Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 016 (He who Judges Others Condemns Himself)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
2. Xudoning g'azabi Yahudiylarga qarshi oshkor qilinadi (Rimliklarga 2:1-3:20)

a) Boshqalarni hukm qilgan kishi o'zini hukm qiladi (Rimliklarga 2:1-11)


Rimliklarga 2:3-5
3 Ayni ishlarni o'zing qila turib, shunday ishlarni qiluvchilar-ni hukm etsang, Xudoning hukmidan qochib qutilaman, deb o'ylaysanmi, ey odam? 4 Yoki Xudoning muruvvati seni tavbaga keltirishini bilmay, Uning iltifoti, muloyimligi va sabrining cheksizligiga beparvo qaraysanmi? 5 Mana sen sarkash va tavba qilmoqchi qalbing tufayli Xudoning odil hukmi amalga oshajak qahr-g'azab kunigacha o'zingga-o'zing g'azab to'plab yuribsan-ku.

Siz eng razil ifloslikni na zino, na mag'rurlik va na Xudoga nafrat emas, balki ikkiyuzlamachilik ekanini bilar edingizmi? Ikkiyuzlamachilik solih, to'g'ri va dindor bo'lishga o'zini soladi, lekin ichida yolg'onga, nopoklikka to'ladir. U Rabbiyga tubanlikdir. Muqaddas Xudo yuzingizdan paranjini olib tashlab, barcha insonlarning, farishta va azizlarning oldida gunohlaringizning haqiqatini ochib tashlaydi, chunki siz ular oldida muqaddas bo'lishga o'zingizni soldingiz. Sizning nopokligingiz siz bilgandan ham buyukroqdir. Yolg'on umidlarda erkalamang. Agar yo'lovchilar qattiq tekshiruvga bo'ysunmasalar samolyotga ruhsat berilmaganidek, shunga o'xshab, hech kim qochib keta olmaydigan odil hukmga chaqi-rilmasa, hech kim abadiylikka kira olmaydi.

Nima uchun ko'p odamlar o'lim soatlaridan qo'rqadilar, va dax-shatli hosildorning kelishidan titraydilar? Chunki bu vaqtda Odamlar darhol hukm soati oldida turganlarini va hayotlarining maqsadini o'tkazib yuborganlarini tushunadilar.

Dunyoning barcha odamlari buyuk Hukm Kunida; qora, sariq, qizil, jigarrang, va oq, boy va kambag'al, yuqori va past, dono va ahmoq kishi, qari va yosh, erkak va ayol, bog'liq va ozod kishilar Xudoning oldida uchrashadilar. Keyin kitoblar odamlarning hatti-xarakatlarni, so'zlarni va fikrlarining yozuvlarini o'z ichiga olib ochiladi. Bizning Yaratguvchimiz uchun O'zining har bir jonzodlarining yozuvini saqlash qanchalar ossonligini tushunish, va yozuvchilarning, nazorat kameralarining, va mikro kinolarning asrida yashayotgan bizlar uchun bu qiyin emas.

Abadiylikda na vaqt va na tezlik bor, va Xudoda sizning ishingizni tekshirish uchun yetarlicha vaqt bo'ladi. Yurak va fikrlarni tekshiradigan Xudoning oldida o'zingizni himoya qilishingiz uchun birorta so'zni talaffuz qilishingiz kerak emas va boshqalarga ayib qo'yish yoki ota-onangizni, o'qituvchingizni yoki boshqa odamlarni ayiblash foydasizdir. Siz ayibdorsiz va Xudo sizni hukm qiladi. Shunday qilib, Buyuk Hukmdor oldida turishga tayyor bo'ling, chunki siz hech qachon Uning hukm soatidan qochib ketolmaysiz.

Bugun Xudoning ulug'vorligining vahiysida siz ifloslanganligingizni bilib qo'ying. Siz afsusdan va achinishdan jovrashni boshlamasdan, balki Xudoning oldida gunohingizni tan oling, o'zingizni hukm qilib rad eting va nima qilganingizni ayting. Yovuz hatti-xarakatlarini hech birini yashirmasdan, Muqaddas Xudoning huzurida siz barcha maqsadlaringizda yovuz ekaningizni tan oling. Bu o'zining ruhining sinishi faqat najodingizga yo'ldir. Mag'rur kishi Xudoning shohligiga kirishidan ko'ra tuyani igna teshigidan o'tishi ossonroqdir.

Biroq, Xudo mehribondir. U rahmsizlarcha O'z yaratganlarini yo'q qilib tashlamaydi, balki U gunohni qoldirish uchun to'liq belgilangan tavba qilgan gunohkorlarni sevadi. Xudo barcha insonlar buzuq va Uning muqaddasligi oldida hech kim solih emasligini biladi, lekin U sabrli, sevgi va mehrga to'ladir; Xudo O'zining mehr-shavqati tufayli darhol gunohkorni o'limga hukm qilmaydi. Bugunlik kunda har bir kishi uchun Uning odilligi hukmni va sudni talab qiladi, lekin Uning yaxshiligi tavba qilish uchun bizga boshqa imkoniyatni beradi. Biz hammamiz Xudoning qutqarishidan yashaymiz. Shubhasiz bir so'z bilan dunyomizga yakun qo'yish uchun Unda huquq va kuch bor, lekin bizga achinib, bizni himoya qiladigan Xudo shoshilib harakat qilmaydi, balki hamma qaytib kelib, fikrlarini o'zgartirishini kutadi.

Siz yuragingizda Xudo tozza yurak yaratishini va sizda haqiqat ruhini yangilashini so'rab tavba qildingizmi? Siz solihlik yopin-chig'ini o'ranish ostida gunohingizning ishlarini bajarish uchun Xudoning mehridan foydalanasizmi? Siz hukmning fikridan qo-chishni qidirib, yolg'on ta'limotlarga va falsafalarga qaytish bilan Xudoning sevgisidan nafratlanasizmi? Buyuk Kunning hukmi aniq, va o'zidan voz kechmasdan, o'zining tanaviy rohatlari uchun o'lmagan kishi, uxlamaydigan balki har bir kishining to'la haqiqiy hislatini biladigan, yurak va fikrlarni tekshiradigan Xudodan nafratlanadi.

Xudoning mehribonchiligiga ishoning, va shunda siz saqlanib qolasiz. Uning mehrining yumshoqliklariga chuqurroq kiring va shunda umidga ega bo'lasiz. Fikringizni o'zgartiring, va Xudoning kim ekanligini bilish uchun Xudoning sevgisini bilib oling. U mehribon otadir va U odamlar uchun g'am chekishni xohlamaydigandek harakat qiladigan beparvo hokimdek emas.

Xudo sizni ko'radi, eshitadi va siz haqingizda hamma narsani biladi. U sizning o'tmishingiz bilan birga ota-bobolaringizni va barcha sizning hislatingiz ta'sir qilgan atrofingizdagilarni va holatlaringizni ham biladi. U sizning vasvasalaringizni va xoin bo'lgan xohishingizni ham biladi. Xudo nohaq emas. U yaxshidir va insof qilishni va mehr berishni xohladi. Agar siz to'liq Unga o'zingizni topshirsangiz, yovuz qalbingizdan nafratlanib, yovuzliklaringizni tan olsangiz va Uning nomi bilan buni tark etish uchun fikringizni to'g'irlasangiz, U sizni kechirishga va sizni poklashga tayyor.

Siz Xudoning mehrini va muqaddasligini bilganingizda tavba qilmasangiz, sizning holingizga voy! Chunki keyin yuragingiz toshdir va fikringiz ko'rdir. O'jar ikkiyuzlamachi o'zining ruhida adashadi va qaytolmaydi. U na eshita oladi, na Xudoning chaqiruvini ossonlikcha tushuna oladi. U ta'sirsiz Xudoning so'zini o'qiydi. Shuning uchun, “Bugun” deguncha tavba qiling va najodingizni saqlash uchun buni qilishga boshqa imkoniyatlar bo'lmasidan oldin buyukroq qunt bering.

Xudoning g'azabi qo'rqinchli soatda Uning mehribonchiligini eshitib turib, buni mensimadan va siniq yurak bilan qaytmaganlarga qarshi asosan ularni olovga qo'yiladi. Hukm kunida ular umidsiz bo'ladilar, chunki ular o'zlarining ruhiy markazlarini nobud qildilar va ular gunohdan, tubanlikdan, nafratdan, ayiblarda va nohaqliklardan boshqa hech narsa olib kelmadilar. Shunaqalar Oxirgi Hukmda oshkor qilinib, ayiblab, hukm qilinishi kerak, chunki ular na tavba qildilar, na gunohlarini tan oldilar.

IBODAT: Ey muqaddas Rabbiy, Muqaddas Ruhingning rahbarligida menga samimiy tavbani ber. Meni O'zinga olib kel, chunki mening qaytganim to'liq emas. Men Sening muqaddasliginga va sevginga e'tibor berib, sabringda sabrsizligimni bilishim uchun menga yordam ber. Ey Rabbiy, men Sening solih qahringda o'likdirman. G'azabing bilan meni hukm qilmagin, balki mehring bilan meni boshqargin. Men o'zim uchun o'lib, Sening mehringdan yashashim uchun mendagi har bir takabburliklarni buzib tashla. Meni har qanday ikkiyuz-lamachilikdan ozod qil va meni toshbag'irlikka tashlama. Sen mening Hukm-dorim va Najodkorimsan. Men Senga ishonaman. Omin.

SAVOL 20: Pavlus Xudoning hukmi haqidagi bizga ochib bergan sirlari nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)