini yo'qotgan va hech kim to'g'ri yo'lda yurmaydi. Siz umuman yo'llaringizda yaxshi emassiz. Ularning hammasi qaytgan va hosilsiz bo'lib adashgan. Biz hammamiz tabiatan gunohkormiz va vijdonlarimiz bizni aniq biladi. RIMLIKLARGA 3:13 Insonlarning buzuqligi ularning tillarida namoyon bo'ladi. Biz hammamiz qotil va qassoblarmiz, chunki biz obro'ning, hursandchilikning va o'tkir tillarimiz bilan boshqalarning tinchligining vayronligini sababchilarimiz; biz havoni yolg'on, ayiblar, haqoratlar va uyatsiz hazillar bilan zaxarlaymiz; va biz Xudoning yo'llariga qarshi shikoyat qilamiz. Bizning qarshiligimiz og'izlarimizda achiq shakkoklikka o'xshaydi. Biz Xudoning tartibiga itoatsizlarmiz va biz hech narsaga loyiq emasligimizni bilmaymiz balki biz og'ir zarbalarga va kerakli hukmga loyiqmiz. RIMLIKLARGA 3:14-17 Bizning nafratimiz tezda o'zgarmaydi, chunki biz dushmanlari-mizni yoqtirmaymiz, balki biz og'ir insonlarni bartaraf qilishni xohlaymiz. Dushmanlaridan nafratlanadigan odamlar qon daryosini to'kadilar, chunki inson g'azabida hayvonga o'giriladi. Bizning tinchlik haqida ko'p gapirishimizdan qat'iy nazar, bizda tinchlik yo'q. Hamma qotildir va ularning yuraklari takabbur, jahl bilan to'lgan, chunki ular Xudo sevgi, haqiqat va pokligini bilishmaydi. Ular haqiqatning tuyg'usini yo'qotishgan va ularda na sifat bor, na hordiq bor, balki ular o'zlarini tanqidiy holatga tashlaganlar. RIMLIKLARGA 3:18 Xudoni bilmaganlarning hammasi ahmoqdir; va Undan qo'rqmaganlarning hammasi donolikdan bebahradirlar, chunki Xudodan qo'rqish donolikning boshidir va Muqaddas Xudoning bilimi tushunarlidir. Imonsizlik bu kunlarni o'stiryapdi va insonlar xudo yo'qdek o'zlarini tutyapdilar. Shuning uchun ajablanadigan joyi yo'q, gunoh ko'payadi va ko'chalarda, gazetalarda va yuraklarda surbetlarcha boshini ko'taradi. RIMLIKLARGA 3:19-20 Eski Ahdning xudojo'yligi faqat gunohkorlardir chunki Qonun ularni gunohni bilishga olib kelgan. Agar biz buyrug'larni bajar-sak, Qonun bizga osmonning marhamatlari bilan va'da berishi haqiqatdir, lekin hech kimsa bu holatni bajara olmaydi. Biz qa-chondir o'z ishlarimiz orqali qayta qurishga harakat qilsak, bizning yovuz majburyatlarimiz qonimizda namoyon bo'ladi. Hammamiz Xudoning jazosiga loyiqmiz va hamma xayr-ehsonlarimiz takabburligimiz bilan ifloslangan va biz Xudo bilan shavqat topolmaymiz. Siz Pavlusning qoidalariga qo'shilasizmi? Pavlus siz surbet va buzilganligingiz haqida yozganini yana bir bor o'qing. IBODAT: Ey osmondagi Ota, Sendan minnatdormiz chunki Sen biz noumid bo'lmasligimiz uchun Masihda bizga umid berding. Hammamiz yuragimizda, tilimizda, qo'limizda, oyog'imizda va ko'zlarimizda yovuzdirmiz; va yuraklarimiz yolg'on, nafrat, hirs va yolg'onga to'lgan. Men qanday iflos insonman! Gunohlarim uchun meni kechir, va menda mag'rurlikning qoldiqlari sinib, men faqat Senga sajda qilishim uchun ko'z oldimda meni muqaddasliginga tort. Ey Rabbiy, meni gunohlarimdan to'liq qutqargin. Omin. SAVOL 26: Havoriy insonzodning buzuqligini to'liq aniqlab berishidek bizning gunohlarimizni qanday qilib aniqlab berdi? 1-SAVOL-JAVOBAziz kitobxon,
Agar siz Rimliklardagi bu hamma kitobchalarning o'rganishini to'ldirsangiz, har bir kitobning oxirida savolga javoblaringizni bizga jo'nating va biz sizga Rimliklarga bo'lgan Pavlusning
Hatini tushunchasidagi Ilg'or O'qishlarning Diplomi
Masih uchun kelajak xizmatlaringiz uchun ruhlanishdek buni jo'natamiz.
Siz abadiy xazinani olishingiz uchun Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Hatining imtihonini biz bilan to'ldirishingiz uchun sizga dalda beramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Waters of Life |